23
kо„payadi. Ular о„zi yashagan hujayrani nobud qilib, qayta boshqa hujayralarga
kirib olishi mumkin. Viruslar hujayraga kirgandan sо„ng, shu hujayra irsiy
apparatiga о„z tarkibidagi nuklein kislotasi bilan ta‟sir qilib, hujayradagi
biosintetik jarayonni buzadi, ya‟ni hujayra xususiyatini о„zgartirib yuboradi.
Nihoyat hujayra nobud bо„ladi. Shuning uchun ham viruslarni genetik parazitlar
ham deyiladi.
Viruslar odamda kо„pgina kasalliklarni keltirib chiqaradi. Masalan: gripp,
poliomiyelit, jigar kasalligi (sariq), leykoz, turli о„smalar, tayga ensefaliti, uchiq
toshishi va yaqinda ma‟lum bо„lgan XX asr vabosi nomini olgan, hayotda
orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) shular jumlasidandir.
Bir hujayrali organizmlar ham virus bilan zararlanadi. Bunday viruslar 1916
yilda Ergel tomonidan kashf qilinib, bakteriofag nomini olgan. Bakteriofaglarning
tuzilishi viruslardan farqlanadi: ular tana, bosh va dum – xivchinlardan iborat
bо„lib, nuklein kislotasi DNK dir. Bakteriofaglar faqatgina bakteriyalarni
yemiribgina qolmasdan, ularning xususiyatini о„zgartirishi ham mumkin. Bu
jarayon bakteriyalarning о„ta moslanuvchanligini va о„z xususiyatini tez
о„zgartirishni ta‟minlaydi.
Hujayraviy tuzilish tirik mavjudotning asosiy qismini tashkil etgan
organizmlarga xos. Hujayradan tashkil topgan tirik tabiat olamining barcha
organizmlari 2 ta yirik guruhga bо„linadi.
1. Prokariotlar (Pro – avvalgi, karyon – yadro) bakteriyalar, kо„k yashil suv
о„tlari, yadrosiz hujayralar. Ularning oziqlanishi geterotrof, xemavtotrof yoki
fotoavtotrof
jarayonlari bilan boradi, kо„payishi – jinssiz.
2. Eukariotlar (yey – tо„la, karyon – yadro) zamburug„lar, о„simlik va
hayvon hujayralari yadrolilar; ular yutish, sо„rish bilan geterotrof yoki plastidalari
yordamida fotosintez jarayoni orqali avtotrof
oziqlanadi; kо„payishi jinssiz va
jinsli
usulda rо„y beradi.
Bakteriyalar juda xilma-xil bо„lib, ular zich parda bilan о„ralgan bо„ladi.
Kо„pgina bakteriya hujayralari shilliq kapsula– qо„shimcha himoyaviy pardaga
ega. Bakteriyalarda ribosomdan boshqa hujayra ichki organoidlari bо„lmaydi.
24
Uning genetik materiali doira hosil qilgan. DNK ipidan iborat. Bu DNK, eukariot
hujayralardan farq qilib, nukleogistonlardan holidir. Hujayrada genetik apparatni
sitoplazmadan ajratib turuvchi membranali tuzilma – shakllangan yadro bо„lmaydi.
Bakteriyalar oddiy – amitotik
r
avishda, tez – har 20 minutda bо„linib turadi. Bu
holat kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyadan ozginasi odam organizmiga kirib
qolsa, tezda kо„payib kasallik alomatlarini yuzaga keltirishini kо„rsatadi. Ba‟zi
hollarda bakteriyalar bir-biriga о„ta yaqin kelib, о„zaro genetik materialini
almashtiradi (konyugatsiya). Bunday genetik rekombinatsiya natijasida yangi irsiy
materialga ega bо„lgan bakteriya hosil bо„ladi. Bakteriyalarning organik olamdagi
ahamiyati о„ta muhim: ular tabiat sanitari, ya‟ni organik moddani yemiruvchi,
о„simlik va hayvon organizmi uchun zarur bо„lgan moddalarni hosil qiluvchi va
ayrim xillari esa, turli kasalliklar tarqatuvchidir. Odam organizmida muntazam
ravishda, kasallik keltirib chiqarmaydigan kо„pgina bakteriyalar mavjud. Ular
inson organizmi uchun keraklidir. Masalan, yо„g„on ichakda yashovchi ayrim
bakteriyalar ishtirokidagina odam organizmi uchun о„ta zarur vitamin
(darmondori)lar hosil bо„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: