Telomera
– xromosomaning oxirgi qismi bо„lib, xromosomalarning
mustaqilligini va butunligini ta‟minlaydi. Xromosomaning uzilgan qismlari bir-
birlari bilan osongina birlashishi mumkin. Lekin telomera qismlari bir-birlari bilan
hech qachon birlasha olmaydi.
Xromosomaning uzunligi bо„yicha uning irsiy jihatdan faolligi bir xil emas.
Xromosomalarni maxsus bо„yoqlar bilan bо„yalganda uning ayrim qismlari tо„q
bо„yalib, boshqa qismlari esa och bо„yaladi. Xromosomaning tо„q bо„yaluvchi
qismi geteroxromatin, och bо„yalgan qismi esa euxromatin hosil qiladi. Ma‟lumki,
bu ikki qismning irsiy jihatdan faolligi har xildir.
Xromosomalarning uzunligi 0,2–5,0 µ, eni 0,2–3,0 µ bо„lishi mumkin.
Ayrim hasharotlar va Amfibiyaalarning xromosomalari yirik, zamburug„ va suv
о„tlarining xromosomalari esa mayda bо„ladi. Odam xromosomalarining kattaligi –
1 –10 µ ga teng. Odatda bir turga mansub organizmlarda xromosomalar tо„plami
78
doimo bir xil sonda bо„ladi. Hujayradagi xromosomalar shu hujayra
xromosomalarining tо„plami deyiladi.
Somatik hujayralarda xromosomalar soni jinsiy hujayralardagiga qaraganda
ikki barobar kо„p, ya‟ni somatik hujayralarda xromosomalar diploid (2n), jinsiy
hujayralarda esa gaploid (n) tо„plamda bо„ladi. Odamning diploid hujayralarida, 46
gaploid hujayralarida esa 23 ta xromosoma mavjud. Quyida ayrim organizmlarning
xromosomalari soni kо„rsatilgan.
Chuchuk suv gidrasi
32
Meva pashshasi
8
Planariya
16
Uy pashshasi
12
Yomg„ir chuvalchangi
36
Sazan
104
Chig„anoqli bog„ mollyuskasi
24,48
Olabug„a
28
Ot askaridasi
2,4
Triton
24
Daryo qisqichbaqasi
116 atrofida Kо„l baqasi
24
It kanasi
28
Tez kaltakesak
38
О„rta Osiyo chigirtkasi
23
Kryakva о„rdagi
80
Suvarak
28
Kabutar
80
Bosh biti
12
Uy tovuqlari
78
Shaftoli biti
12
Quyon
44
Karam kapalagi
30
Echki
60
Uy sichqoni
40
Qо„y
54
Qunduz
30
Yovvoyi chо„chqa
40
Kalamush
42
Eshak
66
It
78
Prjevalskiy oti
66
Tulki
38
Ot
64
Mushuk
38
Makaka rezus
maymuni
42
Qoramol
60
Asalari
16,32
Shimpanze
48
Oddiy chivin
6
Odam
46
Organizmning rivojlanganligi ulardagi xromosomalar sonining kо„p-ozligiga
bog„liq emas. Kо„p sonli xromosomaga ega bо„lgan organizmlar (daryo
79
qisqichbaqasi, sazan va x.k.) kam xromosomali organizmlarga (odam, maymun va
h. k.) qaraganda juda sodda tuzilgan bо„lishi mumkin.
Xromosomaning nozik tuzilishi va uning shakllanishi. Profaza davridagi
xromosomalar asta-sekin kaltalashib, yо„g„onlasha borib, metafazaga о„tgach, aniq
bir shaklga ega bо„ladi. Shuning uchun xromosomalarning tuzilishi odatda
metafazada о„rganiladi. Telofazaga о„tgach u yana ingichkalashib uzunlashadi.
Xromosoma DNK va oqsil kompleksi (DNP) dan iborat.
Xromosoma hujayraning qaysi davrda bо„lishidan qat‟iy nazar u egilib
buraluvchan (spiralsimon) dezoksiribonukleoproteid ipidan iborat bо„ladi. Sintez
davridan keyin xromosomada bir- biriga teng bо„lgan va uzunasiga ketgan ikkita
bir xil qism, ya‟ni xromatidalar hosil bо„ladi. Shu xromatidalarning har biri
dezoksiribonukleoproteid ipidan yoki xromonemadan tashkil topgan (25- rasm).
Xromosomaning yо„g„onligi odatda 20 dan 200 A
0
gacha bо„ladi. Xromonemalar
DNK dan tashkil topgan juda nozik xromofibrillardan iborat. Xromosomalar
hujayraning bо„linish davrida (metafazada) spirallashib yо„g„onlashishi yoki
(interfazada) chо„zilib ingichkalashishi mumkin. Xromosomaning juda yaxshi
bо„yaladigan qismlariga xromomeralar deyiladi.
25- rasm. Xromosomaning tarkibiy qismlari.
80
Xromatin elektron mikroskopda kо„rilganda uning nozik tuzilgani kо„rinadi,
ya‟ni xromatin fibrillalarining yо„g„onligi uch xil bо„lishi mumkin 250 A
0
, 100 A
0
,
va 30–50 A
0
. Uchinchi xil fibrillalar genetik jihatdan juda faol fibrillalar
hisoblanadi. Ma‟lumki, DNK qо„sh zanjirining diametri 20 A
0
, uchinchi xil
fibrillaning diametri esa 30–50 A
0
. Demak, uchinchi xil fibrillaning diametri oqsil
(gistonli va gistonsiz) molekulasi hisobiga kattalashgan. Diametri 100 A
0
bо„lgan
ikkinchi xil fibrillalar, diametri 30 – 50 A
0
bо„lgan birinchi xil fibrillalarning
spirallashishidan (о„ramidan) hosil bо„ladi. Diametri 250 A
0
bо„lgan fibrillalar esa
birinchi xil fibrillalarning uchinchi marotaba spirallashishidan hosil bо„lsa kerak.
Metafaza davridagi xromosomalarda fibrilalar uchinchi darajada spirallashgan
bо„lishi mumkin. Ana shu spirallashgan iplar о„zaro birlashib (bog„lanib) elektron
mikroskopda kо„rish mumkin bо„lgan xromosoma tasvirini yuzaga chiqaradi.
Dezoksinukleoproteid ipi tarkibida molekulyar og„irligi 1000–2000 bо„lgan
5 xil (H
1
, H
2
A, H
2
B, H
3
, H
4
) gistonli oqsillar uchraydi. Gistonsiz oqsillar esa juda
kam bо„lib, ular asosan fermentlar tarkibida bо„ladi va xromatin ipchasi bir necha
marta takrorlanadigan va gistonli oqsillar tо„plamidan iborat bо„lgan
nukleosomalarga о„ralgan bо„ladi. Bitta nukleosoma 4 xil oqsilning (H
2
A, H
2
B, H
3
,
H
4
)
asosan ikkitasi hisobiga hosil bо„ladi. Bu oqsillar о„zaro birlashgach, silindrga
о„xshash kо„rinish hosil qiladi. Nukleosomaning ikkita faol qismi bо„lib biri
«о„zak», ikkinchisi esa «bog„lovchi» qism deb ataladi. «Bog„lovchi» qism
nukleosomalarni о„zaro bir-birlari bilan bog„lab turadi. Nukleosomaning bir
butunligini va mustahkamligini HI gistonli oqsil ta‟minlaydi. Spiralning qalinligi
1,5 nm bо„lgan DNK ipi nukleosomaga о„raladi. DNK va nukleosomadan iborat
bо„lgan uyushmaning diametri 10–13 nm ga teng (26-rasm).
DNK ipining yana spirallanishi va oqsilning birlashishidan diametri 20–25
nm bо„lgan ip hosil bо„ladi. Bunday diametrga ega bо„lgan ipni interfazada ham
metafazada ham elektron mikroskop yordamida kо„rish mumkin. Bu ipning yanada
spirallashishi natijasida metafaza xromosomasi shakllanadi. DNK ipining
nukleosomaga о„ralishi natijasida uning uzunligi 6 martaga kamayadi, natijada
irsiy omilning xromosomada yanada jips joylashishiga qulaylik yaratiladi.
81
26- rasm. DNK molekulasini spirallanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |