4-Mavzu: Jamoa shartnomalari va kelishuvlari
Reja:
1. Mehnat munosabatlarida ijtimoiy sherikchilik
2. Jamoa shartnomasi va uning korxona va tashkilotlardagi ahamiyati.
3. Jamoa shartnomasining taraflari, tuzilish tartibi hamda uning mazmuni
4. Jamoa kelishuvlari va ularning ijtimoiy sherikchilik munosabatlarini tartibga solinishidagi o’rni.
1. Mehnat munosabatlarida ijtimoiy sherikchilik
Mamlakatimizda kuchli davlatchilikdan kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishga tomon yo’l tutilgani tufayli qarama-qarshiliklarni o’zaro konfliktlar, qarama-qarshi turishlar orqali emas, balki hamkorlik, ijtimoiy sherikchilikni yo’lga qo’yish yo’li bilan hal etish imkoniyati yaratildi.
Xodimlar va ish beruvchilar o’rtasidagi ijtimoiy sherikchilik korxonani birgalikda boshqarish, uning rivojlanishi va samaradorligshini yuksaltirishga qaratilgan ishlab chiqarish-iqtisodiy tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, korxona xodimlari moddiy-turmush sharoitalarini yaxshilash ularni va oila a’zolarini ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan birgalikda chora-tadbirlar ko’rish, korxonani bishqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan lokal me’yoriy hujjatlar tizimini takomillashtirib borish, ish jarayonida xodimlar hayoti va salomatligini himoyalash, kab kasalliklari yuz berishining oldini olish maqsadlariga qaratilishi mumkin. Ishlab chiqarishdagi ijtimoiy sherikchilikishning natijalaridan xodimlar ham, ish beruvchi ham to’la manfaatdor bo’lishi bunday sherikchilik aloqalarini davom ettirishning harakatlantiruvchi kuchi va bosh motivi sanaladi.
Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi xodimlar hamda ish beruvchilar ijtimoiy hamkorligi va sherikchiligining asosiy shakli sanaladi. Zeroki, ushbu lokal hujjatlarda korxona ishlab chiqarish hayoti ham, ijtimoiy hayoti ham to’la o’z aksini topadi.
Jamoa shartnomasi tuzish va unda xodimlarga ham, ish beruvchiga ham taalluqli o’zaro majburiyatlarni nazarda tutilishi, bu majburiyatlarni bajarilish usullari, ijrosini nazorat qilish va bajarilmaganligi uchun javobgarlik mexanizmlarini belgilab olinishi korxona ishlab chiqarish faoliyatiga ham, xodimlarning moddiy, madaniy-maishiy va ijtimoiy ahvoliga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Mamalakatimizda ijtimoy sherikchilikni yaxshi yo’lga qo’yish uchun kerakli huquqiy baza barpo qilingan bo’lsada, ammo, bozor munosabatlarining chuqurlashib borayotganligi, malakatimizda fuqarolik jamiyati yaratish ishlari ko’lamining kengayib borayotgani, jamiyatni erkinlashtirish yuzasidan yuritilayottgan izchil siyosat bu sohadagi ishlar miqyosini kengaytirishlikni taqozo qilmoqda. Bunda xodimlar va ish beruvchilar o’rtasidagi ijtimoiy sherikchilik tushunchasiga legal tarif beruvchi hamda uning maqsad – mohiyati, amalga oshirilish tamoillari va shakllarini nazarda tutuvchi normalar Mehnat kodeksiga kiritilishi lozim. SHuningdek, bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotining 1981 yilda qabul qilingan “Jamoa shartnomalari tuzishga ko’maklashish to’g’risida”gi 154-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilsa va uning qoidalarini milliy mehnat qonunchiligiga kengroq implementatsiyalash maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |