Iqtisodiyotning umumiy nazariyasida ham, sug‘urta ilmida ham
«sug‘urta bozori» va «sug‘urta xo‘jaligi» yangi tushunchalardir. Shunga qaramay, aytish mumkinki, «sug‘urta bozori» tushunchasi o‘ziga nisba- tan bir muncha umumiy hisoblangan «sug‘urta xo‘jaligi» tushuncha- sining pog‘onalaridan biri bo‘lib, sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bilan bog‘liq. «Sug‘urta xo‘jaligi» sug‘urta sohasidagi sug‘urta xizmatlarini bajarish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilish bilan bog‘liq munosabatlar yig‘indisidan iborat. Umumjahon xo‘jaligi miqyosida «jahon sug‘urta xo‘jaligi» atamasini qo‘llash mumkin. Ana shu ma’noda «sug‘urta xo‘- jaligi» sug‘urta tashkilotlarining ta’sis etilishi, tashkiliy tuzilmasi, faoli- yati, boshqaruvi bilan bog‘liq munosabatlarni, shuningdek, sug‘urta kompaniyalarining yoki sug‘urta bozorining boshqa turdagi obyekt- larining sug‘urtaga oid faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish munosabatlarini, iqtisodiy munosabatlarda sug‘urtadan foydalanish shart-sharoitlari va asoslarini ifoda etadi. Xorijiy adabiyotlarda bu borada tegishli ravishda «sug‘urta iqtisodiyoti» va «jahon sug‘urta iqtisodiyoti» tushunchalari ishlatiladi.
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtayi naza- ridan sug‘urta bozorini xaridorlar – sug‘urtalanuvchilarning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablari va sotuvchilar – sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta himoyasi bo‘yicha takliflari nisbati bilan boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Sug‘urta himoyasiga talab ikki bosh omil bilan: xo‘jalik yurituvchi subyektning va alohida fuqaroning risk-menejmentining elementi sifatidagi sug‘ur-
taga nisbatan bo‘lgan talabi va shuningdek, sug‘urtalanuvchilarning su- g‘urta xizmatini sotib olish orqali o‘z talabini qondirishga imkon yaratadigan sotib olish layoqati bilan belgilanadi. Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishga xos bo‘lgan ehtimoldagi xavf sifatida xatar iqtisodiy muno- sabatlar yuksalishi bilan sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabning kucha- yishiga olib keladi. Ayni vaqtda davlat ijtimoiy sug‘urta va ta’minot tizimi orqali taqdim etiladigan sug‘urta himoyasining qisqarishi ham, shuningdek, sug‘urta xizmatlariga talabning oshishiga sabab bo‘ladi.
Sug‘urta bozori – ma’lum bir pul munosabatlari sohasi bo‘lib, unda savdo-sotiq obyekti sifatida sug‘urta himoyasi qatnashadi hamda unga talab va taklif shakllanadigan maxsus ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. Sug‘urta bozori keng ma’noda sug‘urta xizmatlarining oldi- sotdisi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini aks ettiradi. Sug‘urta bozorining obyektiv asosini kutilmagan baxtsiz hodisalar oqibatida yetkazilgan zararni bartaraf etish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash tashkil etadi. Qolaversa, sug‘urta bozori iqtisodiyotni qo‘shimcha moliyalashtirishda ham muhim o‘rin tutadi. Sug‘urta bozori faoliyat yuritishining asosiy sharti bo‘lib sug‘urta xizmatlariga jamiyat ehtiyojining mavjudligi va ushbu ehtiyojni qondira oladigan sug‘urtalovchilarning mavjud bo‘lishi tushuniladi. Faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta bozori turli tarmoq bo‘lim- larini biriktirgan murakkab, integratsiyalashgan tizimni o‘zida aks ettiradi.
Sug‘urta bozori ishtirokchilari sifatida sotuvchilar, xaridorlar va vositachilar hamda ularning uyushmalari qatnashadilar. Sotuvchilar kategoriyasini sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari tashkil etadi. Xaridorlar sifatida u yoki bu sotuvchi bilan sug‘urta shartnomasini rasmiylashtiruvchi sug‘urtalanuvchilar-jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etadilar. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi vositachilar bo‘lib, o‘z harakatlari bilan sug‘urta shartnomalarini tuzishga ko‘maklashuvchi sug‘urta agentlari va sug‘urta brokerlari hisoblanadi.
Sug‘urta bozorida taklif etilayotgan o‘ziga xos tovar - sug‘urta xizmati hisoblanadi. Uning xarid qiymati bo‘lib sug‘urta qoplamasi shaklini ifodalovchi sug‘urta himoyasini ta’minlash hisoblanadi. Sug‘urta xizmatining narxi sug‘urta tarifida aks ettiriladi. U talab va taklifga taqqoslangan raqobat asosida shakllanadi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan sug‘urta bozorlarining muammosi sug‘urtalanuvchilar tomonidan zarur darajada sotib olish layoqatiga ega
bo‘lmaslikda ifodalanishi mumkin. Bu muammoning hal etilishi bir jihatdan aholining sotib olish layoqatining o‘sishiga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligiga, ikkinchi jihatdan davlat tomonidan umummilliy darajada mamlakat makroiqtisodiyoti miqyosida sug‘urta xizmatlarini sotib olish layoqatini o‘stirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlarga bog‘liq. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq ixtiyoriy sug‘urta uchun mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini qo‘shgan holda tushgan tushum hajmining 2 foizi doirasidagi ajratmalarni ishlab chiqarishdan va tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadlardan chegirib tashlanadigan xarajatlar toifasiga kiritilishi korxona va tashkilotlarning sug‘urta xizmatlarini sotib olish imkoniyatlarini keskin oshirib yubordi. Xuddi shu kabi sug‘urta xizmatlariga talab hayot sug‘urtasi, tibbiy sug‘urta va boshqa ijtimoiy turdagi sug‘urtalarga oid sug‘urta mukofot- larini to‘lash bo‘yicha xarajatlarini fuqarolarning soliqqa tortiladigan daromadlari bazasidan chiqarib tashlash orqali rag‘batlantirilishi mum- kin. Mutaxassislar diqqatni sug‘urta xizmatlariga talab subyektiv xususi- yatga ega ekanligiga qaratadilar, ya’ni sug‘urta himoyasi bilan ta’min- lanishga ongli talab ko‘p jihatdan iste’molchining ana shunday xizmat mavjud ekanligidan, uning iste’mol sifatlaridan, samarasidan, bahosidan bexabarligi va hokazo sababli amalga oshmay qolishi mumkin. Bu holat sug‘urta qiluvchilardan «sug‘urta riskini qoplashga doir yashirin talabning oshishiga» qaratilgan marketing tadbirlarini o‘tkazishni taqozo qiladi.
Sug‘urta xizmatlarining taklif etilishi yetarli darajada ixtisoslashgan va moliyaviy barqaror, ehtimoldagi sug‘urtalanuvchilarning talablarini qondirishga layoqatli sug‘urta tashkilotlarining mavjud bo‘lishi orqali ta’minlanadi. Investorlarning sug‘urta kompaniyasiga qiziqishi, sug‘urta tariflarini hisoblab chiqish uchun zarur statistik va axborot bazasining mavjudligi, moliya bozorining sug‘urta kompaniyalarining investitsiya- larining qaytarilishini va daromadliligini kafolatlaydigan darajada sama- rali faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, sug‘urta kompaniyalarida malakali menejerlarning va sug‘urta xizmati anderraytingi bo‘yicha mutaxas- sislarning mavjudligi sug‘urta bozorini shakllantirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi.5