N. K. Jamalov mehnat huquqi


-Mavzu: Mehnat huquqining asosiy printsiplari



Download 2,79 Mb.
bet14/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

3-Mavzu: Mehnat huquqining asosiy printsiplari

Reja:

  1. Mehnat huquqining tamoyillari tushunchasi.

  2. Mehnat huquqi printsiplari.

  3. Mehnat huquqi tamoyillarining umumiy tasnifi.

Fuqarolarning mehnat qilishga, o’zlarining jismoniy, aqliy, kasbiy salohiyatlarini ro’yobga chiqarganlari holda moddiy-turmush sharoitlari yaxshilab borishga bo’lgan huquqlarini ta’minlash, ayni paytda jamiyatning mehnat orqali taraqqiy qilishga bo’lga extiyojlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish chog’idagi ijtimoiy jarayonlar davlat tomonidan huquqiy tartibga solinar ekan, bunda ushbu jarayonda qatnashuvchi har bir taraf (xodim, ish beruvchi, davlat va jamiyat manfatlarining o’zaro uyg’unligiga erishish lozimligi ob’ektiv zarartdir. Ushbu maqsadga erishmasdan turib ishlab chiqarish sohasida ham, unda qatnashuvchilar huquq va manfaatlarini ta’min etilishida ham,   jamiyatda ijtimoiy adolat  qaror topdirilishida ham barqarorlikka erishib bo’lmaydi, barqarorlik bo’lmagan yerda esa olg’a rivojlanish ham bo’lishi mumkin emas.

Huquq printsiplari qonun ijodkorligi va uni qo’llash amaliyoti davomida tayanish lozim bo’lgan yetakchi g’oyalar, raxbariy qoidalarni o’zida ifodalagan holda iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy munosabatlar sohasida barqarorlikni ta’min etishga, qonuniylik va ijtimoiy adolat qaror topishiga, muammolarni hal qilishga hizmat qiluvchi umumiy yechimlar topilishiga hizmat qiladi.

Mehnat munosabatlarining huquqiy tartibga solinishida ham uning printsiplari muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo’ladi.

Printsip (tamoyil) atamasi lotin tilidan tarjima qilinganida “asos, tayanadigan nuqta” degan ma’nolarni anglatadi.

Mehnat huquqining printsiplarida insonning eng muhim huquqlari va uning ta’minlanishi, inson huquqlariga oid halqaro standartlar mazmuni, inson eng oliy mavjudot ekanligi va uning hayoti, salomatligi, shaxsiy huquq hamda erkinlari, moddiy manfaatlari daxlsiz ekanligi va qonun kuchi bilan har tomonlama muxofaza etilishi, ayni paytda tadbirkorlik va tadbirkor huquqlari ham qonun himoyasida ekanligi, ishlab chiqarish jarayonida davlat-jamiyat-shaxs uchburchagida har bir taraf manfaatlari hisobga olinishi va bu jamiyatini uyg’un rivojlanishining sharti ekanligi o’z aksini topadi.

Mehnat huquqining printsiplari deganda ushbu huquq fani va tarmog’iga oid huquq normalari rivojlanishining mohiyatini, asosiy hususiyatlarini hamda umumiy taraqqiyot yo’nalishini o’zida ifodalaydigan yetakchi g’oyalar, umumlashgan tushunchalar nazarda tutiladi.

Mehnat huquqi fanida uning printsiplari “faqat yetakchi g’oyalar” va ularning qayd etib o’tilishi kifoyami yoki ular huquq normalarida mustahkamlanishi kerakmi, degan mavzuda munozaralar davom etib kelmoqda.

Bizning nazarimizda mehnat huquqining printsiplari inson huquqlariga oid yetakchi g’oyalar sanaladi. Zeroki, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi insonning eng muhim huquqlari sifatida mehnat qilish,  ish joyi va kasb (mashg’ulot) turini erkin tanlash, adolatli mehnat sharoittlarida ishlash, ishsizlikdan muxofazalanish huquqlarini bosh g’oyalar sifatida mustahkamlar ekan, ular asosida tegishli qonunlar qabul qilinishi orqali bu huquqlarni amalga oshirilishi ta’min etiladi, qabul qilinadigan qonun hujjatlarining ushbu konstitutsiyaviy printsiplarga to’la mos bo’lishi talab qilinadi.

Mehnat huquqi printsiplarini majburiy harakterda bo’lmagan rahbariy ko’rsatmadan iborat deya talqin etilishi ularning mavxumlashuviga va huquqiy ongning bir elementi sifatida tushunilishiga olib kelgan bo’lar edi, bu esa ular ahamiyatni pasayshiga sabab bo’lar edi.

Ayni paytda huquq printsiplari huquq normasidan ham farq qiladi, ularda an’anaviy huquq normasidagi elementlar mavjud emas (gipoteza, dispozitsiya, sanktsiya) , ularni bevosita qo’llashb mumkin emas.

Huquq printsiplari sub’ektiv huquq va majburiyatlardan ham o’zining umumiy hususiyatga egaligi bilan farq qiladi.

Huquq printsiplari qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishi, qonun hujjatlari qabul qilinishi chog’idagina emas, bali ularni kundalik amaliyotga qo’llash jarayonida ham ahamiyatga ega, chunki uning vositasida xatti-harakatlarga umuminsniy g’oyalar nuqtai-nazaridan tanqidiy baho berish mumkin bo’ladi.

Qonun normalari sharhlanar, tushtuntirilar ekan, eng avvalo, huquq printsiplariga tayaniladi, bu ayniqsa qonun normalarida ziddiyatlar aniqlangan, turlicha talqin etilishi mumkin bo’lgan hollar uchun muhim ahamiyatga egadir.

Xullas, mehnat huquqining printsiplari qonun ijodkorligi jarayonida va qonun hujjatlarini amalga tatbiq qilish chog’ida inson huquqlariga oid xalqaro standartlarga , inson huquqlariga oid umumiy mezon va qoidalarga amal qilishni ta’minlaydigan insonparvar g’oyalarni o’zida mujassam etadi.

 


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish