Masalan, Germaniyada jamoa shartnomasi amal qilib turgan vaqtda zabastovkalar o’zkazish taqiqlanadi. Basharti xodimlar jamoa shartnomasi shartlari ish beruvchi tomonidan bajarilmayotganidan norozi bo’lsalar, bunday hollarda ular sudga shikoyat qilishga haqli bo’ladilar. Rasman faoliyat yuritadaigan uch tomonlama organ bo’lmasada, vaqti-vaqti bilan federal darajada iqtisodiy va ijtimoiy masalalar xususida maslahatlashuvlar olib boriladi va ularda davlat nomidan iqtisodiy ekspertlar kengashi va kasaba uyushmasi nomidan nemis kasaba uyushmalari birlashmasi ishtirok etadi.
Frantsiya Respublikasida korxona mehnat jamoasining yarmidan ko’pi ovoz bersa jamoa shartnomasi kuchga kiradi. Xodimlar huquqlarini kamsitadigan va qonunda belgilanganidan yomonlashtirishi mumkin bo’lgan qoidalar jamoa shartnomasiga kiritilishi mumkin emas. Korxonadagi paritet kengashlar jamoa shartnomasi bajarilishi ustidan kuzatib boradi va taraflardan biri norozi bo’lsa, sud ga murojaat qilishi mumkin. Kasaba uyushmalari sud qaroridan qat’i nazar ish tashlash e’lon qilishi mumkin.
Frantsiyada nizolarni ko’ruvchi rasmiy organ mavjud bo’lmasada, biroq, Hukumat vaqti-vaqti bilan norasmiy organlar vakillari ishtirokida maslahatlashuvlar o’tkazib turadi.
Buyuk Britaniyada rasmiy jihatdan umummilliy ijtimoy sherikchilik shakli mavjud emas. SHunga qaramasdan, bu yerda Britaniya tredyunionlari va Britaniya sanoatchilari konfederatsiyasi tomonidan keng miqyosli ishlar amalga oshriladi.
Belьgiyada uch tomonlama hamkorlikning ancha mukammal tizimi yuzaga kelgan. Korxonalarda ish beruvchi va xodimlar vakillik organi darajasida masalalar o’zaro kelishuv orqali hal etiladi.
Tarmoqlar darajasida taraflarning qo’shma komissiyalari ish olib boradi va ular zimmasiga mehnat nizolarini sudga yetib borishining oldini olish, nizolarni kelishuvlar yo’li bilan hal etish vazifasi yuklangan.
Teng vakillar ajratilgani holda mehnat bo’yicha milliy Kengash tashkil etiladi va u Hukumatning rasmiy maslahat beruvchi organi sanaladi.
SHimoliy Yevropa mamlakatlarida yagona ijtimoy siyosat olib boruvchi organ tashkil etishga harakat qilinadi. Finlandiya va SHvetsiya davlatlarida ijtimoiy sherikchilik masalalarini qonun normalari bilan tartibga solinadi, boshqalarida esa-jamoa shartnomalaridan keng foydalaniladi.
Ko’pchilik shimoliy yevropa mamlakatlarida kelishtirish protsedurasi doimiylikka asosan ish yuritadi va nizolar yuz berganida uni keskin tus olishini kutib o’tirmasdan ko’rib xal qiladi.
Mehnat nizolarini sudda (Mehnat sudlarida) ko’rib hal etilishi chog’ida ham tripartizm tamoiliga tayanib ish ko’riladi va sud tarkibi hukumat tomonidan tayinlangan rais va bir necha a’zo hamda kasaba uyushmalari, tadbirkorlar uyushmalari vakillaridan iborat bo’ladi.
Ijtimoiy sherikchilik masalalarida jahonning ilg’or mamlakatlari to’plangan tajriba va uning asosida shakllangan qonunchilik tizimlari bizning milliy mehnat qonunchiligimizni xalqaro standartlar talablari asosida rivojlantirish, huquqiy islohotlarimizda ularning boy tajribasiga tayanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |