Hech aytmasman aqiku, la ’lu matjon ber menga.
Egnima yopiq berib, qomimni to^gHz non bilan,
Senga billohim demasman dinu imon ber menga.
Navkaring ochlikdan о ‘Isa, nega xayfing kelmagay,
Ey tabibi hoziqim doriyu darmon ber menga.
Nonu to ‘tt ber, benavolik dardidan qutqar meni,
Men qachon aytdimki, Qorun ganjidek Icon ber menga...
Gubcaniyni er yigitlar to ‘pidan kamsitmagil,
Fo ‘ta ber, ot ber, to ‘nu chakmon ber menga.
Xalq zolim deb atagan Olimxondan keyin Qo'qon taxtiga chiqqan
Umarxon hukmronligi davrida ham Gulxaniy turmushida hech qanday
o'zgarish bo'lmadi.
Gulxaniy awal adashib, turmushim yaxshi bo‘larmikan, qomini nonga
to'yarmikan, degan o'y-umidlar bilan Umarxon saroyidagi maddoh shoirlar
guruhiga qo'shiladi. Xonni maqtab qasida va g'azallar yozadi. Qasidalarida
Umarxonni ko'klaiga ko'tarib maqtadi, xonga unda bo'lmagan yaxshi sifatlami
taqdi, uni fiiqaroparvar, adolatparvar, zulm va haqsizlikka xotima beruvchi
kishi qilib tasvirladi va bu bilan xonni ana shunday ijobiy xislatlar egasi bo'lishga
da’vat etdi. Ammo Umarxon saroyidagi fisq-fujurlar, munofiqliklar, xon va
uni o'rab olgan arkoni davlat tayanchlari tomonidan xalq boshiga keltirilgan
qora kunlar Gulxaniydek xassos shoirning saroy ahliga bo'lgan munosabatini
o'zgartirib yubordi: endi u ba’zan ixtiyoriy ravishda va ba’zan payravlik qilib
shohni ta’riflashdan chekinadigan bo'ldi, o'z e’tirozlarini bildira boshladi.
Gulxaniy XIX asming birinchi yarmida vafot etdi.
«Zarbulmasal» xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal mazmunli
o'tkir satirik asardir. Gulxaniy o'zining bu asarida xalqning mazmundor
Do'stlaringiz bilan baham: |