N. K. Jamalov mehnat huquqi



Download 2,79 Mb.
bet27/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

Yakka fuqaro-jismoniy shaxsga ishga yollanish yuzasidan tuziladigan mehnat shartnomasi (uy xizmatchisi). Bugungi bozor munosabatlari sharoitida bunday mehnat munosabatlari tez-tez uchrab turibdi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yoki idoraviy me’yoriy huquqiy hujjatlar vositasida bunday shartnomaning Namunaviy shakli, rasmiylashtirilish tartibi va boshqa muhim jihatlarini tartibga soluvchi huquqiy mexanizm ko’zda tutilishi lozim.

Kasanachilik bo’yicha tuziladigan mehnat shartnomasi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvarda qabul qilingan “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-3706-sonli Farmonida43 qayd etilganidek: yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o’rtasida kooperatsiya aloqa­larining mustahkamlanishi oila byudjeti daromadlarini oshirish­dek muhim muammoni hal etadi, ish bilan band bo’lmagan aholi sonini keskin qisqartirish va uning faol qismini ishlab chiqa­rishga jalb etish imkonini beradi. Ayni paytda kasanachilar ish stajini hisoblash, ularga pensiya va ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar tayinlash huquqi ta’minlanadi.

Sanoat korxonalarining kasanachilarga zarur xom ashyo va ma­teriallarni yetkazib berish asosida oilaviy pudratni rivojlanti­rish fuqarolarga vaqtdan unumli foydalanish, shu bilan birga, past rentabelli va ko’p mehnat sarfi talab qilinadigan mahsulotlarning ayrim turlarini uy sharoitida ishlab chiqarishni o’zlashtirish imko­niyatini yaratadi, bu, o’z navbatida, yirik korxonalar ish samara­dorligini oshirishga yordam beradi.

Kasanachi deganda, korxona va tashkilotlar bilan tuzilgan meh­nat shartnomasi asosida korxona tomoni dan berilgan (korxona hisobidan sotib olingan) uskuna va xom ashyodan o’z uyida mahsulot ishlab chiqaruvchi (xizmatlarning ayrim turlarini ko’rsatuvchi fuqa­ro (xodim) nazarda tutiladi. Kasanachilar bilan tuziladigan mehnat shartnomasi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu xususiyatlar O’z­bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 yanvar­dagi 4-sonli “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2006 yil 5 yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida”gi Qarorida belgilab qo’yilgan44. Mazkur qaror bilan “Kasanachilik to’g’risidagi Nizom” hamda kasanachilar bilan tuziladigan mehnat shartnomasi­ning namunaviy nusxasi tasdiqlangan.

Mazkur Nizomga muvofiq "kasanachilik" tushunchasi tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs - kasanachining yashash joyi bo’yicha yoki unga yoki uning oila a’zolariga tegishli bo’lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalari bo’yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish bo’yicha kasanachi tomonidan amalga oshirilayotgan ishni anglatadi.

Kasanachilik shartnomasi 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi jis­moniy shaxs bilan, basharti kasanachilik xususiyati kasanachi bilan to’liq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzilishi zarurligini taqozo etsa, 18 yoshga to’lgan shaxslar bilan tuzilishi mumkin..

Ish beruvchi - kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachi uchun ishlab chiqarish binosini belgilaydigan, uni asbob-uskunalar, jihozlar, materiallar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan, bajarilgan ishni qabul qilib oladigan va unga haq to’laydigan yuridik shaxs.

Kasanachilikni tashkil etishga agar mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilikni bajarish uchun kasanachi o’z yashash joyida zarur binolarga, shu jumladan, turarjoy binosiga, shuningdek ishni bajarish uchun amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi, yoxud malakaga o’qitilishi sharti bilan yo’l qo’yiladi.

Kasanachilik amalga oshiriladigan turarjoy binolarini noturar joy binolar toifasiga o’tkazish talab qilinmaydi.

Kasanachilik texnologiya jarayoni va boshqa shart-sharoitlar uy sharoitlarida butlovchi buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar va mahsu­lotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish imkonini beradigan sanoat tarmoqlari va xizmat ko’rsatish sohalarida korxonalar bilan korxonalarning buyurtmalari bo’yicha uyda mahsulotlar ishlab chiqa­rayotgan va xizmatlar ko’rsatayotgan fuqarolar o’rtasidagi kooperatsiya asosida tashkil etiladi.

Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya olish talab qiladigan, shuningdek uyda quvvatli, energiyani ko’p talab qiladigan va texnik asbob-uskunalardan, shuningdek uy sharoitlari­da nazorat qilib bo’lmaydigan maxsus texnika xavfsizligiga rioya etishni talab etadigan xavfli kimyoviy komponentlardan foydala­nib kasanachiga ishlarni bajarishga (xizmatlar ko’rsatishga) va mah­sulotlar ishlab chiqarishga (xizmatlar ko’rsatishga) yo’l qo’yilmaydi.

Kasanachilik sharoitlarida foydalanish mumkin bo’lmagan as­bob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va mahsulotlar ro’yxati O’zbe­kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Kasanachilar ishining aniq turlari ularning kasb malakasi, salomatligi hisobga olingan holda ish beruvchi tomonidan belgi­lanadi (ish xususiyati, foydalaniladigan asbob-uskunalar va jihoz­lar, xom ashyo, materiallarning xossalari, nogironlarga nisbatan Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tavsiyalari e’tiborga olinadi).

Kasanachilik mehnati qishloq joylarda ayollar uchun, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan fuqarolar toifalari uchun ustuvor tartibda tashkil etiladi.

Kasanachilar tomonidan ishlarni bajarish kasanachi oilasining a’zolari ishtirokida (yordamida) ish beruvchining roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Bunda kasanachi unga yordam beradigan oila a’zolari tomonidan bajariladigan ishlar sifati uchun ish beruvchi oldida javob beradi.

Kasanachiga yordam beradigan uning oila a’zolariga basharti ular bilan alohida mehnat shartnomasi tuzilmagan bo’lsa. Kasanachilikka oid qoidalar tatbiq etilmaydi,

Korxonalar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga ega bo’lgan kasanachilar ish bilan band bo’lgan aholi toifasiga kiritiladi va ularga mehnat daftarchasi beriladi.

Ish beruvchi (korxona rahbari) kasanachi bilan yozma shaklda mehnat shartnomasi tuzadi, unda quyidagilar ko’rsatiladi:

ish joyi va kasanachining ish o’rni joylashgan manzil;

xodimning mehnat funktsiyasi, ya’ni mutaxassislik, malaka, shuningdek kasanachi bajarishi zarur bo’lgan ish turlari;

ish boshlanadigan kun, mehnat shartnomasining amal qilish muddati (muayyan muddatga yoki ayrim ishlarni bajarish davriga mehnat shartnomasi tuzishda);

mehnatga haq to’lash miqdori va muddatlari;

kasanachi tomonidan mehnat funktsiyalari amalga oshirilishi uchun asbob-uskunalar, jihozlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni berish tartibi;

xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni qabul qilish va topshirish tartibi;

moddiy javobgarlik shartlari;

mehnatni muhofaza qilish va uning shart-sharoitlarining zarur qoidalariga rioya etish bo’yicha ish beruvchi va kasanachining majburiyatlari;

ta’tillar berish, ijtimoiy sug’urta, kasanachining pensiya ta’minoti shartlari;

ish beruvchining buyurtmasini bajarish uchun kasanachining o’z asbob-uskunalari, jihozlari va inventaridan foydalanilgan taq­dirda kasanachining xarajatlarini qoplash tartibi va shartlari;

ish beruvchining buyurtmasini bajarish munosabati bilan foydalanilgan kasanachining energiya, suv, aloqa uchun xarajatlarini qoplash (kompensatsiya) tartibi;

kasanachi mehnat funktsiyalarini amalga oshirish uchun unga berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventarni ta’mirlash bo’yi­cha ish beruvchining majburiyatlari;

kasanachining aybi bilan materiallar, asbob-uskunalar, jihoz­lar buzilishi bilan bog’liq, shuningdek mahsulot to’liq yoki qisman yaroqsizligi uchun zararni ish beruvchiga qoplash shartlari;

kasanachiga foydalanish uchun berilgan asbob-uskunalar, jihoz­lar, inventarь, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni xat­lovdan o’tkazish hamda ish beruvchi va nazorat organlari vakilla­rining kasanachilik mehnati amalga oshirayotgan joylarga kirishi shartlari;

kasanachiga bog’liq bo’lmagan holatlar (elektr energiyasi, suv, gaz va hokazolar yo’qligi) munosabati bilan buyurtmani belgilangan muddatlarda bajarish mumkin bo’lmagan taqdirda bu haqda ish beruvchini xabardor qilish bo’yicha kasanachining majburiyatlari.

Mehnat shartnomasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.




Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish