N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi


Hujayralarning bо‘linishi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Hujayralarning bо‘linishi  
 
Hujayralarning  ajoyib  sifatlaridan  biri  –  uning  о„zidan  kо„payishidir.  Bu 
protsess hujayra avlodlarining tugalmasligini (turg„unligini) ta‟minlaydi. 
Hujayra sikli (
yoki hujayraning hayot sikli) – bu hujayra hosil bо„lgandan to 
uning  bо„linishi  yoki  nobud  bо„lishigacha  bо„lgan  siklik  davrdir.  Kо„p  hujayrali 
hayvonlarda hujayraning hayot sikli butun organizm hayotidan qisqa bо„ladi. Kо„p 
hujayrali  organizmda  о„layotgan  hujayralar  doimo  yangi  hujayralar  bilan 
almashinib turadi. Hujayraning reproduksiyasi organizm о„sishi va taraqqiyotining 
asosi hisoblanadi. 
Hujayra reproduksiyasining bir necha turlari bor: mitoz (notо„g„ri bо„linish), 
meyoz va poliploidiy. 
Mitoz.
  Mitotik  bо„linish  о„tgan  asrning  oxirlarida  hayvon  hujayralarida 
Flemming  (1882),  о„simlik  hujayralarida  Strasburger  (1882)  tomonidan 
ta‟riflangan. Mitoz (yunoncha mitos – ip) bо„linish qonuniyatlari barcha hujayralar 
uchun umumiydir. 
Hujayra  bо„linishidagi  jarayonlar  ma‟lum  qonuniyat  asosida  borib,  ularni 
ketma-ket  keladigan  interfaza  va  mitozga  bо„lish  mumkin.  Ba‟zi  bir  hujayralar 


83 
 
populyatsiyasi  bо„linishda  bо„ladi  (kambial  zona  hujayralari).  Bо„linishga 
tayyorgarlik  vaqtini  (interfaza)  va  mitoz  bо„linishni  qо„shib  mitotik  sikl  deyiladi 
(27-rasm). 
 
27- rasm. Mitotik sikl (sxema). 
S
1
– presintetik (postmitotik) davr; S– sintetik davr; S
2
 – postsintetik (premitotik davr). 
 
 
28- rasm. Mitoz sxemasi.  
 
Interfaza  ilk  davrida  hujayra  ichidagi  strukturalarning  keskin  о„sishi  va 


84 
 
shakllanishi boshlanadi. Bu davrga G
1
 – sintez oldi davri deb ataladi. Biokimyoviy 
tomondan  bu  davr  oqsil  va  RNK  intensiv  sintezi  bilan  ifodalanadi,  bu  davr 
bо„linuvchi  hujayralar  generatsiya  vaqtining  30–40%  ni  tashkil  etadi.  G
1
  davrida 
uzun va о„zaro chigal hosil qilgan yadro xromatini bо„yoqlarni yomon qabul qiladi 
(geteroxromatin bо„limlaridan tashqari). Sо„ngra DNK sintezi davriga о„tadi. Bu – 
sintetik davr – S. Bu davr davomida yadroda DNK sintezi kuzatiladi. Generatsiya 
vaqtining  30–50%  ini  tashkil  qiluvchi  bu  davrda  DNK  ning  spetsifik  azot  asosi 
timidin  yadro  xromatini  tarkibiga  kiradi.  Sintetik  davr  natijasida  xromosomalar, 
ya‟ni hujayraning nasl materiali ikki marta kо„payadi. S davrdan sо„ng S
2
– mitoz 
oldi davri kelib, u hujayraning spetsifik oqsillar hamda ATF sintezi va hujayraning 
bо„linishiga tayyorgarligi bilan ifodalanadi. Bu davr generatsiya vaqtining 10–20% 
ini  tashkil  etadi.  G
2
–davridan  sо„ng,  generatsiya  vaqtining  5–10%  ini  tashkil 
qiluvchi M – mitoz davri boshlanadi. 
Mitoz jarayonining о„zida 4 faza farq qilinadi (28, 29-rasmlar). 
Profazada  xromosomalarning  kondensatsiya  bо„lishi  va  mitotik  apparatning 
shakllanishi kuzatiladi. Xromosomalar kattalashadi va yо„g„onlashadi. Bu hodisa S 
davrida  hosil  bо„lgan  xromatidalarning  spirallanishi  bilan  tushuntiriladi. 
Spiralizatsiya protsessida xromatidalarning biri ikkinchisi atrofida aylanmay, balki 
har biri о„zicha spiral hosil qiladi. Shuning uchun ular mitozning keyingi fazalarida 
yengil  ajraladi.  Profazaning  oxirida  xromosomalar  juft  xromatidalardan  tashkil 
topdi. Xromosomalarning kattalashishi va yо„g„onlashishi bilan birga xromatidalar 
sentromerlar  deb  ataluvchi  ma‟lum  bо„lmalari  bilan  birlashadi.  Profaza  oxirida 
xromosomalar  bо„linayotgan  yadroning  ekvatorial  yuzasida  joylashib,  bо„linish 
dukchasini hosil qila boshlaydi (29-rasm). Duk ikki tipdagi ipchalardan – qutblarni 
birlashtirib  turuvchi  markaziy  va  qutblarni  xromosoma  sentromerlari  bilan 
birlashtirib  turuvchi 
xromosoma 
ipchalaridan 
tashkil  topgan. 
Elektron 
mikroskopiya  mitotik  apparat  ipchalari  zich  devorli  naychalardan  tashkil 
topganligini  kо„rsatadi.  Ularning  diametri  20  nm,  devori  qalinligi  4-5  nm. 
Hayvonlarda  sentriolalar  orasidagi  dukcha  sentriolalar  yadroning  bir  tomonida 
yotganda  hosil  bо„ladi.  Sо„ngra,  sentriolalar  yadroning  qarama-qarshi  qutblariga 


85 
 
qarab siljiydi. Bu vaqtda dukcha kattalashib, yadro sohasini egallab oladi. Profaza 
uchun  yadrochaning yо„qolishi va  yadro qobig„ining  erishi  harakterlidir. Elektron 
mikroskopik kuzatishlar mitoz davrida yadro qobig„ining bо„lakchalari yо„qolmay, 
balki endoplazmatik tо„r membranalarga aylanishini kо„rsatdi. Mitoz oxirida yadro 
qobig„i donador endoplazmatik tо„r membranalaridan qayta hosil bо„ladi. 
Metafazada  butunlay  shakllangan  xromosomalar  ekvatorial  yuzada 
joylashgan  bо„ladi.  Xromosomalarning  dukka  qarab  harakat  qilishi  xromosoma 
sentromerlarining mitotik apparatning xromosoma iplarga birlashishi bilan tugaydi 
(ekvatorial  plastinka  yoki  onalik  yulduzi).  Metakinez  (xromosomalarning  dukka 
harakati) natijasida xromosomalar 
 
 
29-rasm. Mitoz ob. 40, ok. 10. 1– bо„linmayotgan hujayralar; 2- dastlabki profaza;    3– 
profaza; 4- metafaza: 5–anafaza; 6–telofaza. 
 
duk  ipchalarga  nisbatan  perpendikulyar  yotadi,  xromosomalarning  bunday 
joylashishi  ularning  sonini,  shaklini  va  kattaligini  aniqlashga  yordam  beradi.  Har 
bir tur mavjudotda ma‟lum sondagi xromosomalar bor. Xuddi shu fazada har bir 


86 
 
xromosoma bir xil ikki nusxadan – xromatidadan tashkil topganligi kо„riladi. 
Anafaza
–xromosomalar 
xromatidalarining 
bir-biridan 
ajralishidan 
boshlanadi.  Bu  vaqtda  har  bir  xromosoma  hosil  qilgan  qiz  xromosomalar 
(xromatidalar) qarama-qarshi qutbga qarab harakat qiladi. Bu tarzda «qiz yulduzi» 
shakllanadi.  Xromosomalarning  harakati  bir  xilda  –  sinxron  kechadi.  Bu  harakat 
mexanizmi hali noma‟lum. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish