N. K. Jamalov mehnat huquqi



Download 2,79 Mb.
bet30/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga ko’ra axloq tuzatish jazosini o’tash uchun yuborilgan mahkum bilan tuziladigan mehnat shartnomasi. Axloq tuzatish ishlari jazosi ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi.

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat ijroiya kodeksi 26-moddasiga ko’ra: “Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Mahkum doimiy yashash joyiga ega bo’lmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi jazolarni ijro etish inspektsiyasi zimmasiga yuklanadi”.

Axloq tuzatish ishlari korxonalarda, muassasalarda va tashki­lotlarda o’taladi va bunda mahkum bilan mehnat shartnomasi tuziladi.

Jazoni o’z ish joyida o’tash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar sudlangunga qadar o’zlari ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilotda mehnat faoliyatini davom ettiraveradilar.

Jazoni boshqa joylarda o’tash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazolarni ijro etish inspektsiyasi belgilab beradigan korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi. Voyaga yetmagan mahkumlar yashash joyidagi korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi.

Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati:

mahkumning ish haqidan to’g’ri va o’z vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan summa davlat foydasiga o’tkazilishini ta’minlash;

mahkumga nisbatan qo’llanilgan rag’batlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazoni o’tashdan bo’yin tovlayotgani, boshqa ishga o’tkazilganligi yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida jazolarni ijro etish inspektsiyasini xabardor qilishga majbur.

Axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda o’tayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini Ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspektsiyasi ko’rib chiqadi.



SHogirdlar bilan tuziladigan mehnat shartnomasi.

Ish jarayonining bevosita o’zida kasb o’rgatish shogird tushish, ustozdan saboq olish orqali bir ishni boshini tutish tarzida qadimdan ma’lum va barcha xalqlarda keng qo’llanib kelinadi.

SHogirdlik – ishlab chiqarishdan ajralmagan holda yangi kasb, hunar, malakaga ega bo’lish maqsadida kasb egallashga talabgor shaxsni yuqori malakali, katta ishlab chiqarish tajribasiga ega bo’lgan ustaga biriktirib qo’yish yo’li bilan kasbiy tayyorlash jarayoni nazarda tutiladi.

SHogirdlik munosabatlari fuqaro bilan korxona o’rtasida mehnat huquqiy aloqa o’rnatilish shakli bo’lib sanaladi. Biroq, odatdagi mehnat shartnomaviy munosabatlardan farqli ravishda shogirdlik munosabatlari muayyan kasb yoki lavozimga oid mehnat vazifalarni bajarish maqsadida emas, balki, ta’lim olish, kasb egallash uchun yuzaga keladi.SHogirdlikka oid munosabatlarda ham mehat vazifalarni bajarish nazarda tutilsa-da, ammo bu keyingi o’rinda turadi. SHogirdlikka oid shartnomada quyidagilar ko’rsatib qo’yilishi kerak:

-taraflarning nomi;

-shogird egallashi lozim bo’lgan kasb, hunar, malaka, mutaxas­sislikning nomi;

- shogirdlik shartnomasi asosida belgilangan dasturga muvofiq shogird tomonidan tegishli kasb, ixtisoslikni egallash uchun sharoit yaratilishi yuzasidan ish beruvchining majburiyatlari;

-shogirdlikning muddati;

SHogirdlik davrida to’lanishi lozim bo’lgan stipendiya yoki ish haqi miqdori;

-shogirdlik tamom bo’lgach va mustaqil ishlash uchun zarur kasbga ega bo’lganidan so’ng shogirdni ish bilan ta’minlash majburiyati.

Ish beruvchi zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

SHogirdlik shartnomasida shogirdlik davrida hamda kasb-korga ega bo’lganidan so’ng shogird zimmasiga yuklanadigan majburiyatlarning aniq va to’liq bo’lishi muhim ahamiyatga ega. CHunki, muayan kasb va mutaxassislikka ega bo’lga xodimga ehtiyojmand bo’lgan ish beruvchi o’z mablag’i va resurslarini, vaqtini sarflagani holda tavakkal qilib, yangi kasbga o’rgatganidan so’ng sobiq shogird uning umid­larini oqlashi, sarflagan mablag’iga yarasha foyda keltirishi kerak.

SHu sabali shogirdlik shartnomasida ish beruvchi manfaatlariga taalluqli va uning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan shartlar nazarda tutilishi kerak.

SHu sabali bizning nazarimizda shartnomada shogirdning quyidagi majburiyatlari mustahkamlab qo’yilishi lozim:



  • shogirdlik davrida shogird sidqidildan kasb o’rganishi va bu sohada belgilangan topshiriqlarni to’liq va o’z vaqtida ado qilishi;

  • korxonada o’rnatilgan ichki t artibga qat’i avmal qilishi va ish beruvchining, shuningdek, o’zi biriktirilgan ustaning qonuniy topshiriq va ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishi;

  • korxona mol-mulkiga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishi;

  • texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga so’zsiz rioya qilishi;

  • shogirdlik bo’yicha belgilangan muddatda kasbni egallashi va tegishli attestatsiya hamda sinovlarni topshirishi;

  • shogirdlik tamom bo’lganidan keyin shartnomada nazarda tutilgan muddat davomida korxonada egallagan kasbi bo’yicha ishlashi;

  • uzrli sabablarsiz shogirdlikni muddatidan avval to’xtatgani, kasb egalaganidan keyin esa belgilanganidan oldin ishdan bo’shab ketgani taqdirda ish beruvchi tomonidan qilingan barcha xarajat­larni hamda kab o’rgangani taqdirda ishlashi tufayli korxonaga keltirishi mumkin bo’lgan foyda summasini ish beruvchiga qoplab berishi lozim. SHogirdlik shartnomasi mazmunidan hamda egallan­gan kasb-kordan kelib chiqilgani holda shogird (keyinchalik xodim) zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

Korxonaning jamoa shartnomasi (yoki boshqa lokal me’yoriy hujjatida) korxona hamda egallanadigan kasb, malakaning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqilgani holda shogirdik bilan bog’liq munosabatlarning boshqa jihatlari batafsil nazarda tutiladi.

Jumladan, unda shogirdlik asosida kasbga tayyorlash va uning mohiyati, shogirdlikning muddati, kasb-malaka imtihonlarini o’tka­zish, malaka darajasini berish tartiblari va shartlari, shogirdning majburiyatlari, shogird o’z majburiyatlarini buzgan taqdirda, undan korxona foydasiga zararni undirib olish masalalari va boshqa masalalar belgilab qo’yilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

SHogirdlik shartnomasi shogird va korxonanining vakolatli rahbari tomonidan imzolangani holda ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi xodimga beriiladi.O’zaro tuzilgan shartnoma asosida ish beruvchi shogirdlikka qabul qilish to’g’risida buyruq chiqaradi.

SHogirdlik shartnomasini taraflar imzolagan sanadan yoki unda ko’rsatib qo’yilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. SHogird kasal bo’lgan yoki boshqa uzrli sabab bilan yo’q bo’lgan vaqti hisobiga shogirdlik muddati uzaytiriladi. SHogirdlik shartnomasi shogird­lik muddati tamom bo’lguniga qadar taraflarning o’zaro kelishuvi bilan o’zgartirilishi mumkin.

SHogirdlik shartnomasi shogird tomonidan belgilangan o’quv dasturi uzrsiz sabab bilan o’zlashtirilmagan, u ichki tartib qoida­larini qo’pol buzgan hollarda ish beruvchining tashabbusiga ko’ra muddatidan avval bekor qilinishi shogirdlik davomida unga qilin­gan xarajatlar qaytarib undirib olinishi mumkin.

SHogirdlik ish beruvchining aybi bilan shogirdga malaka (kasb) berilmagani holda muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda ish beruvchi mehnat qonun hujjatlariga muvofiq tovon to’lashi kerak bo’ladi50.

SHogirdlik shartnomasining namunaviy shakli tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan va taklif qilingan.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish