Shukur Sa’dulla yoz faslini ulug‘lash bilan kuzning ham o‘ziga xos
fazilatlaiga to'laligini tabiatning oltin davri deb ta’riflaydi, kuz faslining
o'ziga xosligini obrazli tasvirlar orqali ochadi:
Quyosh tushar taptidan,
Qo ‘rqib qishning aftidan.
Sarg'ayadi ko‘katlar,
Barg to‘kadi daraxtlar.
Hosil yig’ib olinar,
Qishga zamin solinar.
Shoir qish faslining ham o‘ziga xos chiroyli gashti borligini, kishilarda
zavq-shavq uyg'otishini lirik bo'yoqlarda ko‘rsatadi:
Dala-tishda tindi ish,
Keldi mehmon bo ‘lib qish.
Qish emas, и — qorbobo,
Sovg‘alari bor bobo...
Xuddi yozday, bahorday —
Iliq, kuzgi nahorday.
Qoryog'ar, kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Shukur Sa’dulla ikkinchi jahon urushi davrida yanada barakali ijod etdi.
«Sen nima qilding?», «Ona va bola», «Shohista» to'plamlarini nashr ettirdi. Bu
davr shoir she’riyatida bolalar kutgan voqealar o‘z aksini topganligini ko'ramiz.
Mavzu rang-barangligi shoirning fikrlash doirasi kengligidan, bolalami jon-
dilidan sevishidan, ona-Vatanga cheksiz mehr-muhabbatidan dalolat berib turibdi.
Buni «Sen nima qilding?», «Bizning qahramon», «Otliqlar», «Mehmon qiz»,
«Uning hikoyasi», «Yetim emassan», «Razvedkachi Kolya Kulikov», «Shohista»
kabi asarlari misolida ochiq-oydin ko‘rishimiz mumkin.
Bu she’rlar ichida «Shohista» asari alohida ajralib turadi:
Ko'k chirog'i oy so'ndi,
Barglarga shabnam qo ‘ndi.
Tong oqarar ohista,
Turar sakrab Shohista, —
Do'stlaringiz bilan baham: |