O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTETI
“Konsolidatsiyalashtirilgan (umumiylashtirilgan) moliyaviy hisobot tuzish”mavzusida
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: XBAS-63 guruh talabasi
Raimqulova Iroda
TOSHKENT-2021
Mavzu: Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy xisobot tuzish.
Reja:
1. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot turlari.
2. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish
3. Konsolidatsiyalashgan moliyavii xisobotni tekshirishda auditorlik dalillarini tuplash va uni takomillashtirish.
Mazkur BHMS xo‘jalik yurituvchi sub’ektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini ta’minlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish uchun asoslarni belgilab beradi.
Ushbu maqsadga erishish uchun mazkur standart xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hisob siyosati va moliyaviy hisobotiga asos bo‘ladigan konsepsiyani hamda moliyaviy hisobotning mazmuniga minimal talablarni ko‘zda tutadi.
Ayrim operatsiyalar va hodisalarni aks ettirish, o‘lchash va yoritib berish uchun batafsil talablar boshqa BHMSlarda bayon qilinadi.
Mazkur standart moliyaviy hisobotdan tashqari taqdim etilishi kerak bo‘lgan axborotlarga talablarni bayon qilmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotga qo‘shimcha axborot sifatida moliyaviy sharhlarni taqdim etishlari mumkin.
Mazkur standartda hisob siyosati deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qo‘llaydigan usullari, ularning prinsip va asoslari bilan birgalikdagi jamlamasi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish usullariga uni guruhlarga ajratish metodlari va xo‘jalik faoliyati faktlarini baholash, aktivlar qiymatini to‘lash, hujjatlar aylanmasini, inventarizatsiyani tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobi schotlarini qo‘llash usullari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni qayta ishlash va boshqa tegishli usullar, uslublar va metodlar kiradi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati sub’ekt rahbari tomonidan mazkur BHMS asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining turli yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotda keltiriladigan moliyaviy ko‘rsatkichlari bir-biriga qiyoslanadigan bo‘lishi uchun shakllantiriladi.
Moliyaviy hisobot xo‘jalik yurituvchi sub’ekt alohida mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektligi yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning konsolidatsiyalashgan guruhiga kirishidan qat’i nazar shu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum bir davrdagi faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir.
Moliyaviy hisobotlar maqsadi bo‘lib iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun keng foydalanuvchilar doirasiga zarur bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holati, uning faoliyati ko‘rsatkichlari to‘g‘risida va pul mablag‘larining harakati haqida axborotni taqdim etish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rahbariyati tomonidan amalga oshiriladigan resurslarni boshqarish natijalarini ham ko‘rsatadi.
Mazkur standart maqsadiga erishish uchun moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarga pul mablag‘lari harakati prognoz qilish, xususan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari shakllanishi muddatlari hamda ehtimolligini belgilashda yordam beradigan quyidagi axborotlarni o‘zida mujassam etishi kerak:
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt nazorati ostidagi aktivlar to‘g‘risida (naqd pul mablag‘i tushumlarining yoki boshqa iqtisodiy manfaatlarning manbai bo‘lgan aktivlar to‘g‘risida);
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning majburiyatlari to‘g‘risida (pul mablag‘larining yoki boshqa iqtisodiy foydaning ehtimol tutilgan kamayishi manbalari bo‘lgan);
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning taqsimlanmagan foydasi to‘g‘risida (xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy resurslari va majburiyatlariga bir hisobot davridan boshqasiga o‘zgartish kiritadigan, bundan mulk egalarining badallari va mulk egalariga to‘lovlar mustasno);
Pul mablag‘ining harakati to‘g‘risida (kelgusida pul oqimlarining imkoniyatli harakati ko‘rsatkichi sifatida).
Bunday axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektning dividendlar va foizlarni to‘lash, shuningdek majburiyatlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilish imkoniyatlarini baholash uchun zarur.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rahbari hisob siyosati uchun, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgardir.
Mazkur BHMS ro‘yxati mazkur standartning 12-bandida keltirilgan umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Ushbu standartdan ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotini tayyorlashda ham, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishda ham qo‘llash zarur.
Konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga quyidagilar: davlat budjeti; davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari; Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larikiritiladi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar belgilanadi. Moliya vazirligi tomonidan budjet hisobotlari va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobotidan foydalangan holda choraklik va moliya yili yakunlari bo‘yicha tahliliy maqsadlar uchun konsolidatsiyalashgan budjet hisobotini tayyorlanadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot quyidagi turlardan iborat bo‘ladi:
- konsolidatsiyalashgan budjetning jamlanma hisoboti;
- konsolidatsiyalashgan budjet tarkibidagi daromadlar ijrosi to‘g‘risida hisobot;
- konsolidatsiyalashgan budjet tarkibidagi xarajatlar ijrosi to‘g‘risida hisobot;
- konsolidatsiyalashgan budjet tarkibidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi hisobot (1.01.2023 yildan boshlab tuzilishi lozim);
- tashkilotlarning konsolidatsiyalashgan budjet tarkibida nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidagi hisobot (1.01.2023 yildan boshlab tuzilishi lozim).
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini tuzish va taqdim etish Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik va yillik hisobotlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot Moliya vazirligining veb-saytlari va tegishli OAV orqali e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda. Hisobotlarda quyidagi ma’lumotlar ochib berilishi kerak:
- budjet daromadlari va xarajatlari;
- davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlar;
- budjet saldosi;
- davlat qarzini so‘ndirish ko‘rsatkichlari.
Moliyaviy xisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilgan konsolidatsiyalashgan moliyaviy xisobotni auditning xalkaro standartlariga muvofik tekshiruvni utkazish jarayonida, auditorlik dalillarini tuplash masalalari keltirib utilgan. Ularga berilgan ta’riflar, konsolidatsiyalashgan moliyaviy xisobot auditining boskichlar blok-sxemalari ishlab chikilgan.
Iqtisodiyotni jadal rivojlanib borish sharoitida xujalik yurituvchi sub’ektlar urtasida buladigan iktisodiy munosabatlarda ular tufisidagi axborotlarning tugri va ob’ek-tivligi muxim axamiyatga ega. Xujalik yurituvchi sub’ektlar iktisodiy munosabatda buladigan sub’ektlar tugrisidagi axborotlarni moliyaviy xisobotdan oladilar. Bir nechta filiallari yoki shu’ba korxonalari bulgan xujalik yurituvchi sub’ektlar konsolidatsiyalashgan moliyaviy xisobot tayyorlaydi va takdim etadilar. Bunday sub’ektlar bilan iktisodiy munosabatda buladigan sub’ektlar, ular tugisidagi axborotni konsolidatsiyalashgan moliyaviy xisobotdan oladilar. Bundan tashkari turli birlashmalar, konsernlar, assotsiatsiyalar va vazirliklar xam konsolidatsiyalashgan moliyaviy xisobot tayyorlaydi va takdim etadilar. Shuning uchun, konsolidatsiyalashgan moliyaviy xisobotning ishonchliligi auditorlik tekshiruvi yordamida aniklanadi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy xisobotning ishonchliligini aniklash uchun amalga oshirilayotgan auditorlik tekshiruvi davrida auditorlik dalillarini tuplash aloxida axamiyatga ega bulib, bunda auditorlik dalillarini tuplashning kaysi usulidan faydalanilganligiga kup jixatdan boglik buladi.
O’zbekiston Respublikasida konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotning mohiyati, tarkibi va tuzish tartibi 8son BHMS “Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlar va sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi” bilan tartibga solingan.
Ushbu BHMS ga muvofiq konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot deganda bitta guruhga birlashgan sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining bosh korxonasi tomonidan guruhning hisobot sanasiga moliyaviy holatini va hisobot davri uchun moliyaviy natijalarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |