100
lazerli plotterlar (laser plotter).
Bu plotterlar tarkibida
selen mavjud bo‘lgan yorug‘lik sezuvchi yarimo‘tkazgichlar
qatlamida ichki fotoeffektning fizik jarayoniga va elektrostatik
maydonning kuchli ta’siriga asoslangan elektrografik texno
logiyaga tayanadi. Qorong‘ida tasvirni oraliq tashuvchi
(aylanuvchi selenli baraban) yuz voltgacha potensial bilan zaryad
olishi mumkin. Yorug‘lik nuri keyinchalik mexanik yo‘l
bilan
qog‘ozga ko‘chiriladigan, magnitlangan mayda dispersli tonerni
o‘ziga tortuvchi yashirin elektrostatik tasvir yaratib, bu zaryadni
olib tashlaydi. So‘ngra toner yurgizilgan qog‘oz isitgich orqali
o‘tadi. Natijada tonerning zarralari qizib, qog‘ozda tasvirni
shakllantiradi.
Ilgari barabanda yashirin tasvirni yaratish faqat lazer yor-
damida amalga oshirilgan. Lazer nurlarining harakatlanishini
boshqarish uchun aylanuvchi ko‘p qirrali ko‘zgu,
prizmali yoki
linzali murakkab sxema xizmat qilgan. Shuning uchun lazerli
plotterlarning sozlangan ko‘rsatkichlarini izdan chiqaruvchi
silkinishdan yoki zarbalardan juda ehtiyot qilish kerak bo‘lgan.
Bir qatorga saflab joylashtirilgan nuqtali yarimo‘tkazgichli
yorug‘lik diodlarni (light-emitting diode-yorug‘lik nuri taratuvchi
diod LED) qo‘llanishi optika bilan bog‘liq murak kabliklardan
qutilish va tizimni soddaroq, osonroq va ishonch
liroq qiish
imkonini berdi.
Lazerli va LED-plotterlar tezligi yuqoriligi (A1 formatdagi
varaq yarim minutdan kamroq vaqt ichida chiqariladi) va
standart
majmuida tarmoq interfeysi adapterining mavjudligi tufayli,
ularni tarmoq qurilmasi sifatida qo‘llash ham qulaydir. Yana bir
muhim
jihati shundaki, bu plotterlarda oddiy qog‘ozlardan ham
foydalanish mumkin, bu esa foydalanishdagi harajatlarni tejash
imkonini beradi. LED-plotterlari kun sayin yanada ommabop
bo‘lib bormoqda, vaholangki narxi bo‘yicha monoxromli elektro-
statik plotterlardan farq qilmaydi.
101
Ular rangning bo‘lishi ta’lab qilinmaydigan va olingan
natijaning unumdorligiga va sifatiga nisbatan talab yuqori
bo‘lgan, masalan, mu rakkab texnik dizayn, arxitektura, karto-
grafiyaga o‘xshash sohalarning barida qo‘llaniladi.
Lazerli LED-plotterlarga
misol qilib, Callomp Solus4-AO,
JDL 4000Eni keltirishimiz mumkin.
Funksional ko‘rsatgichlarni (tezligi, ishlash qulayligi, avto-
nomlik va h.k.) yaxshilash uchun plotter o‘zida joylashtirilgan
xotiraga ega. Bu xotirada tasvir yaratilish jarayonida plotter
protsessori tomonidan ishlov beriladigan grafik axborot saqlanadi.
Standart bufer – bu standart konfiguratsiyadagi plotterning
tezkor xotirasi. Katta formatli plotterlarning zamonaviy
modellarida (memory capacity, standard buffer size) 1 Mbaytdan
katta hajmga ega bo‘lgan standart bufer (memory) mavjud.
Ayrim modellarida buferni kengaytirish uchun (memory upgrade,
optional buffer) 64 Mbayt gacha qo‘shimcha
xotira bloklarini
o‘rnatish imkoniyati mavjud. Bir necha kanallardan axborot
qabul qiluvchi, katta tezlikda ishlovchi plotterlarda qo‘shimcha
diskli (disk) xotira, ya’ni o‘zida joylashtirilgan qattiq disk
bo‘lishi kerak. Bu diskda grafik axborot saqlanadi.
Peroli plotterlarning xotira hajmini faqat uning chizma fayl
yuklatilganidan keyin off-line ish tartibida (avtonom) ishlay olish
qobiliyati belgilaydi. Rastrli plotterlar uchun bu o‘ta muhim
ko‘rsatkich sanaladi, chunki plotter tomonidan ta’minlanuvchi
tasvirning formatini va aniqligini belgilaydi.
Plotterning kompyuterga ulanishi, odatda, ketma-ket (COM)
port, parallel (LPT) port yoki SCSI-interfeys orqali amalga
oshiriladi. Plotterlarning ba’zi modellari o‘zida joylashtirilgan
bufer (1 Mbayt va undan ortiq) bilan jihozlangan bo‘ladi.
Hozirgi paytda planshetli tasvir-quruvchilar uchun standart
bo‘lib,
HewlettPackard firmasi qurilmalari sanaladi. Bundan
tashqari HPGL (HewlettPackard Graphics Language) grafik
102
til sanoatda qo‘llaniladigan standart bo‘lib qolgan. Roland
firmasining DXY plotterlari ham yaxshi modellar hisoblanadi.
Qolaversa bularning hammasi HP va HP-GL bilan moslashuvchi
ekanligidan tashqari, ushbu modellar xususiy DXYGL grafik
tilidan foydalanadi.
Plotterlarda maxsus (masalan, elektrostatik) texnologiyalar
singari, printerlar bo‘yicha bizga ma’lum bo‘lgan (termo-,
lazerli, LED, oqimli) texnologiyalar ham qo‘llaniladi. Bugungi
kunda oqimli qurilmalar keng tarqalmoqda. Masalan, plotterlar
DesignJet oilasining Hewlett-Packard plotterlari A0 va A1
formatda, peroli plotterlarga nisbatan 4–5 barobar tezroq
ishlaydi. Bunda ikkita oqimli
siyohli kartridjdan foydalanib,
oqimli printer 300 dpi ruxsat berishdan past ishlamaydi va
ikkita ish tartibiga ega: toza va eskizli. Eskizli (qora) ish
tartibida algoritm, siyohning sarflanishini qariyb ikki barobarga
qisqartiradi. Odatda, oqimli plotterlar Epson 1050 va IBM
ProPrinter XL24E kabi mashhur printerlari kabi ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: