Hujayra morfologiyasi va biologik membranalar
Odam va hayvon organizmida hujayralar kattaligi, shakli va tuzilishi
jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bajaradigan funksiyasiga kо„ra hujayralar har xil
shaklga ega (3-rasm). Suyuq muhitda hujayralar kо„pincha о„zgaruvchan bо„lib,
psevdopodiylar hosil qiladi. Bularga qon va biriktiruvchi tо„qimalarning
hujayralari kiradi. Bir-biriga yaqin yotgan hujayralar esa ma‟lum formaga ega.
Masalan, plast hosil qiluvchi teri epiteliysi hujayralari yassi, qisqaruvchan mushak
hujayralari esa uzun duksimon shaklda bо„ladi. Impuls о„tkazuvchi nerv hujayralar
esa uzun-uzun о„simtalarga ega bо„ladi. Erkaklar jinsiy hujayrasi – spermatozoidda
harakat qiladigan xivchinlari bor va hokazo. Odam va kо„pgina sut emizuvchi
hayvonlarning hujayralari 5–7 mkm (mikrometr) dan 200 mkm gacha bо„ladi.
3- rasm. Har xil
shakldagi hujayralar.
1 – bakteriya; 2 – eritrotsit;
3 – muskul hujayrasi;
4 – epiteliy; 5– amyoba;
6– infuzoriyaaa-tufelka;
7 – yashil evglena; 8–leykotsit;
9–eritrotsit; 10 – neyron.
31
4–rasm. Hujayralarning ultramikroskopik tuzilishi (sxema).
1 – hujayra qobig„i (sitolemma); 2– donador endoplazmatik tо„r; 3– ribosoma;
4–Golji apparati; 5– sekret ajratma; 6–peroksisoma; 7– oraliq filomentlar; 8– mikronaychalari;
9– mikrofilamentlar; 10– mikrovorsinkalar; 11– sentrosoma; 12– sentriol (hujayra markazi) 3–
mitoxondriya; 14– lizosoma; 15– gialoplazma; 16– silliq endoplazmatik tо„r; 17– yadrocha; 18–
xromatin; 19– yadro qobig„i; 20– yadro.
Kо„rinishi va kattaligi bilan hujayralar bir-biridan farq qilsada, ular
kо„pincha hujayra tuzilishining asosiy belgilarini saqlab qoladi (4-rasm). Odam va
hayvon hujayralarining umumiy tuzilishi bir hujayrali avlodlarni eslatsa ham,
ammo kо„p hujayralilar murakkab funksiyalarni bajarishi bilan bog„liq bо„lgan о„z
tuzilmalari bilan ajralib turadi. Har bir hujayra sitoplazma qobig„i (sitolemma,
hujayra qobig„i), sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Sitoplazma: organoidlar,
kiritmalar va gialoplazmadan: yadro: yadrocha, xromatin, yadro shirasi va yadro
qobig„idan iborat.
Yorug„lik va elektron mikroskop orqali olingan ma‟lumotlarga asoslanib,
hujayralarning quyidagi qismlari farq qilinadi:
32
Hujayra tashqi muhitdan sitoplazmatik parda (hujayra qobig„i) bilan ajralib
turadi. Yadrodan tashqari hujayra ichidagi tuzilmalarning hammasi sitoplazma deb
nomlanadi. Eukariotik hujayralar sitoplazmasining tuzilishi va tarkibi turlicha
bо„lib, gialoplazma, hujayra organoidlari va kiritmalardan tuzilgan.
Sitoplazmaning gialoplazma, organoidlar va kiritmalar kabi tarkibiy
qismlarga bо„linishi shartli bо„lib, ularning hammasi bir-biri bilan bog„liq kelishib
ishlaydigan tuzilmalar yig„indisidir.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |