N. K. Jamalov mehnat huquqi


Mehnat munosabati sub’ekti sifatida fuqaro (xodim)



Download 2,79 Mb.
bet9/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

3. Mehnat munosabati sub’ekti sifatida fuqaro (xodim)

Mehnat munosabatlarining eng ko’p sonli sub’ektlari bo’lib fuqarolar (xodimlar) qatnashadilar. Zeroki, hozirgi paytda mehnat­ga yaroqli aholining asosiy ko’pchiligi yollanib ishlash orqali o’z insoniy salohiyatlarini ro’yobga chiqaradilar, daromadga ega bo’lib, tirikchilik kechiradilar.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko’ra 2008 yilda O’zbekiston Respublikasida 11035,4 ming kishi ish bilan band bo’lgan bo’lsa, shulardan 21,6 foizi davlat mulkchiligiga asoslanuvchi korxona va tashkilotlarda, 78,6 foizi nodavlat korxona va tashkilotlarida mehnat qilganlar14.

Yuqorida qayd etib o’tilganidek, fuqarolar o’zlarining mehnat qilishga bo’lgan huquqlarini turli usullarda amalga oshirishlari mumkin va ular orasida ish beruvchilar bilan mehnat shartnomasi tuzish yo’li bilan ishga yollanish mehnat qilish huquqlarini amalga oshiri usullari o’rtasida yetakchi o’rin tutadi.

Har qanday fuqaro ham mehnat huquqining (mehnat shartnomaviy munosabatlarning) sub’ektiga aylana olmaydi va buning uchun mehnat qonunchiligi va ayrim hollarda boshqa tarmoqlarga oid qonunchilik fuqaroga nisbatan muayyan talablarni qo’yadi va ushbu talablarga (mezonlarga) to’g’ri kelgan taqdirdagina fuqaro xodim maqomini olishi, mehnat shartnoma munosabatlarining sub’ektiga aylanishi mumkin bo’ladi.

Bunday talablar quyidagicha guruhlanishi mumkin :



  1. Mehnat huquqi sub’ekti yoshiga yetganlik;

  2. Malakasi (tegishli sohadagi maxsus bilim va ko’nikmalarga egaligi);

  3. Salomatligi ahvoliga ko’ra talabgor bo’layotgan vazifa (kasb, lavozim)ga mos kelishi;

  4. Jinsiga ko’ra mazkur kasb yoki vazifada ishlashi mumkinligi;

  5. Fuqaroligiga ko’ra muayyan kasb va lavozimlarni egallashiga yo’l qo’yilishi;

  6. Qonunga itoatkor emasligi tufayli huquq layoqatini cheklan­ganligi;

  7. Ayrim kasb yoki lavozimlarni tanlov yoki saylov natijalariga ko’ra egallash mumkinligi.

Mehnat huquqi sub’ekti yoshiga yetganlik. Ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi.

Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarining o’quvchilarini ularning sog’li­g’iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishi uchun - ular o’n besh yoshga to’lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o’rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi.

O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 4 apreldagi qonuni bilan XMTning “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to’g’risida” gi 138-Konventsiyasi va 2008 yil 8 apreldagi qonuni bilan “Bolalar mehnatining og’ir shakllarini taqiqlash va yo’q qilishga doir shoshilinch choralar to’g’risida”gi 182-Konventsiyalari ratifikatsiya qilindi15. SHu munosabat bilan 14 yoshga to’lgan shaxslarni istisno tariqasida ham ishga qabul qilish taqiqlab qo’yildi.

Yoshlar salomatligi va axloqini ishlab chiqarish jarayonida muhofaza qilish maqsadida, ayrim kasb va vazifalarga qabul qilish yoshi o’n olti yoshdan ham kattaroq qilib belgilab qo’yilgandir.

O’n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo’llanishi taqiq­lanadigan noqulay mehnat sharoitlari mavjud bo’lgan ishlar, kasb­lar, lavozimlar RO’YXATI O’zbekiston Respublikasi Adliya vazir­ligida 2009 yil 29 iyulda 1990-son bilan ro’yxatga olingan16 bo’lib, mazkur Ro’yxatda nazarda tutilgan ishlar (vazifalar,lavozimlar)ga mulkchilik shaklidan qat’i nazar 18 yoshga yetmagan shaxslarni ishga qabul qilish taqiqlanadi.

Ayrim lavozimlarga ishga qabul qilish uchun bundan ham katta­roq yosh tsenzi belgilab qo’yilgan. (“Sudlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuning 61-moddasiga ko’ra, O’ttiz yoshdan kichik bo’lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo’yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi, jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xo’jalik sudi sudьyasi bo’lishi mumkin.)17.

Malakasi (tegishli sohadagi maxsus bilim va ko’nikmalarga egaligi).

Mehnat qonun hujjatlarida va qonunlar bilan nazarda tutilgan boshqa hollarda mehnat shartnomasi tuzish uchun malaka talabi qo’yiladi (maxsus ma’lumotga ega bo’lishlik, muayyan yil davomidagi amaliy ish stajiga egalik, tegishli hollarda maxsus ruxsatnomaga (litsenziya, malaka imtihoni topshirib, ishga qo’yilishi mumkinligi haqidagi guvohnoma) ega ekanlik).



Masalan, O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida”gi qonuni 41-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga oliy yoki o’rta maxsus tibbiyot o’quv yurtini tamomlaganlik to’g’risida diplom olgan shaxslar ega bo’ladilar 18.

O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi “Notariat to’g’risida”gi qonuni, 2-moddasiga ko’ra : yigirma besh yoshdan kichik bo’lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo’yicha kamida uch yil muddatli ish stajiga ega bo’lgan, shu jumladan notarial idorada kamida ikki yil muddatli stajirovkani o’tagan, malaka imtihonini topshirgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo’lishi mumkin. Sudьyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlikni amalga oshiruvchi va ushbu faoliyatni nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o’tish muddati bir yilni tashkil etadi. 19.

Mehnat qonun hujjatlarida maxsus belgilab qo’yilmagan hol­larda maxsus bilim (malaka) haqidagi hujjatni talab qilish mum­kin emas.

Salomatligi ahvoliga ko’ra fuqaro talabgor bo’layotgan vazifa (kasb, lavozim)ga mos kelishi lozimligi faqat qonun hujjatlarida bu haqda belgilab qo’yilganida talab etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasiga ko’ra ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodim­larni tibbiy ko’rikdan o’tkazishni tashkil qilishi shart:

o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar;

oltmish yoshga to’lgan erkaklar, ellik besh yoshga to’lgan ayollar;

nogironlar;

mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog’liq ishlarda band bo’lganlar;

oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo’lganlar;

umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasa­larning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg’ul bo’lgan pedagog va boshqa xodimlari.

Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tilishi lozim bo’lgan boshqa ishlarning ro’yxati va ularni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan xodimlar tibbiy ko’riklardan o’tishdan bo’yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko’rik­dan o’tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo’yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo’ymaslikka haqlidir.

Xodimlarning mehnatidan ularning sog’lig’i holatiga to’g’ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 29 avgustda raqami 2387 ro’yxatdan o’tkazilgan “Xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirining 2012 yil 10 iyuldagi 200-son buyrug’iga ILOVA “Xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risida NIZOM” tasdiqlangan.20

Xodimlarni ishga qabul qilishdan avval dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tkazishning asosiy maqsadi-xodimlar salomatligini muhofaza qilish, kasb kasalliklari yuz berishning oldini olishdan iboratdir.

Nogironlar mehnatidan foydalanish ham cheklangan bo’lib, ular bajarishi mumkin bo’lgan vazifalar (kasblar) tibbiy eksperiza komissiyasi xulosasi bilan belgilanadi21.

Jinsiga ko’ra mazkur kasb yoki vazifada ishlashi mumkinligi. Mehnat qilish va mehnat huquqlari sohasida erkalar va ayollar huquqlarining teng ekanligi xalqaro huquqiy mehnat standart­larida ham, milliy qonunchiligimizda ham to’la e’tirof qilingan va bu huquqni ta’minlanmasligi kamsitishning eng qo’pol ko’rinishi va mehnat qonun hujjatlari buzilishining ham qo’pol shakli sifatida baholanadi.

Ayni paytda, mehnat qonunchiligi ayollarning ijtimoiy vazifa­si oila va bolalar tarbiyasi ekanligini, ular organizmining o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda qo’shimcha muhofaza chora­larini belgilab qo’ygan. Ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlan­gan yoki cheklangan ishlar ana shunday maxsus himoyalash choralaridan sanaladi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 5 yanvarda 865-son bilan “Xotin-qizlar mehnatidan to’liq yoki qisman foydalanish taqiqlangan mehnat qilish sharoitlari noqulay bo’lgan ishlar RO’YXATI” tasdiqlangan bo’lib, ushbu Ro’yxatga kiritilgan ishlarga xotin-qizlarni qabul qilish taqiqlanadi.

Fuqaroligiga ko’ra muayyan kasb va lavozimlarni egallashiga yo’l qo’yilishi masalasi maxsus qonunlarga ko’ra hal etilgan bo’lib, chet el fuqarolari va fuqaroligi yo’q shaxslar davlat xizmatiga olin­maydilar, muayyan kasblarni egallash chog’ida ham shaxsning fuqaro­ligi rolь o’ynaydi (masalan, chet el fuqarolari O’zbekiston Respub­likasi hududida notarius lavozimini egallashlari mumkin emas).

Qonunga itoatkor emasligi tufayli mehnat huquq layoqatini cheklanganligi nuqtai nazaridan olganda jinoyat sodir etgan shaxslarni sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asosida belgilangan muddat davomida muayyan lavozimlarni egallashlari mumkin emasligi yoki ma’lum kasblarda ishlashlariga yo’l qo’yilmasligida namoyon bo’ladi. Sud hukmida belgilangan muddatni o’tishi bilan ularga nisbatan belgilangan kasbiy cheklovlar olib tashlanishi mumkin.

Ayrim kasb, lavozimlarni tanlov yoki saylov natijalariga ko’ra egallash mumkinligi. Bunday kasb va lavozimlar ro’yxati, ushbu lavozimni egallash uchun talabgorlar o’rtasida tanlov o’tkazish, saylovlarni tashkil qilish va o’tkazish tartiblari maxsus qonun hujjatlari bilan belgilanadi. (Masalan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 28 martda 1461-son bilan ro’yxatga olingan “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktor o’rinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning bo’sh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to’g’risida”gi Nizomga ko’ra yuqoridagi lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish amalga oshiriladi22.

Xodimlar o’zlarining korxona, muassasa, tashkilot faoliyatidagi mavqeiga, mehnat funktsiyalari xususiyatlariga ko’ra bir necha guruhlarga bo’linadilar.

Tovar-mahsulotlar ishlab-chiqarish, ishlarni bajarish, xizmat­lar ko’rsatish jarayonining eng muhim tarkibiy komponentlaridan biri – ishchi kuchi, ishlab chiqarishda ishtirok etadigan inson sarf­laydigan jismoniy va aqliy mehnatdan iboratdir. Ishlab chiqarish vositalari ish kuchi bilan qo’shilgani taqdirdagina ishlab chiqarish jarayoni yuz berishi mumkin bo’ladi.

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona va tashkilotlarda yollanib (mehnat shartnomasi tuzib) mehnat qiluvchi fuqarolar xodimlar deb yuritiladi. Xodim, bu yollanish (mehnat shartnomasi tuzish) asosida muayyan korxonada ishlayotgan, vazifasi yoki egallab turgan lavozimidan qat’i nazar (qorovulidan tortib ishga yollangan bosh direktorigacha) har qanday fuqarodan iborat.

Korxona xodimlari yig’indisi ishlab chiqarish yoki o’zga faoliyat bilan shug’ullanuvchi shaxslarning mehnat jamoasini tashkil qiladi.

Korxona xodimlari o’z vazifasi, lavozimi, bajaradigan xizmat faoliyatiga ko’ra bir xil bo’lmasdan, turli guruhlarga bo’linishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblarining Klassifikatori”ning23 5-qism, ye bandiga muvofiq xodimlar toifalari belgilangan bo’lib, quyidagi guruhlarga bo’linadi:

A) boshqaruv xodimlari — boshqaruv funktsiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi, zarur qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar tayyorlovchi xodimlar. Boshqaruv xodimlari tashkilotning o’z oldiga qo’ygan maqsadlar va vazifalarga erishishi uchun zarur tashkiliy-texnik shartlarni, yuklangan funktsiyalar va ishlab chiqarish dasturlari bajarilishini ta’minlaydilar. Boshqaruv xodimlari rahbarlarga va boshqaruv xodimlari mutaxassislariga bo’linadi;

B) ishlab chiqarish xodimlari — tashkilotning asosiy mahsulotlari (xizmatlari)ni ishlab chiqarish, shuningdek ishlab chiqarish dasturida belgilangan qo’shimcha mahsulotlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan xodimlari. Ishlab chiqarish xodimlari tarkibiga boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lmagan muhandis xodimlar va texniklar, ishchilar, kichik mutaxassislar va ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan boshqa xodimlar kiradi;

V) texnik xodimlar — funktsiyasiga boshqaruv xodimlari faoliyatiga texnik xizmat ko’rsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni ta’minlash ishlarini bajarish (nashr etish, ko’paytirish va arxiv ishlarini bajarish, kutubxona ishi, hujjatlarni yetkazib berish, kompьyuter texnikasiga xizmat ko’rsatish, idora, kotiblik ishlarini va boshqa ishlarni bajarish) kiradigan xodimlar;

G) xizmat ko’rsatuvchi xodimlar — funktsiyasiga binolar va hududlarga texnik xizmat va xo’jalik xizmati ko’rsatish, ularni qo’riqlash, boshqaruv xodimlariga transport xizmati ko’rsatish, tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga xizmat ko’rsatish bo’yicha boshqa ishlar, shu jumladan ijtimoiy-maishiy xizmat ko’rsatish kiradigan xodimlar. Xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga mutaxassislar va ishchilar toifasiga mansub bo’lmagan aholiga maishiy xizmat ko’rsatish xodimlari ham kiradi;

1) Ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar. Bular ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadilar va korxonaning ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatiga xizmat ko’rsatish, tashkil etish bilan mashg’ul bo’ladilar. Uning tarkibiga ishchilar, injener va texnik xodimlar, xizmatchilar, qo’riqlash xizmati xodimlari kiradi.

2) Ishlab chiqarishda band bo’lmagan xodimlar. Korxonaga va uning xodimlariga madaniy-maishiy, uy-joy-kommunal hamda boshqa xizmatlar ko’rsatuvchi xodimlar (korxona idoraviy bog’chasi xodimlari, sport inshootlari, uy-joylarni ekspluatatsiya qilish, tibbiyot bo’limi xodimlari va hokazo).

3) Ma’muriy-boshqaruv xodimlari. Bunday xodimlar zimmasiga boshqaruv apparati xodimlari – ijrochi rahbar, uning o’rinbosar­lari, tarkibiy bo’lim rahbarlari, bosh mutaxassislar, tsex boshliq­lari, masterlar va boshqa farmoyish berish-boshqarish vakolatiga ega bo’lgan xodimlar kiritiladi.

4) Xizmat ko’rsatuvchi kichik xodimlar (texnik vazifalarni bajaruvchi xodimlar). Xizmat binolariga xizmat ko’rsatuvchi (farrosh, aloqachi, avtomashina xaydovchilari, qorovullar) xodimlar shular jumlasiga kiritiladilar.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish