10-Mavzu: Mehnatga haq to’lash. Kafolatli to’lovlar va kompensatsiya to’lovlari
Reja:
1. Mehnatga haq to’lash tushunchasi va uning huquqiy kafolatlari
2. Ish haqi to’lash tartibi va kafolatlari
3. Kafolatli va kompensatsiya to’lovlari tushunchasi va xodim huquqlarini ta’minlashda ularning ahamiyati
1. Mehnatga haq to’lash tushunchasi va uning huquqiy kafolatlari
Ish haqi – yollanib ishlovchi xodimni yaratilgan milliy daromaddan oladigan ulushidan iborat bo’lib, bu ulush uning mehnat miqdori va sifatiga, malakasi va kasb mahoratiga bog’liq bo’ladi.
Ish haqi va mehnat haqi miqdolari aynan ma’noni anglatadigan tushunchalar bo’lib, xodimga u bajargan ishning sifati va miqdoriga ko’ra pul shaklida to’lanadiga to’lovni anglatadi.
Ish haqi to’lashning huquqiy asoslarini O’zbekiston Respublikasi Konstiutsiyasi, Mehnat kodeksi, qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Hukumat qarorlari, idoraviy me’yoriy hujjatlar tashkil qiladi.
Mehnatga haq to’lash masalalari ish haqi bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar davlatning imperativ norma va qoidalari asosida markazlashtirilgan tartibda va korxonalarning lokal me’yoriy hujjatlari vositasida,taraflar kelishuvi bilan tartibga solinadi.
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas va uning eng ko’p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar, rag’batlantirish tarzidagi to’lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi. Mehnatga haq, qoida tariqasida, pul shaklida to’lanadi. 2002 yil 1 apreldan boshlab mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlarning ish haqini tovarlar bilan natura shaklida to’lashi ta’qiqlab qo’yildi. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan mahsulotlar xodimlarning yozma arizasiga ko’ra shartnomaviy narxlarda xodimlarga ish haqi o’rniga natural to’lov sifatida berilishi mumkin102.
Byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek davlat korxonalarining xodimlari mehnatiga haq to’lash shartlarining eng kam darajasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo’lgan joylarda mehnat haqiga rayon koeffitsientlari va ustamalar belgilanadi.
Rayon koeffitsientlari va ustamalar joriy qilinadigan joylarning ro’yxati, shuningdek ularni qo’llanish tartibi va miqdori O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 20 apreldagi 200-sonli “Navoiy viloyati xalq xo’jaligi tarmoqlari xodimlarining ish haqini hududiy tartibga solishni takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga ko’ra103 1992 yilning 1 iyulidan boshlab Navoiy mintaqasida joylashgan barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xodimlarining ish haqiga quyidagi miqdorlarda hududiy koeffitsient belgilansin:
Zarafshon va Uchquduq shaharlarida - 1,60;
Tomdi va Uchquduq tumanlarida - 1,50;
Konimex, Nurota, Xatirchi, Navbahor, Qiziltepa
tumanlarida - 1,30;
Navoiy tumanida va Navoiy shahrida - 1,20.
Davlat qonunlari va qonun hujjatlarida barcha turdagi ish beruvchilar uchun majburiy bo’lgan tamoil va qoidalar (jumladan, ish haqining eng kam miqdori, yagona ta’rif stavkalari va tarif razryadlari, normal sharoitdan chetga chiqilgan holdagi mehnat uchun ish haqi to’lash, byudjetdan ta’minot oluvchi muassasa va tashkilot xodimlari mansab maoshlari va tarif stavkali, kafolatli to’lovlar berish va uning miqdorini hisoblash tartibi, ish haqi to’lash muddatlari, joyi, tartibi, ish haqidan ushlab qolishni cheklashga qaratilgan qoidalar, mehnatga haq to’lashda teng huquqlilikni ta’minlash va boshqalar) tasdiqlanadi.
Mehnatga to’lanadigan haqning aniq miqdori, ustama va qo’shimcha to’lovlar, mukofotlar, tarif tizimidagi razryadni tanlash va qo’llash kabi qator masalalar ish beruvchi tomonidan, tegishli hollarda xodimlar vakillik organi bilan birgalikda hal etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |