Lao Szi (miloddan avvalgi 579-499-yillar). Xitoylik faylasuf Lao Szi Chu
podshohligining fuqarosi boMib, asl ismi Li Er edi. Lao szi “ ustoz Lao” degan
m a ’noni anglatadi. Lao esa laqab bo'lib, “qariya” deganidir.
Lao Szi Chjou saroyida arxiv xodimi boMib hizmat qilgan. Konfutsiy bilan
uchrashgan. Lao Szi Chjou saltanatining inqirozga yuz tutganini ko'rib, “ iste’foga”
chiqadi va tarki dunyo qilib, g ‘arbga qarab yoM oladi.
Chegaraga yetib kelganda chegara boshlig‘i undan o 'z vataniga
nimadir
qoldirib ketishni so'raydi. Li Er chegara boshlig'iga
5000 belgidan iborat
qoMyozmani topshiradi.
Bu tarixda
“Daodetszin” (“Ezgulik yoMi yoki kuch va
harakat haqidagi kitob”) nomi bilan mashhur kitob edi. Bu kitobda Dao taMimotining
mohiyati haqida so'z boradi. Bu “odamlar yuradigan yoM” degan m a’no bildiradi.
Hozirga kelib “ Dao” qonuniyat, qonun degan ko'chm a m a ’noni anglatadi.
Buyuk ishlar, albatta mayda ishlardan boshlanadi.
Bilguvchi so'zlamaydi, so'zlaguvchi bilmaydi.
Fikrlaringizga ehtiyot bo'ling: ular qilmishlaringiz ibtidosidir.
Buyuk to'g'rilik egrilikka, buyuk zakovat axmoqlikka o'xshaydi.
Lao Szi haqida m a ’lumotlar ko'p emas. Faqat shu narsa m a’lumki, u
Konfutsiyning zamondoshi bo'lgan. U yolg'iz yashagan va mashhurlikdan o'zini
yiroq tutgan. Lao Szining nomi “Dao de szin” (“ Yo'l va uning sahovati haqidagi
kitob” yoki "Dao va de haqidagi kitob”) degan asar bilan bog'liq. lekin bu asarni
uning yozganligi aniq emas. Bu asar uning muxlislari tomonidan bitilgan bo'lishi
ham mumkin.
"Dao de szin daosizm” falsafasiga doir klassik matndan iborat. Uni tushunish
qivin, talqin qilishda esa katta muammolar ko'ndalang bo'ladi. Geraklit kabi Lao
Szini ham ko'pincha “sirli” va "o 'qib bo'Imaydigan” deb atashadi. “ Dao de szin”
asari tabiat yoki borliqqa oid xitoy falsafasiga qo'shilgan katta hissa bo'ldi. Bu uni
amaliy yo'nalishdagi konfutsiychilik a n ’analariga o'xshagan ayrim markaziy falsafiy
qoidalaridan ham yaqqol ajralib turadi.
Lao Szi uchun "dao” tushunchasi fundamental tushuncha hisoblanadi. Daoni u
“noaniq”, "cheksiz” , “o'zgarm as”, "makon va zarnonda cheksiz". “tartibsizlik va
shakl” deb hisoblangan deyiladi adabiyotlarda. Bunga o'xshash so'zlar vositasidagi
ifodalashlar faqat o'zlari ifodalaydigan narsalarning alomati bo'lishi mumkin.
Q a ’tiyroq qilib aytganda, til bunday holda adekvat bo'la olniaydi, chunki uni xatto
salbiy ta ’riflar orqali ifodalasnda ham daoning nima boMishini darhol faraz qiladi.
G 'a rb tafakkurida bunga o'xshash yondashuv salbiy (apofatik) teologiyaga
o'xshaydi, unga ko'ra biz Xudo to'g'risida ijobiy fikr bildirishga ojizmiz. Biz faqat
uning nima bo'la olmasligini ta’kidlashimiz mumkin. Shu bilan birga Lao Szining
Dao haqidagi tikrlari grek naturfalsafasi qo'llagan savollar va javoblar tiplari bilan
ko'plab umumiylikka ega fikrlarga o'xshab tuyuladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |