N. K. Jamalov mehnat huquqi



Download 2,79 Mb.
bet61/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

Yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqt uchun haq to’lash shartlari va tartibi mehnat qonunchiligida belgilangan.

Xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqtda uning o’rtacha ish haqi saqlanadi.

Xodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun kamaytirilgan ishbay baholar bo’yicha haq to’lanadi, bunday baholar jamoa shartnomasida belgilab qo’yiladi, agar u tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.

Xodimning aybi bilan tayyorlangan to’liq yaroqsiz mahsulot va bekor turib qolingan vaqt uchun haq to’lanmaydi.

Xodimning aybi bilan yaroqsiz mahsulot tayyorlanishi ishlab chiqarish texnologiyasi va talablarini buzilishi sifatida baholani­shi va butunlay yaroqsiz mahsulot tayyorlangan hollarda unga inti­zomiy va moddiy javobgarlik qo’llanilishiga asos bo’lishi mumkin.

Xodimning aybisiz bekor turib qolinganida basharti, u bu haq­da ish beruvchini (bevosita rahbarini) ogohlantirgan bo’lsa va ish beruvchi uni bekor turib qolingan davrda boshqa ish bilan ta’min­lash chorasini ko’rmagan bo’lsa unga o’rtacha ish haqi to’lanadi.

Xodimning aybi bilan bekor turib qolish mehnat intizomini buzilish hollaridan bo’lib, buning uchun xodim intizomiy javob­garlikka tortilishi mumkin.

Bir necha kasbda (lavozimda) va o’rindoshlik asosida ishla­ganlik. Xodim ayni bir ish kuni(smenasi) davomida bir necha kasb (lavozim)da ishlaganligi uchun unga qo’shimcha ish haqi to’lanadi.

Mehnat kodeksining 160-moddasiga binoan bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat ko’rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o’zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo’lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun, shuningdek o’rindoshlik asosida ish bajarilga­nida (xodim o’zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo’sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to’lana­digan ishni bajarganda), xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasining taraflari o’rtasidagi kelishuvga binoan amalda bajarilgan ish yuzasidan belgilanadi.

Bunda ish bay ish haqi oluvchi xodimlarga bajargan ishining miqdori va sifatiga ko’ra cheklanmagan miqdorda haq to’lanadi. Vaqtbay ishlovchi xodimlarga esa qo’shimcha bajargan ishi (egallagan lavozimi) uchun belgilangan ish haqi (mansab maoshi)ning 50 foizgacha bo’lgan qismi to’lanishi mumkin.

Vaqtincha yo’q xodimning ish o’rnida ishlaganlik (vaqtincha bajaruvchilik). Xodim vaqtincha yo’q xodim lavozimida ishlashlik uchun o’z vazifasidan vaqtincha boshqa ishga o’tkazilgani hollarda (ishlab chiqarish zarurati tufayli) vaqtincha egallab turgan lavozi­mida nazarda tutilgan mansab maoshini (ish haqini) oladi. Ammo, o’zining avvalgi lavozimi (vazifasi) da ish haqi (mansab maoshi) vaqtincha egallab turgan lavozimidagidan ko’p bo’lgan hollarda o’z ish joyidagi ish haqi to’lanishini talab qilishga haqli bo’ladi.

Ta’lim muassasalarida soatbay ish haqi to’lash sharti bilan ishlovchi xodimlar mehnatiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 dekabrdagi “O’quv mashg’ulotlarini o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlari to’g’ri­sida”gi 312-sonli Qaroriga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 12 noyabrь 2153-son bilan “O’quv mashg’ulotlarini o’tkazgan­lik uchun mehnatga soatbay haq to’lash MIQDORLARI” 106 ro’yxatga olingan va mazkur hujjatga ko’ra soatbay dars o’tkazganlik uchun belgilangan stavkalarda ish haqi to’lanadi:

O’zbekiston Respublkasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xo’jaligi fanlar akademiyasi akademiklari mehnatiga soatbay haq to’lash miqdori 15 foizga oshiriladi

Soatbay haq to’lash miqdori(akademik soatdan kelib chiqqan holda) tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritilmaydi, ya’ni mehnat ta’tili berish chog’ida soatbay o’tilgan dars soatlari uchun to’langan ish haqlar hisobga olinmaydi.



Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish