2. Sug‘urta bozorining mohiyati, tarkibi va ahamiyati



Download 62,05 Kb.
bet1/8
Sana10.07.2022
Hajmi62,05 Kb.
#771094
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sug\'urta marketingi va uni tashkil etish


Mundarija


Reja:
Kirish…………………………………………………………….2
Asosiy qism:
1. Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, funksiyalari hamda asosiy atama va tushunchalar……………………………………………………5

2. Sug‘urta bozorining mohiyati, tarkibi va ahamiyati……...22

3.Sug`urta marketingi va uni tashkil etish…………………...26


Xulosa…………………………………………………………...29
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…………………………...30

Kirish
So‘nggi yillarda respublikamizda sug‘urta xizmatlari bozorini taraqqiy ettirish, tarmoqda bozor mexanizmlarini keng ko`lamda joriy etish yuzasidan e’tirof etishga arzigulik ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2021-yil 15-iyundagi qabul qilingan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»O`zbekiston Respublikasi qonuni sug‘urta kompaniyalarining kapitallashuv darajasini oshirish, ularning respublika hududlarida agentlik shaxobchalarini kengaytirish va investitsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu qonunning maqsadi sug`urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Bu qonun davlat ijtimoiy sug`urtasi bilan bog`liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bundan tashqari 2019-yil 2-avgustda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi sug`urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Qarori, 2008-yil 21-aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida», 2009-yil 17-martda «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi va amaliyotga joriy etilishi tufayli jamiyatda sug‘urtaning nufuzi oshdi.
Eng muhimi, aholining sug‘urta tizimiga bo‘lgan ishonchi yanada ortdi. 2010-yil 26-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining «2011– 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida» 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli qarori sug‘urta sohasida amalga oshirilayotgan islohot- larning mantiqiy davomi bo‘ldi. Mazkur qarorga asosan, 2011–2015- yillarda sug‘urta sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.
Ta’bir joiz bo‘lsa, ulardan eng asosiylari quyidagilardan iborat:
– Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutida o‘quv-metodik ishlar va ilmiy-tadqiqot faoliyati sifatini oshirish maqsadida o‘quv va metodik ishlarni tashkil etish, o‘quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish.
– «Tashuvchining javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
– Jahon tajribasi asosida sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini amalga oshirish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasining«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish.
– 2021-yilga qadar sug‘urtalovchilar ustav kapitalining eng kam miqdoriga o‘rnatilgan talablarni bosqichma-bosqich oshirish va boshqalar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan vazifalarning istiqbolda bajarilishi milliy sug‘urta bozorimizni yanada modernizatsiya qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu vazifalar ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash jarayonida sug‘urta olamining yetuk amaliyotchi mutaxassislari bilan bir qatorda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlarida soha bilan bevosita yaqindan tanish bo‘lgan olimlarning ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri, so‘ngi yillarda sug‘urtalovchilar yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish saviyasini oshirish borasida bir muncha chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Ammo tadqiqotlarning ko‘rsatishicha va bozor ekspertlarining fikricha, respublikamiz sug‘urta bozorida chakana sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish talab darajasida emas. Bunga jiddiy e’tibor qaratishning asosiy sababi shundaki, chakana xizmatlar orqali aholining keng qatlamini sug‘urta himoyasiga olish imkoniyati tug‘iladi.Mamlakat sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirishning yana bir yo‘nalishi, fikrimizcha, mijozlarning sug‘urtaga bo‘lgan qiziqishlarini umumlashtirish va amaliy choralar ishlab chiqish maqsadida sohada sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish ishlarini faollashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu jarayonda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan konsalting kompaniyalari va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu pirovardida, nafaqat sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning miqdor ko‘rsatkichlariga, balki sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
Ta’kidlash lozimki, sug‘urta bozorini yanada modernizatsiya va isloh qilish kompleks xarakterga ega tizim bo‘lib, uni amalga oshirish sug‘urta bozori professional ishtirokchilari, sohaga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari va konsalting kompaniyalarining samarali faoliyat yuritishlariga bog‘liq. 1

Download 62,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish