N. K. Jamalov mehnat huquqi



Download 2,79 Mb.
bet25/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

Ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg’ul shaxslar bilan tuziladigan mehnat shartnomasi. Mehnat kodeksining 224-moddasiga ko’ra homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etishning sabablarini ularga yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Ushbu toifadagi ayollarni ishga qabul qilishdan g’ayri qonuniy bosh tortganlik uchun O’zbekistn Respublikasi Jinoyat kodeksining 148-moddasi 2-qismida mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarligi nazarda tutilgan bo’lib, unga ko’ra ayolni homiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g’ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo’shatish -

eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatini qo’llanishi taqiqlanadi, yer ostidagi ba’zi ishlar (jismoniy bo’lmagan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko’rsatish ishlari) bundan mustasnodir.

Ayollarning ular uchun mumkin bo’lgan normadan ortiq yukni ko’tarishlari va tashishlari man etiladi.

Ayollar mehnatini qo’llash taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlarning ro’yxati hamda ular ko’tarishlari va tashishlari mumkin bo’lgan yuk normalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi38 va bunday ishlarga ayollar qabul qilinishlari va ular bilan bu sohada mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin emas.

Homilador yoki uch yoshga to’lmagan farzandi bor ayollar bilan mehnat shartnomasi tuzish chog’ida ular uchun to’liqsiz ish vaqti va boshqacha qulay shart-sharoitlar nazarda tutilishi mumkin.

18 yoshga to’lmagan shaxslar bilan tuziladigan mehnat shart­nomalari. Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joy­lariga ishga joylashtirish tartibida Bandlikka ko’maklashish marka­zi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodim­larining sog’lig’i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning belgilab qo’yilgan normadan ortiq og’ir yuk ko’tarishlari va tashishlariga yo’l qo’yilmaydi. Voyaga yetmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlangan ishlar ro’yxati va o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar ko’tarishlari va tashishlari mumkin bo’lgan og’ir yuk normalarining chegarasi qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yilgandir39.

O’n sakkiz yoshga to’lagan fuqarolar mehnat bozorida teng raqobatlasha olmaydigan, ish topishda qiynaladigan va ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxmlar toifasiga kiritiladi va ularga ishga qabul qi­lishda qo’shimcha kafolatlar beriladi. Voyaga yetmaganlar moddiy ja­vobgarligi bilan bog’liq bo’lgan ishlar va vazifalarga qabul qili­nishlari va ularga shu asosda to’liq moddiy javobgarlik yuklati­lishi mumkin emas.

O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g’risida”gi qonuni 6-moddasiga ko’ra : “Yosh fuqarolarni huquqiy himoya qilish davlat va jamoat tashkilotlari, birlashmalar va korxonalarning yoshlarga nisbatan huquqiy jihatdan mustahkam­lab qo’yilgan vazifalarini shaxsning qadr-qimmatini oilada, meh­nat va o’quv jamoasida, turar joyda har tomonlama himoya qilishni o’z ichida oladi.

Korxona rahbari va kollegial ijroiya organi a’zosi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi. Korxona rahbari va korxona­ning boshqa kollegiyal boshqaruv organida faoliyat yuritadigan va rahbariyat tarkibiga mansub bo’lgan xodimlar bilan mehnat shartno­masi tuzilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu xususiyatlar bunday toifadagi shaxslar korxona mol-mulkini boshqarishda, kor­xonaning xo’jalik-iqtisodiy hayotiga taalluqli masalalarda alohida katta vakolatlarga ega ekanliklari, ularning yuridik xatti-harakat­laridan korxona uchun jiddiy oqibatlar yuz berishi mumkinligi kabi qator muhim omillar bilan bog’liqdir.

Davlat mulkiga asoslanadigan korxona va tashkilotlarda korxona rahbarlari tegishli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilganidan so’ng vakolatli yuqori turuvchi organ yoxud uning tegishli huquqqa ega bo’lgan mansabdor shaxsi (kollegiyal organi) tomonidan o’z vazifasiga tayinlanadi va shu asosda rahbar bilan mehnat shartnomasi tuzi­lishi mumkin.

Nodavlat mulkchiligiga tayanuvchi korxona va tashkilotlarda korxona rahbarini o’z vazifasiga tayinlash mulkdor tomonidan, tegishli hollarda esa mulkdor tomonidan vakolat berilgan shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunining40 79-moddasiga ko’ra : Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolati jamiyatning ustavida belgilanadigan direktor yoki jamiyat boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Agar jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik boshqaruv tomonidan amalga oshiriladigan bo’lsa, jamiyat ustavida boshqaruv rahbarining (boshqaruv raisining) vakolati ham belgilangan bo’lishi lozim.

Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining qaroriga ko’ra jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma bo’yicha tijorat tashkilotiga (ishonchli boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, agar jamiyat ustavida o’zgacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan tayinlanadigan jamiyat ijroiya organi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini aktsiyadorlarning navbatdagi umumiy yig’ilishigacha bo’lgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yo’l qo’yiladi.

Jamiyat ijroiya organining vakolatiga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining yoki jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.

Jamiyatning ijroiya organi aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining va jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.

Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlaydi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi.

Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) vazifalarini boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozim bilan birgalikda egallab turishga faqat jamiyat kuzatuv kengashining roziligi bilan yo’l qo’yiladi.

Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi yoki jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning direktori, boshqaruv a’zolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda tugatishga (bekor qilishga), agar jamiyat ustaviga ko’ra kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bo’lsa, haqli.

Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning direktori, jamiyat boshqaruvining a’zolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar ular jamiyat ustavini qo’pol tarzda buzsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar yetkazilgan bo’lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.

Bunday shaxslar bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi­ning 2003 yil 19 apreldagi 189-sonli qarori bilan tasdiqlangan



O’rindoshlik bo’yicha ishlovchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomasi. Hozir amalda bo’lgan Mehnat kodeksimiz hamda mehnatga oid qonun hujjatlarimizda o’rindoshlik bo’yicha mehnat shartnomalari tuzish masalalari maxsus tartibga solinmagan. U haqdagi qoidalar yaxlit bo’lmagan holda Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida tizimsiz ravishda nazarda tutilgan41. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 80-moddasi, 100-mod­daning 2-qismi, 5-bandi, 133-moddasi va boshqa ayrim qonun huj­jatlarida o’rindoshlik bo’yicha yuz beradigan mehnat munosabatlarining u yoki bu jihatlari tartibga solingan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-sonli “O’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori bilan42 ushbu masalaga oid maxsus me’yoriy hujjat tasdiqlandi.

Ushbu Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda mehnat shartnomasiga (kontraktga) muvofiq o’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlovchi jismoniy shaxslar — O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning mehnat munosabatlarini tartibga solish qoidalarini belgilaydi.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish