N. K. Jamalov mehnat huquqi



Download 2,79 Mb.
bet31/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

Oliy o’quv yurtini davlat grantlari asosida tamomlagan yosh mutaxassislar bilan tuziladigan mehnat shartnomasi. O’zbekis­ton Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 6 avgustda 1506-son bilan ro’yxatga olingan "Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to’g’risida Nizom"51ga ko’ra, barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistrlari (bitiruvchilari) 2005-2006 o’quv yilidan boshlab majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlanadi.

Ish beruvchi kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, mavjud bo’sh ish joylari haqidagi ma’lumotlarni har yili 1 aprelga qadar aniqlaydilar hamda maxsus komissiyaga ish joyi ko’rsatilgan holda, kafolatlangan talabnoma (buyurtma)ni taqdim etadilar.

Oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarni ishga taqsimlash ular oliy ta’lim muassasasini bitirishidan kamida 1 oy oldin o’tkaziladi.

Bitiruvchilarning taqsimoti oliy ta’lim muassasasi rektori tasdiqlagan oliy ta’lim muassasasining taqsimot komissiyasi tomonidan o’tkaziladi. Taqsimot komissiya tarkibiga oliy ta’lim muassasasi rektori - komissiya raisi, fakulьtet dekani, kafedra mudirlari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar, ish beruvchilar vakillari a’zo qilib kiritiladi.

Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarni ishga taqsimlanish jarayonidan oldin bitiruvchilardan qaerda ishlashni xohlashi to’g’risida so’rov-anketalari to’ldirib olinadi.

Oliy ta’lim muassasalarida o’z hisobidan to’lov-kontrakt bo’yicha ta’lim olgan bitiruvchilar o’z ixtiyori bilan taqsimot komissiyasida ishtirok etishi va uning roziligi asosida komissiya qarori bilan taklif etilayotgan ish joylariga ishga yuborilishi mumkin.

Agar taqsimot komissiyasi bitiruvchini ish bilan ta’minlay olmasa, unga mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to’g’risida ma’lumotnoma taqdim etadi.

Bitiruvchi o’qishni tamomlaganidan so’ng, ko’pi bilan uch oygacha bo’lgan muddatda ish joyiga yetib kelishi va ish boshlashi lozim.

Ish beruvchi ish joyiga yetib kelgan bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan yo’llanmani tasdiqlaydi va o’n kun muddat ichida yo’llanmani tegishli oliy ta’lim muassasasiga yuboradi va bitiruvchilar bilan o’rnatilgan tartibda ishga yuborilganlik to’g’risidagi yo’llanmaga muvofiq mehnat shartnomasi tuzadi.

Tanlov asosida ishga qabul qilinadigan lavozimlarga bitiruvchilar yo’llanma asosida tanlovsiz qabul qilinadi.

Bitiruvchi tomonidan majburiy ishlab berilishi lozim bo’lgan uch yillik muddatga:

ta’lim muassasasi, korxona yoki tashkilotda turli lavozimlarda ishlagan muddat;

ta’lim muassasasi, korxonasi yoki tashkilot mansub bo’lgan tizimdagi (vazirlik, idora yoki boshqa xo’jalik boshqaruvi organi) boshqa ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda ish beruvchining roziligiga ko’ra ishlagan muddat;

mehnat ta’tilida, shu jumladan, ijtimoiy ta’tillarda bo’lgan muddat;

muddatli harbiy xizmat yoki safxabarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat o’talgan muddat ham kiradi.

Bitiruvchi uch yil majburiy ishlagandan so’ng, shu ish beruvchida ishni davom ettirish masalasi ish beruvchi va xodimning o’zaro kelishuviga muvofiq mehnat qonunchiligi asosida hal etiladi.

Ishga taqsimlangan bitiruvchi ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga joylashgach, ish beruvchi unga mehnat qilishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi, uy-joy bilan ta’minlash chora­larini ko’radi.

Fermer xo’jaligi a’zolari bilan tuziladigan mehnat shartnomasi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidagi ishlar mavsum va boshqa tabiiy-iqlim sharoitlari, odatda jamoa bo’lib bajarili­shi, ochiq dalada amalga oshirilishi tufayli o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. SHu sababga ko’ra yaqin vaqtlarga qadar bunday mehnat munosabatlari jamoa xo’jaliklari (qishloq xo’jalik kooperativ­lari)ga a’zolik asosida boshqa huquq soxasi bilan tartibga solib kelindi. Bunday xo’jalikka a’zo bo’lgan shaxslar rasmiy jihatdan korxona mulkdorlaridan sanalar edilar, biroq¸amalda ular ishlab chiqarish korxonalari xodimlariga nisbatan huquqiy noqulay sharoitda yollanib ishlovchi shaxslar maqomida edilar, ularga mehnat qonunchiligida nazaorda tutilgan kafolatlar ta’minlab berilmas edi52.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi PF-3226-sonli “Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirish­ning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida”gi Farmoni qabul qilinganidan so’ng ahvol tubdan o’zgardi va qishloq xo’jaligida band bo’lgan xodimlar huquqiy statusi aniqlanib, ular ham Mehnat kodeksi va boshqa mehnat qonun hujjatlaridagi imtiyoz va kafolatlardan foydalana boshladilar53.

Mazkur Farmon qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini boshqarish­ning bozor tamoyillariga mos keladigan tashkiliy tuzilmasini tatbiq etish, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari­ning mustaqilligini kengaytirish hamda ularning ishonchli huquqiy muhofazasini ta’minlash maqsadiga qaratilgandir.

5. Xodimning majburiyatlari:

a) O’zbekiston Respublikasi qonunlariga va xo’jalik Ustavi talablariga, mehnat intizomiga rioya qilish, mehnat majburiyatlarini bajarish;

b) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.

6. Ish beruvchining majburiyatlari:

a) mehnatni tashkil etish va Xodimning mehnatini muhofaza qilish, uni texnika xavfsizligi qoidalari, mehnat majburiyatlari, jamoa shartnomasi (u qabul qilingan bo’lsa) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish;

b) ish haqini belgilangan muddatlarda to’lash;

v) Xodimni mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq zarur inventarlar va boshqa muhofaza vositalari bilan ta’minlash;

g) Xodimning mehnat daftarchasini belgilangan tartibda yuritish;

d) qonun hujjatlari talablariga rioya etish.

7. Ish tartibi:

ish vaqti tartibini fermer xo’jaligi boshlig’i qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi.

Bunda bir yildagi ish vaqti jami hisoblangan ish vaqtidan, har kungi ishning davom etishi esa 12 soatdan oshishi mumkin emas.

8. Mehnatga haq to’lash:

b) ishlab chiqarish zaruriyati va bekor turib qolishlar sababli Xodim uning roziligisiz boshqa ishga o’tkazilishi mumkin. Bunda mehnatga haq to’lash bajarilgan ishlar bo’yicha, lekin Xodimning ilgarigi ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda amalga oshiriladi;

v) Ish beruvchi huquqlar va moliyaviy imkoniyatlar doirasida quyidagi qo’shimcha to’lovlarni (ustamalar, mukofotlar, rag’batlantiruvchi va boshqa to’lovlarni) belgilaydi:

g) Xodim bilan kelishuvga ko’ra mehnatga haq to’lash ham pul, ham natura tarzida amalga oshirilishi mumkin.

9. Xodimga har yilgi asosiy mehnat ta’tili ____ ish kuni (kamida 15 ish kuni) miqdorida va ____ish kuni miqdorida qo’shimcha mehnat ta’tili belgilanadi.

10. Xodimga nisbatan davlat ijtimoiy sug’urtasi qo’llanadi.

11. Ish beruvchi mehnat intizomi va ushbu SHartnoma shartlari buzilganligi uchun Xodimga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasida ko’rsatilgan intizomiy tanbeh choralarini O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasi talablarini bajargan holda qo’llash huquqiga egadir.

Moddiy javobgarlik bilan bog’liq vazifalarni bajarishga qabul qilinayotgan shaxslar bilan tuziladigan mehnat shartnomasi. Ish beruvchilar mol-mulklari va boshqa boyliklarini samarali muhofaza etilishini ta’minlash, ulardan samarali va tejamli foydalanishga erishish hamda zarar yetkazilgani taqdirda javobgarlikni identifikatsiyalash maqsadida Mehnat kodeksida (MKning 202-moddasi, 1-bandi) va boshqa mehnat qonun hujjat­larida tovar-moddiy boyliklar bilan bog’liq bo’lgan ishlarga qabul qilinayotgan shaxslar bilan maxsus to’liq moddiy javobgarlik to’g’risidagi yozma shartnoma tuzish nazarda tutilgan. Bunday ishlar ro’yxati va to’liq moddiy javobgarlik haqidagi yozma shartnoma nusxasi ish beruvchi bilan xodimlar vakillik organi tomonidan tasdiqlanadi. Bunday ishga qabul qilinayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi bilan bir qatorda yozma moddiy javobgarlik to’g’risi­dagi shartnoma ham tuzilishi talab etiladi. (Bu haqda tegishli bobda batafsil so’z yuritiladi).


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish