92
isitgich ham yo‘q. G‘ilof ichida faqatgina bitta (yoki bir nechta)
kartridj joylashadi.
Shunday qilib, oqimli printerlarda bor yo‘g‘i
ikkita asosiy element – kartridj va bosmaga chiqarish moslamasi
bo‘ladi.
Termik oqimli va pezoelektrik texnologiyalar ham mavjud.
Termik oqimli texnologiya narxi arzon bo‘lgan bosmaga
chiqarish moslamasini qo‘llashni mo‘ljallaydi. Bu
zaruriyat
tug‘ilganda ularni almashtirish imkoniyatini beradi.
Bu texnologiyada rasm yoki matnni qog‘ozga tushirish uchun
siyoh keskin qizdiriladi va ular issiqdan kengayib,
tashqariga
uchib chiqadi va qog‘ozda o‘yilgan nuqtalarni hosil qiladi.
Harorat tushgandan keyin siyoh bug‘lari to‘planadi, soploda past
bosim zonasi vujudga keladi va unga siyohlarning yangi oqimi
kelib tushadi.
Epson firmasi bunday bosmaning birmuncha yaxshilangan
vari antining qo‘llanishini ham ishlab chiqdi: bu
holda asosida
pezokristall xususiyati bo‘lgan o‘ziga xos pezoelektrik texno-
logiyadan foydala
niladi. Printerning bosmaga chiqarish
moslamasi tarkibida moslama ning
soplosi asosida joylashgan
ko‘p miqdorli kichik pezo kristallar mavjud. Elektr toki ta’sirida
kristall soploda mexanik bosimni yuzaga keltiradi va siyohni
tashqariga otilishiga majbur qilib, soplo asosidagi potensiallar
maydonini o‘zgartirishi mumkin. Bunday texnologiya bosma
aniqligining 1440 dpi va undan ortig‘ini ta’minlaydi.
Oqimli printerlarning asosiy afzalliklari –
bu bosmaning
yuqori sifatliligi, tezligining yuqoriligi (10 ppm gacha) va
shovqinsiz ishlashidir. Printerlarni ishlab chiqarish bo‘yicha
jahonda yetakchi firmalar HP, Canon, Epson, Xerox firmalari
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda ayrim printerlarning tomchi kattaliklari
bir pikolitrdan oshmaydi (bu kattalikni qalinligi bo‘yicha
inson sochi qalinligining o‘ndan bir qismiga, ya’ni 1/100
93
mm ga tenglashtirish mumkin). Shuni aytib o‘tish kerakki,
barcha kompaniyalar ham asosiy e’tiborni tomchi kattaligiga
qaratmaydi. Shunday ayrim ishlab chiqaruvchilar (masalan,
NR) bosma sifatini noaniq tomchilar o‘lchamini kamaytirib
emas, balki ranglarni sifatli aralashtirish hisobiga
oshirishga
harakat qiladilar. Umuman olganda, siyoh tomchilarning minimal
o‘lchami 1–1,5 (Canon va Epson da) dan 4–5 (Lexmark va NR
da) pikolitrgacha bo‘ladi.
Ranglar ikki guruhga bo‘linadi – pigmentli va suvda eruvchi.
Suvda eruvchi siyohlar surat va rasmlarning ranglarini
yaxshiroq
aks ettiradi, vaholangki, ikkala variant ham ko‘pchilikning
e’tiboriga sazovor bo‘lgan. Pigmentli siyohlar suvga chidamli
bo‘ladi, suvda eruvchilari ham (agar ularni suvga solinmasa)
ba’zan juda chidamli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: