Operatsion tizimni o‘rnatish usullari. Yangi kompyuterga
ope
ratsion tizimni «toza» qattiq diskka o‘rnatiladi. Quyida
operatsion tizimni o‘rnatishning umumiylashtirilgan usullari
keltirilgan.
«Toza» qattiq diskka o‘rnatish . Bu usuldan yangi kompyuterga
o‘rnatish uchun yoki oldin to‘plangan ma’lumotlarni yo‘qotish
bilan tizimni qaytadan o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bu
operatsiyani bajarishda yuklovchi disk talab etiladi.
Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish. Bu turdagi o‘rnatish mavjud bo‘lgan ilovalarning
ishlash xususiya tini saqlab qolish bilan tizimning yangilanishini
ifodalaydi. Bu kompyuterni «tozalash» nomaqbul yoki
sermashaqqat jarayon bo‘lganda optimal variant bo‘lib
hisoblanadi. Bugungi kunda Windows oilasiga ko‘plab
operatsion tizim va ularning turlari kiradi. Shu sababli tizimni
bunday o‘rnatish har doim ham mumkin emas. Ba’zida bunday
o‘rnatishni bajarish uchun qo‘shimcha shartlarga rioya qilish
talab qilinadi.