89
Printer ichida bo‘yoqli tasma yoki rangli bezak (naqsh yoki
shakl) larni tasvirlash uchun bir nechta rangli tasmalar tortilgan.
Rasmni qog‘ozda aks ettirish uchun ignalar bilan jihozlangan
bosmaga chiqarish moslamasi tasma ustidan o‘tadi. Ignalarning
har biri belgi
langan vaqtda tasmaga zarba bilan uriladi va
qog‘ozga nuqta bosib chiqariladi.
Matritsali printerlarning shunday
deb nom olishiga sabab
ularning bosmaga chiqarish moslamalaridagi ignalar o‘ziga
xos matritsani tashkil etadi, ba’zi adabiyotlarda esa bunday
qurilmalarni «nuqtali» deb nomlashni ma’qul ko‘radilar.
Bosmaga chiqarish moslamasida
joylashgan ignalar soni bos-
ma sifatini belgilaydi. Narxi qimmat bo‘lmagan printerlar 9 ta
ignali matritsa bilan jihozlangan, bunda belgilar matritsasi 7×9
yoki 9×9 o‘lchamga ega. Zamonaviy matritsali printerlar 18 yoki
24 ignali bosmaga chiqarish moslamasi bilan jihozlangan.
Matritsali printerlarda bosmaga chiqarish ish tartibi ham turli-
cha amalga oshiriladi. Bosmaga chiqarishning eng tez ishlash
tartibi deganda – bosmaga chiqarish moslamasining satr bo‘ylab
bir marta o‘tishi bilan bosmaning (satr bosmasi)
amalga oshirili-
shi tushuniladi (Draft ish tartibi).
NLQ (Near Letter Quality – deyarli bosmaxona sifati) ish
tartibida bosmaga chiqarish moslamasining satr bo‘ylab ikki
marta o‘tishi bilan satr bosib chiqiladi. Matritsali printerlarning
Draft ish tartibida matnlarni bosmaga chiqarish tezligi 100
dan 500 cps gacha bo‘ladi, bu taxminan minutiga ikki bet
sahifani bosmaga chiqarish bilan teng. Eng yaxshi matritsali
printerlarning tezligi 1000 cps gacha yetadi. Aniqlik xususiyati
360×360 dpi ni tashkil etadi.
Tektronix firmasi tomonidan qattiqsiyoh texnologiyasi ish-
lab chiqilgan. Bu texnologiya o‘zida boshqa
texnologiyalarning
eng yaxshi sifatlarini mujassamlashtirdi. Bo‘yoqlar turli rang-
lardagi qattiq kub shaklida bo‘lib, har bir rang kubi alohida
90
shaxsiy bo‘limlariga ega.
Siyoh eritilib, keyingi bosmaga chiqa-
rish moslamasiga uzatiladi. Moslama esa aluminli barabanda
tasvirni hosil qiladi va undan qog‘ozga ko‘chiriladi. Siyohlar
barabanda qotib qolmasligi uchun ular qizdiriladi. Bosmaga
chiqarish moslamasining kengligi qog‘oz kengligi bilan teng.
Bosmaga chiqarish moslamasi – bu,
pyezoelementlar bilan
ta’minlangan soplo blokidan (har bir rang uchun 112 tadan) ibo-
rat. Pyezoelement ishga tushishi bilan siyoh tomchilari baraban-
ga tushadi.
Qattiq siyohli bosmaning asosi shundaki – siyohlar bevosita
qog‘ozga bosilishidan oldin eritiladi. Siyohlarning asosiy
tashkil
etuvchisi juda tez eriydigan, barabanga tushganda esa birdaniga
qotib qoladigan oddiy mumdir. Umuman bu
texnologiya oqimli
texnologiyani takrorlaydi: turli xil rangli mikroskopik nuqtalar
qog‘ozga bosiladi va unda naqsh hosil bo‘ladi. Rangli bosma
tezligi 14 ppm gacha yetadi.
5.5-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: