N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi


II bо‘lim. EMBRIOLOGIYA ASOSLARI



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

II bо‘lim. EMBRIOLOGIYA ASOSLARI 
 
Embriologiya  yunon.  embryon  –  homila  va  logia  –  ta‟limot  demakdir. 
Ammo bu nom shu fanning mazmunini tо„la ta‟riflay olmaydi. Embriologiya fani 
tuxum  hujayralarining  otalanishidan  tortib,  tuxum  qо„yuvchilarda  homilaning 
tuxum  qobig„idan  chiqquncha,  tirik  tug„uvchilarda  esa  homilaning  tug„ilguncha 
bо„lgan davridagi hamma jarayonlarni ta‟riflab beradi. Shuningdek, embriologiya 
fani  pushtdan  oldingi,  ya‟ni  jinsiy  hujayralarning  rivojlanishi  hamda  homila 
tug„ilganidan keyingi dastlabki davrni ham о„rganadi. Chunki taraqqiyoti mutlaqo 
tuxum  qobig„ida  yoki  tug„ilguncha  tugallanib,  sо„ngra  rivojlanmaydigan  birorta 
organizm  yо„q.  Sutemizuvchilarda  organlarning  tuzilishi  va  funksiyasi  voyaga 
yetgan  organizmning  a‟zolari  holatini  tug„ilgandan  sо„ng  ma‟lum  vaqt  о„tgandan 
keyingina egallaydi. 
Embriologiya  organizmning  normal  individual  taraqqiyoti  va  patologik 
holatlarda  embrion  rivojlanishining  buzilish  sabablarini  va  ularning  oldini  olish 
yо„llarini  о„rganadi.  Shuning  uchun  embriologiya  organizmlarning  individual 
taraqqiyoti – ontogenezning bir qismi hisoblanadi. Embriologiya hamma hujayrali 
organizmlar  rivojlanishining  umumiy  qonuniyatlaridan  tortib,  alohida  tip,  sinf  va 
tur  vakillari  uchun  harakterli  bо„lgan  xususiy  rivojlanish  jarayonlarini  ham 
о„rganadi. Shuning uchun ham embriologiya fani  individual rivojlanishning keng 
masalalarini  о„rganuvchi  umumiy  va  ayrim  gruppa  hayvonlar  taraqqiyotini 
tekshiruvchi xususiy  embriologiyaga  bо„linadi. Xususiy  embriologiyaning  muhim 
bо„limlaridan biri odam embriologiyasidir. 
Embriologiyaning rivojlanish jarayonida asosan ikkita bir-biriga zid bо„lgan 
qarash – preformizm va epigenez uzoq muddat kurashib kelgan. 
Preformizmga kо„ra yangi avlodning shakllanishida hech qanday rivojlanish 
jarayonlari  rо„y  bermay,  balki  azaldan  jinsiy  hujayraga  jo  bо„lgan  о„ta  mayda 
individning tuxum hujayrasi oziqlantirishi bilan yoki aksincha tuxum hujayrasidagi 
mikroindividning  sperma  ta‟sirida  о„sishi,  ya‟ni  mavjud  a‟zo  va  belgilarning 
takomillashishi natijasi ekanligi tushuntiriladi. 


102 
 
Epigenezga  binoan  organizm  har  doim  yangidan  gomogen,  strukturasiz 
massadan  rivojlanadi.  Epigenez  ham  metafizik  dunyoqarash  kabi    talqin  etilgan 
yо„nalish bо„lsada, о„zicha progressiv bо„lib, rivojlanish taraqqiyotida tan olinadi. 
Embrional taraqqiyotni о„rganish usullari turlichadir. Oddiy va qadimiy usul 
bо„lgan  tasviriy  embriologiya  pusht  taraqqiyotining  qanday  о„tganini  ta‟riflab 
beradi.  Turli  xil  hayvonlar  taraqqiyoti  jarayonini  qiyoslab  о„rganuvchi  ta‟limot 
qiyosiy 
embriologiyadir. 
A.O.Kovalevskiy, 
I.I.Mechnikov, 
E.Gekkel 
va 
boshqalarning  izlanishlari  natijasida  qiyosiy  embriologiya  evolyutsion  mazmunga 
ega  bо„ldi.  Evolyutsion  nazariyani  asoslashda  muhim  rol  о„ynagan  evolyutsion 
embriologiya  dastlab  qiyosiy-  tasviriy  embriologiyadan  kelib  chiqdi.  Keyinchalik 
tajriba usuli embriologiyaning asosiy usuli bо„lib qoldi. 
K.F.Volf, 
X.I.Pander 
va 
K.M.Ber 
zamonaviy 
embriologiyaning 
asoschilaridan  hisoblanadi.  Darvinning  evolyutsion  targ„iboti  embriologiya 
masalalariga  materialistik  yondashish  uchun  zamin  yaratdi.  Rus  olimlaridan 
I.I.Mechnikov  (1845–1916)  va  A.O.Kovalevskiy  (1840–1901)  Darvinning 
evolyutsion  nazariyasi  bilan  qurollanib  embriologiyaga  kо„pgina  yangiliklar 
kiritdilar.  Ular  umurtqasiz  va  sodda  umurtqali  hayvonlarni  о„rganib,  turli  sinf 
hayvonlar embrional takomil davomida о„xshash davrlarni boshdan kechirishlarini 
(masalan, embrional varaqlarni) kо„rsatib berdilar. Bu bilan hayvonot dunyosining 
birligi  yana  bir  bor  tasdiqlandi.  I.I.Mechnikov  va  A.O.Kovalevskiyning  bu 
tadqiqotlari evolyutsion gistologiya va embriologiyaga asos bо„ldi.  
 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish