N. K. Jamalov mehnat huquqi


Mehnat huquqiy munosabat sub’ektlari. Mehnat huquqiy layoqat va mehnat muomala layoqat



Download 2,79 Mb.
bet8/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

2. Mehnat huquqiy munosabat sub’ektlari. Mehnat huquqiy layoqat va mehnat muomala layoqat
Ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarida turli-tuman shaxs­lar ishtirok etadilar va ularning har biri o’ziga xos mavqega egadir. Mehnat munosabatlari ishtirokchilari bu munosabatlardagi o’rniga ko’ra tegishli yuridik vakolatlar bilan ta’minlanganlar va bu vako­latlar ularning mehnat munosabatlari chog’idagi statusini belgilab beradi.

Bevosita mehnat munosabatlarida ham, shuningdek, ulardan hosil bo’luvchi munosabatlarda ham (mehnat nizolarini hal etish, moddiy javobgarlikka tortish, xodimning malakasini oshirish va boshqalar) odatda ish beruvchi va xodimlar, tegishli hollarda esa, ularning vakillik organlari ishtirok etishlari mumkin. Bularning barchasi mehnat huquqining sub’ektlari deb nomlanadilar.

Mehnat huquqining sub’ektlari deganda mehnat qonunchili­giga ko’ra ijtimoiy mehnat munosabatlarida ishtirok eta ola­digan hamda bu sohada sub’ektiv huquqlar va majburiyatlarga ega bo’ladigan yuridik hamda jismoniy shaxslar (ish beruvchi va xodim) nazarda tutiladi.

Mehnat munosabatlarini tashkil etilishi, davlat tomonidan tartibga solinishida bevosita mehnat huquqi va majburiyatlariga ega bo’lmasa-da, bu sohada maxsus vakolatlarga ega bo’lgan (mehnat munosabati sub’ekti sanalmaydigan) davlat organlari ham ishtirok etadilar va ularning yuridik statusi tegishli qonunlar va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.



Mehnat huquqi sub’ektlari bo’lib quyidagilar qatnasha oladilar:

  1. Xodim (mehnat shartnomasiga ko’ra ishga yollangan jismoniy shaxs);

  2. Ish beruvchi (tadbirkorlik (xo’jalik) faoliyati bilan yoxud notijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar, davlat korxona, tashkilot, muassasalari, yakka ish beruvchilar).

  3. Xodimlarning vakillik organlari (kasaba uyushmalari, boshqa vakillik organlari);

  4. Ish beruvchining vakillik organlari.

Mehnat huquqi sub’ektlarining huquqiy maqomi ularning mehnat huquqiy va mehnat muomala layoqati bilan belgilanadi.

Mehnat munosabatlarida ishtirok etuvchi huquq sub’ektlarining mehnat sohasidagi huquq va muomala layoqati nisbatan huquqning tor soha­siga taalluqli bo’lgan sababli bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ham ega bo’ladi.

Jumladan, mehnat huquqiy layoqat fuqarolik huquqiy layoqatdan farqli ravishda fuqaro tug’ilgani zahoti emas, balki u muayyan xususiyatlarga ega bo’lganidan so’ng (mehnat qonun hujjatlarida bel­gilab qo’yilgan yoshga yetganlik, jismonan va aqliy jihatdan mehnat qilishga layoqatlilik, tashkilotlar esa yuridik shaxs maqomini olishi, mulkiy va tashkiliy mustaqqillikka erishishi va boshqalar) paydo bo’ladi.

Mehnat huquq layoqatining mazmuni uning sub’ektlariga mehnat bozori va mehnat munosabatlarida ishtirok etishlari bilan bog’liq holda beriladigan mehnat huquqlari va majburiyatlari tashkil qiladi. Ya’ni, mehnat huquqiy layoqat fuqarolik huquqiy layoqatga tayansada va uning ko’rinishlaridan hisoblansa-da, ammo, bu layoqat iqtisodiy hayotning barcha sohalariga emas, balki faqat yollanma mehnatni tashkil etish va amalga oshirishga taalluqli bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasida qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning huquq va muomala layoqati cheklanishi mumkin emasligi belgilab qo’yilgan.

Amaldagi qonun hujjatlari fuqarolik huquq layoqatini cheklashga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yo’l qo’yar ekan, bunday cheklovning mehnat huquqlariga nisbatan ham joriy etilishi mumkinligini nazarda tutadi.

Jumladan, quyidagi hollarda fuqaroning (xodimning) mehnat huquqiy layoqati cheklanishi mumkin :

1). Jinoyat sodir etishi bilan bog’liq holda (fuqaroni ozod­likdan mahrum etilishi, jazoni ijro qiluvchi organlar belgi­laydigan korxonada axloq tuzatish jazosini o’tashi, xizmat bo’­yicha cheklov joriy qilinishi) shaxsning ish turi va ish joyini erkin tanlash sohasidagi mehnat huquq layoqati cheklanishi mumkin.

Jinoyat kodeksining 45-moddasiga binoan, shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egal­lashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug’ullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida ko’rsatiladi.

Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda - bir yildan besh yilgacha muddatga, qo’shimcha jazo tariqasida tayinlanganda - bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi.

Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan bo’lsa, bunday jazo sud tomonidan nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qo’shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.

Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo’natish yoki qamoq jazosiga qo’shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo’lsa, asosiy jazoning butun muddati­ga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi. Bu jazo boshqa asosiy jazolarga qo’shimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.

Sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik muddati o’tmagan yoki sud qarori bilan muddatidan avval olib tashlanmagan shaxslarni muayyan vazifa va lavozimlarga ishga olinmasligi ham aslida sodir etilgan jinoyat uchun mehnat huquq layoqatni cheklash ko’rinishlaridan sanaladi. (masasalan, huquqni muhofaza qilish organlaridagi operativ ishlar, davlat xizmatining boshqa ayrim turlari).

2. Ma’muriy nojo’ya xatti-harakat sodir etilishi tufayli ham mehnat huquq layoqati cheklanishi mumkin. Masalan, avtotran­sprotni boshqarish huquqidan muayyan muddatga mahrum etish ham aslida mehnat huquq layoqatini cheklanishiga, fuqaroni transport vositasini boshqarish bilan bog’liq ishlarda ishlash huquqini cheklanishiga olib keladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi kodeksining 28-moddasida muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vosita­larini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudьyasi tomonidan uch yilgacha muddatga qo’llanilishi nazarda tutilgan.

Mehnat munosabati sub’ekti bo’lgan xodimning mehnat muomala layoqatini cheklanishi nazarda tutilmagan. Biroq, Mehnat kodeksi­ning 247-moddasiga ko’ra, ota-onalar va vasiylar (homiylar), shu­ningdek mehnatni muhofaza qilish ustidan nazorat qiluvchi or­ganlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komis­siyalar, agar o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar bajarayotgan ishni davom ettirish ular sog’lig’iga ziyon qiladigan yoki ularga boshqacha tarzda zarar yetkazadigan bo’lsa, bunday shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishlari mumkinligi haqidagi normada voyaga yetmagan shaxsning mehnat sohasidagi muomala layoqatini cheklash alomatlari mavjuddir.

Xullas, mehnat huquqining sub’ekti bo’lish quyidagilar bilan tavsiflanadi :

1) Mehnat huquqiy munosabat sub’ekti tegishli huquqiy maqomga (huquq va muomala layoqatiga) ega bo’ladi;

2) Qonunda belgilangan mehnat huquqlari va majburiyatlar egasiga aylanadi;

3) Huquq va majburiyatlarni bajarilishi qonun kuchi bilan kafolatlanadi;

4). Buzilgan huquqlarning majburiy vositalar bilan himoya qilinishi ta’minlanadi.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish