N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
KIRISH 
 
Rivojlanish biologiyasi fanining mazmuni va uning vazifalari 
 
Rivojlanish  biologiyasi  fani  hujayra,  tо„qima  va  organlarning  taraqqiyoti, 
tuzilishi  hamda  ularning  hayot  faoliyatlarini  о„rganadi.  U  boshqa  fanlarning 
sо„nggi  yutuqlaridan  foydalanib,  rivojlanib  bormoqda.  Rivojlanish  biologiyasi 
anatomiya,  zoologiya,  fiziologiya,  bioximiya,  patologik  anatomiya  kabi 
biologiyaning turli sohalari hamda tibbiyot fanlari bilan uzviy bog„langan.  
Sitologiya  hujayralarning  taraqqiyoti,  tuzilishi  va  faoliyatini  о„rgansa, 
embriologiya    odam  va  hayvonlar  taraqqiyot  qonuniyatlarini  о„rganadi.  Umumiy 
gistologiya,  ya‟ni  tо„qimalar  haqidagi  ta‟limotdir,  u  turli  a‟zo  tо„qimalarining 
taraqqiyoti,  tuzilishi  hamda  vazifalarini  chuqur  talqin  qiladi.  Xususiy  gistologiya 
esa odam va hayvonlar ayrim a‟zolarining taraqqiyoti, tuzilishi va hayot faoliyatini 
о„rganadi.  
Rivojlanish  biologiyasi  fanini  bunday  alohida  kurslarga  bо„lib  о„rganish 
shartli  hisoblanadi.  Chunki  organizm  bir  butun  bо„lib,  uning  barcha  qismlari  bir-
biri  bilan  о„zaro  uzviy  bog„langan.  Hujayralar  tо„qimalarni  tashkil  etsa,  har  bir 
organ bir necha tо„qimalar majmuasidan iboratdir. 
Rivojlanish  biologiyasi  fanini  о„rganishda  asosan,  mikroskopik  usuldan 
foydalaniladi.  Elektron  mikroskopning  yaratilishi  tо„qima  va  a‟zolarning  nozik 
tuzilishini о„rganish uchun keng yо„l ochib beradi. 
Tuzilmalarni  о„rganish  tashqi  muhit  bilan  uzviy  bog„liq  bо„lgan 
organizmning bir butunligi nuqtai nazaridan olib boriladi. Organizmning yaxlitligi 
esa  barcha  organ  va  sistemalar  faoliyatining  uyg„unligida  nerv  va  endokrin 
sistemalarning asosiy yetakchilik roli bilan belgilanadi. 
Tuzilma  –  bu  har  qanday  faoliyatning  material  substratidir.  Masalan,  miya 
inson  tafakkurining  moddiy  substrati  hisoblanadi.  Moddalar  almashinuvi 
jarayonining  struktura  elementlariga  bog„liqligini,  gistokimyoviy  usullar  bilan 
tekshirish biror ilmiy xulosa chiqarishga imkon  beradi. Hozirgi paytda rivojlanish 



 
biologiyasi fani, faqatgina hujayra, tо„qima va a‟zolarning tuzilishini, ular faoliyati 
darajasini  kо„rsatibgina  qolmay,  balki  rо„y  bergan  jarayonlar  о„rtasidagi 
bog„lanishni  aniqlaydi,  ayrim  qonuniyatlarni  ochib  beradi.  Bunda  keng 
eksperimental  usullar  qо„llaniladi.  Rivojlanish  biologiyasi  hal  qilayotgan  ilmiy 
muammolar nazariy va amaliy meditsinaning ravnaqi uchun katta ahamiyatga ega. 
Rivojlanish biologiyasi fani hal etilishi lozim bо„lgan muhim masalalarni:  
a)  odam  va  hayvonlar  hujayra,  tо„qima  va  a‟zolarining  taraqqiyoti, 
differensiallashuvining umumiy qonuniyatlarini;  
b) hujayra, tо„qima va organlar tiklanishini; v) odam a‟zolari tuzilmalarining 
yoshga qarab о„zgarishi va har xil holatlarga moslashuvini;  
g)  turli  biologik,  fizik  va  kimyoviy  omillarning  hujayra,  tо„qima  va 
a‟zolarga ta‟sirini о„rganish kabi kuzatishlarni о„z vazifasi deb biladi. 
Rivojlanish  biologiyasi  hozirgi  paytda  klinik  meditsinada  keng  kо„lamda 
qо„llaniladi. Har xil klinik usullar bilan bir qatorda turli morfologik metodlar – qon 
va  suyak  kо„migi  hujayralarini,  me‟da-ichak  shilliq  pardasini,  jigar,  taloq  va 
boshqa  a‟zolar  punktatlarini  о„rganish  sitologik  va  gistologik  diagnostika  uchun 
muhim ahamiyatga ega. 
Bundan  tashqari,  rivojlanish  biologiyasida  tabiiy  yо„l  bilan  о„zicha  ajralib 
turuvchi  yoki  sun‟iy  ravishda  biror  joyni  yuvish  yoki  mexanik  ta‟sir  kо„rsatish 
orqali  ajratib  olingan  hujayralar  holatini  chuqur  о„rganish  (eksfoliativ  sitologiya) 
ham katta rol о„ynaydi. Eksfoliativ sitologiya onkologiyada (xavfli о„smalarni о„z 
vaqtida  aniqlashda),  ginekologiya  va  endokrin  kasalliklar  praktikasi  (tuxumdon 
funksional holatini belgilash, qin surtmasini analiz qilish)da qо„llaniladi. 
Hujayralarda  yuz  beradigan  murakkab  kimyoviy,  fizikaviy  jarayonlarning 
о„rganilishi, gistologiyaning kimyo va fizika fanlari bilan bevosita bog„liq ekanini 
kо„rsatadi. Shunday qilib, rivojlanish biologiyasi fundamental biologiyaning asosiy 
fanlaridan  biri  bо„lib,  ilmiy  tadqiqotlar  asosida  olingan  natijalar    tibbiyot  fanida  
ham muhim о„rin tutadi. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish