N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Xromatin.
 Hujayraning genetik apparati – xromosoma interfaza davrida bir-


75 
 
biriga  chirmashgan,  nozik  ipchalar  shaklida  ya‟ni  xromatin  tarzida  kо„rinadi. 
Xromatin  tarkibidagi  DNK  nukleogistonlar  bilan  birgalikda  hosil  qilgan 
nukleoproteid  kompleksi  turlicha  bо„ladi  va  natijada  (har  bir  xromosomaga  mos) 
getero  va  euxromatin  hosil  bо„ladi.  Geteroxromatin  о„ta  spirallashib  ketgan 
xromatin  bо„lib,  elektron  mikroskopda  anchagina  zich  bо„lib  kо„rinadi. 
Euxromatin esa elektron jihatdan och, mayda donador xromatin hisoblanadi. DNK 
va  nukleogiston  birgalikda  DNK  molekulasining  spirallashishini  va  о„ta  buralib 
siqilishi  –superspiralizatsiyasini  ta‟minlaydi.  Superspiralizatsiya  natijasida  DNK 
dagi genetik informatsiya uchun faol bо„lgan ochiq yuza (sayt) «berk» bо„ladi va 
irsiy ma‟lumot shu qismdan berilmay qoladi. О„z navbatida hujayraning funksional 
holatiga  qarab  xromosomada  geteroxromatin  va  euxromatin  egallagan  joylar 
о„zgarib  turadi.  Hujayra  faoliyatining  jadallashishi  ayrim,  yadroning  ba‟zi 
geteroxromatinlarining  euxromatinga  aylanishi  bilan  yuzaga  keladi.  Bunday 
xromatin  fakul‟tativ  geteroxromatindir.  Euxromatinlashmaydigan  xromatin  esa 
konstitutiv 
geteroxromatin 
bо„ladi. 
Hujayralar 
faoliyatining 
susayishi 
(inaktivatsiyasi)  yadro  xromatinining  euxromatin  egallagan  joyini  kamaytiradi, 
ya‟ni  euxromatin  DNKsi  sperilizatsiyasiga  uchrab,  geteroxromatinga  aylanib 
boradi  (eritrotsit  hosil  qiluvchi  hujayralar  qatori  yadrosi  faoliyatining  sо„nib 
borishida bu holat yaqqol kо„rinadi). 
Interfaza  holatidagi  genetik  omil  tuzilmalari  bо„linish  boshlanishi  bilan 
xromosomani  shakllantiradi.  Xromosoma,  bо„linishning  metafazasida  butunlay 
shakllanadi. 
Xromosomalarning  shakli  ulardagi  sentromeraning  (birlamchi  belbog„) 
joylashishiga  kо„ra  uch  xil  bо„ladi:  metatsentrik,  submetatsentrik  va  akrotsentrik 
(24- rasm). 
Metatsentrik 
xromosomalarda 
sentromera 
xromosomaning 
о„rtasida 
joylashganligi uchun xromosomalar teng yelkali bо„ladi. 
Submetatsentrik  xromosomalarda  sentromera  xromosomaning  о„rtasida 
joylashgan  bо„lmaydi,  shuning  uchun  xromosoma  yelkalarining  uzunligi  har  xil 
bо„ladi. 


76 
 
 
24-  rasm.  Xromosomaning  tuzilishi.  A-  xromosoma  xillari:  1-  akrotsentrik;  2-  
submetatsentrik; 3- metatsentrik. B- xromosomani tuzilish sxemasi: a- tashqi kо„rinishi; b- ichki 
tuzilishi: 1- birlamchi belbog„; 2- sentromera; 3- ikkilamchi belbog„; 4- yо„ldosh; 5- xromonema. 
S-  Xromosomaning  ultramikroskomik  tuzilish  sxemasi:  1-  euxromatin;  2-  geteroxromatin;  3- 
birlamchi  belbog„;  4-  sentromera;  5-  xromatida;  6-  xromonema;  7-  ikkilamchi  belbog„;  8- 
yadrocha. 
 
Akrotsentrik xromosomalarda sentromera xromosomaning oxirgi (telomera) 
qismiga yaqin joylashgan bо„lib, xromosomaning bitta yelkasi juda uzun ikkinchi 
yelkasi  esa  juda  kalta  bо„ladi.  Shuning  uchun  bunday  xromosomalar 
tayoqchasimon kо„rinishda bо„ladi. 
Sentromera  yoki  birlamchi  belbog„  hujayraning  bо„linishi  paytida 
xromosomalarning  qutblarga  tarqalishini  ta‟minlaydi.  Axromatin  ipchalari  shu 
sentromeraga  birlashadi  va  xromosomani  qutblarga  tortadi.  Sentromerada  DNK 
zanjirining  burami  chо„ziqroq  bо„lganligi  uchun  sentromerada  xromosomaning 
boshqa  joylarga  qaraganda  DNK  miqdori  kamroq,  oqsil  esa  kо„proq  bо„ladi. 
Shuning uchun DNK ga xos bо„yoq bilan xromosomalarni bо„yaganda sentromera 
qismi  bо„yalmasdan  qoladi  va  buni  mikroskopda  aniq  kо„rish  mumkin. 


77 
 
Sentromerasidan  ajralgan  xromosoma  qutblarga  yetib  bormasdan  hujayraning 
navbatdagi  bо„linishida  yо„qolib  ketadi.  Odatda  bitta  xromosomada  bitta 
sentromera 
bо„ladi. 
Lekin  ayrim  (chuvalchang  va  hasharotlar)larining 
xromosomalari kо„p sentromerali ham bо„lishi mumkin. 
Xromosomada  birlamchi  belbog„  (sentromera)dan  tashqari  ikkilamchi 
belbog„  ham  uchraydi.  Ikkilamchi  belbog„ga  axromatin  ipchalari  birlashgan 
bо„ladi.  Shuning  uchun  u  xromosomalarni  qutblarga  yо„nalishini  ta‟minlaydi. 
Ikkilamchi  belbog„ning  ayrimlari  yadrocha  hosil  qilishda  qatnashadi,  shuning 
uchun  ular  yadrocha  hosil  qiluvchilar  deb  ataladi.  Ikkilamchi  belbog„da 
yadrochadagi  r–  RNK  sintezini  va  uning  yetilishini  boshqaruvchi  genlar 
joylashgan. 
Ayrim  xromosomalarda  ikkilamchi  belbog„  xromosoma  telomerasiga  uzoq 
joylashgan  bо„ladi.  Bunday  xromosomalarda  ikkilamchi  belbog„dagi  DNK 
zanjirining  о„rami  ancha  uzun  bо„lganligi  uchun  ikkilamchi  belbog„dan  keyingi 
qismi,  ya‟ni  telomerasi  bor  qismi  xromosomadan  ancha  uzoqroqda  joylashib 
yо„ldosh  hosil  qiladi.  Bu  yо„ldosh qism  xromosomaga  yо„ldosh  ipi bilan  tutashib 
turadi. Odam xromosomalari orasida ham yо„ldoshlari bо„ladi. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish