Mavzu: Moliyaviy hisobotning tarkibi, uni tuzishning umumiy printsiplari
REJA:
I.Kirish;
II.Asosiy qism:
1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi
2. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish
3. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi
4. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH.
O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy iqtisodiyot rivojlangani sari, moliyaviy sohaning ham o’rni tobora ortib bormoqda. Ushbu ishimiz moliyaviy hisobot haqida ekan, avvalo, moliyaviy hisobotni nima ekanligi bilib olishimiz lozim.
B uxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lim bir xo’jalik sub’yektining barcha xo’jalik muomalalarini rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir davrda foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo’lishi yoki xo’jalik yurituvchi korxonalarning uyishgan guruxiga kirishidan qat’iy nazar, bajariladigan va sub’yektiga ta’sir ko’rsatuvchi moliyaviy voqealarni va muomalalarni ko’rsatish usuli hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarning maqsadi kborxonaning moliyaviy ahvolidan, uning faoliyatidan va uning pul mablag’lari harakati bo’yicha ma’lumot berishdan iborat bo’lab, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdur.
“Buxgalterya hisobi togrisida”gi Qonunnig 16-moddasiga binoan moliyaviy hisobota quyidsgi axborot bo’lishi kerak:
Investitsiya qarorlari va kreditlar berish to’g’risida qarorlar qabul qilishda kerak bo’ladigan axborot;
Sub’ektning bo’lajak pul oqimlarini baholashda foydali axborot;
Yuqorida aytib o’tilgan axborotlardan tashqari, moliyaviy hisobotdan batafsilroq ma’limotlar ham berilgan. 1-BHMSga asosan, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga pul mablag’lari harakati oqimini taxmin qilishga yordam beradigan, korxonaning mulki va ixtiyoridagi resurslar to’g’risida quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi:
korxonaning nazorat ostida bo’lgan aktivlar haqida;
korxonaning passivlari haqida;
korxonaning taqsimlanmagan daromad, korxonaning bir davrdan boshqa davrga o’tishdagi iqtisodiy imkoniyatlari va majburiyatlaridagi o’zgarishlar haqida;
pul mablag’lari haqida.
Ushbu ma’lumot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun korxonaning dividendlarni va foizlarni to’lash, shuningdek, majburiyatlari bo’yicha muddati kelgan to’lovlarni to’lash imkoniyatini baholashda foydali bo’ladi.
Moliyaviy hisobotning shakllanishi qisqa vaqtda, hisobot davri muomalalari tugagandan so’ng ro’y beradi va korxonadan professional buxgalteriya bilimlari va ko’nikmalaridan tashqari qo’shimcha ma’lumotlar tuzish ketma-ketligiga rioya qilishni talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq moliyaviy hisobot quyidagi shakllardan iborat bo’lishi shart:
Buxgalteriya balansi- 1-shakl;
Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot- 2-shakl;
Pul oqimi to’g’risida hisobot- 4-shakl;
Xususiy kapital to’grisida hisobot- 5-shakl
Sub’ektga berilgan resurslar, majburiyatlar va ulardagi o’zgarishlar to’g’risida axborot.
Moliyaviy hisobotga O’zbekiston Respublikasining “Buxglteriya hisoboti to’g’risida”gi O’RQ-404-son 2016-yil 13-apreldagi qonuning 22-moddasida shunday tariflab o’tilgan:
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag’larining harakati to’g’risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:
buxgalteriya balansi;
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot;
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot;
xususiy kapital to’g’risidagi hisobot;
izohlar, hisob-kitoblar va tushintirishlar.
Xalqaro standartlar bo’yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o’z vakolatxonalarining , filiallarining va boshqa tarkibiy bo’linmalarning buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot haqida umumiy tushunchaga ega bo’lib ham oldik. Endi esa, moliyaviy hisobotning asosiy qismiga ham o’tsak bo’laveradi. Ushbu qismni reja orqali tizimli tahlil qilib beramiz. Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |