Windows operatsion tizimini o‘rnatish Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish



Download 15,34 Kb.
Sana21.11.2022
Hajmi15,34 Kb.
#869412
Bog'liq
27-mavzu Windows operatsion tizimini o`rnatish


27-mavzu Windows operatsion tizimini o`rnatish. Ko`p tarqatuvchilarning turlari
Reja:

  1. Windows operatsion tizimini o‘rnatish

  2. Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish

Kompyuterdan to‘liq foydalanishdan oldin, unga operatsion tizim o‘rnatilishi kerak bo‘ladi. Operatsion tizimni bir marta o‘rnatib, uning qurilmalari haqida o‘ylamasdan va qo‘shimcha o‘rnatish va qayta o‘rnatishlar bilan shug‘ullanmasdan, unda yillab ishlash istagi hammada bor. Lekin afsuski Windows tizimi kamchiliklardan holi emas. Operatsion tizimni qayta o‘rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradigan quyidagi uchta sabab mavjuddir:



  1. Yangi versiyasining vujudga kelishi. Windows operatsion tizimining yangi versiyalari bir necha yilda bir marta chiqadi. Yangi imkoniyatlar, zamonaviylik va xatolarni to‘g‘rilash kabi sabablar konfiguratsiyani yangilash zaruriyati haqida o‘ylantiradi.

  2. Kompyuterning «osilib» qolishi. Windows operatsion tizimini mutlaqo ishonchli deb bo‘lmaydi. U foydalanuvchining qo‘pol xatosi yoki buzg‘unchi dasturlarning (kompyuter viruslari) ta’siri natijasida tiklab bo‘lmaydigan holatda ishdan chiqishi mumkin. Uning ish faoliyatini qayta tiklash uchun tizimni qaytadan o‘rnatish talab etiladi.

  3. «Chiqindi»lar to‘planishi. Ishlash jarayonida Windows ope ratsion tizimida uni samarali ishlashini pasaytiradigan «chiqindi» to‘planib boradi. Bundan qutilishning yagona usuli operatsion tizim o‘rnatilgan diskni «tozalash» va tizimni qayta o‘rnatishdan iborat.

Windows tizimidan o‘rtacha foydalanish muddati – tizimni keyingi qayta o‘rnatishgacha bo‘lgan vaqt taxminan bir yilni tashkil qiladi. Shuning uchun operatsion tizimni o‘rnatish yoki qayta o‘rnatishni bilish barcha foydalanuvchilar uchun kerak bo‘ladi.
Operatsion tizimni o‘rnatish usullari. Yangi kompyuterga ope ratsion tizimni «toza» qattiq diskka o‘rnatiladi. Quyida operatsion tizimni o‘rnatishning umumiylashtirilgan usullari keltirilgan.
«Toza» qattiq diskka o‘rnatish. Bu usuldan yangi kompyuterga o‘rnatish uchun yoki oldin to‘plangan ma’lumotlarni yo‘qotish bilan tizimni qaytadan o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bu operatsiyani bajarishda yuklovchi disk talab etiladi.
Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish. Bu turdagi o‘rnatish mavjud bo‘lgan ilovalarning ishlash xususiya tini saqlab qolish bilan tizimning yangilanishini ifodalaydi. Bu kompyuterni «tozalash» nomaqbul yoki sermashaqqat jarayon bo‘lganda optimal variant bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda Windows oilasiga ko‘plab operatsion tizim va ularning turlari kiradi. Shu sababli tizimni bunday o‘rnatish har doim ham mumkin emas. Ba’zida bunday o‘rnatishni bajarish uchun qo‘shimcha shartlarga rioya qilish talab qilinadi.
Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish. Bu usul qiyin topiladigan xatolarni to‘g‘rilash va ishlash barqarorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Bunday o‘rnatish davomida tizimli fayllarni va operatsion tizimning ichki aloqasini qayta tiklash mumkin. Ilovalarning ishlash xususiyati saqlanadi, muammolar yo‘q bo‘ladi.
Windows operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni har qanday usul da ham deyarli bir xil. Birinchi bosqich – o‘rnatish ustasini (mas ter ustanovki) tayyorlash va ishga tushirish. Bunda foydalanuvchi qatnash maydi va joriy operatsion muhitning doirasida amalga oshiriladi.
O‘rnatishga tayyorgarlik. Bu holda «toza» qattiq diskka o‘rnatish kompyuterni yuklovchi kompakt-diskdan yuklash bilan boshlanadi (masalan, Windows XPning distributiv kompakt-diski yuklovchi hisoblanadi).
Distributiv kompakt-diskda mavjud bo‘lgan Setup dasturi o‘rna tishni boshlash uchun xizmat qiladi. Agar yuklanish kompakt-diskdan bajarilsa, bu dastur avtomatik yuklanishi mumkin. Xuddi shunday holat Windowsning oldingi versiyalaridan birini yangilashda bo‘ladi: CD-ROM jamlagichiga kompakt-diskning qo‘yilishi bilan o‘rnatish dasturi avtomatik ishga tushirish vositasi yordamida yuklanadi.
Agar avtomatik yuklash vositasi o‘chirilgan yoki ishlatish mumkin bo‘lmasa, o‘rnatish dasturini distributiv kompaktdiskning o‘zak katalogidan topish va mustaqil ravishda ishga tushirish kerak.
Download 15,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish