2. PLANK DOIMIYSINI ANIQLASH
1. Plank doimiysini hisoblashda zarur bo‘lgan Boltsman doimiysi K ning va yoruq‘likning bo‘shliqdagi tarqalish tezligi c ning qiymatlari 2- hisoblash jadvaliga yoziladi.
2. Aniqlangan Stefan-Boltsman doimiysi ning topilgan qiymatlari 1- jadvaldan olinib, yana bir bor 2-jadvalga yoziladi.
3. Boltsman doimiysi K ni va yoruq‘lik tezligi c ni bilgan holda, tajribadan aniqlangan har bir ning qiymati uchun (25) formuladan Plank doimiysi h hisoblab chiqiladi va o‘rtacha qiymati topiladi.
4. Xisoblashda yo‘l qo‘yilgan absolyut h, o‘rtacha absolyut va nisbiy xatoliklar % hisoblab topiladi va 2-hisoblash jadvaliga kiritiladi.
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Issiqlik (termoparali) nurlanish deb qanday nurlanishga aytiladi?
2. Issiqlik nurlanishi qanday spektrni beradi?
3. Nurlanish oqimi deb nimaga aytiladi?
4. Jismning issiqlik nurlanishining energetik yorqinligi yoki integral nurlanishning qobiliyati deb nimaga aytiladi? Spektral nurlanish qobiliyati deb-chi?
5. Jismning integral nur yutish qobiliyati deb nimaga aytiladi? Spektral nur yutish qobiliyati deb-chi?
6. Absolyut qora jism deb nimaga aytiladi? Kulrang jism deb-chi?
7. Kirxgof qonunini ta`riflab, uning matematik ifodasini yozing.
8. Absolyut qora jism nurlanishining emperik Stefan-Boltsman va Vinning siljish qonunlarini ta`riflang?
9. Pirometrning tuzilishi va uning elektr hamda optik chizmasini chizib, ishlash prinsipi tushuntirib berilsin.
10. Plank gipotozasining mohiyati qanday?
11. Plank formulasini yozib, uni izohlab bering.
12. Plank formulasidan Stefan-Boltsman va Vinning siljish qonunlari qanday kelib chiqadi?
LABORATORIYA ISHI № 8
TASHQI FOTOEFFEKT QONUNLARINI O’RGANISH
Ishning maqsadi: Fotoeffekt hodisasi va qonunlarini o’rganish va eksperimentda qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lish.
Qisqa nazariy mahlumotlar:
Bu hodisada yorug’likning moddaga ko’rsatadigan ta’siri kuzatiladigan turli hodisalar orasida fotoelektr effekti, ya’ni yorug’lik ta’sirida moddadan elekronlar chiqishi fotoeffekt hodisasi asosida kuzatiladi [59; 61-b.].
Fotoefektning 4 ta asosiy qonuni bor:
1. Muayyan fotokatodga tushayotgan yorug’likning spektral tarkibi o’zgarmas bo’lsa, fototokning to’yinish qiymati yorug’lik oqimiga to’g’ri proportsional.
2. Muayyan fotokatoddan ajralib chiqayotgan fotoelektronlar boshlang’ich tezliklarining maksimal qiymati yorug’lik intensivligiga bog’liq bo’lmay, yorug’likning chastotasiga to’g’ri mutanosib [65; 637-b.].
3. Yorug’lik fotokatodiga tushishi va fotoelektronlarning hosil bo’lishi orasida sezilarli vaqt o’tmaydi.
Fotoeffektning 1-qonunini to’lqin nazariyasi asosida tushuntirish mumkin. Lekin to’lqin nazariya 2- va 3- qonunlarni tushuntirishga ojizlik qiladi.
Haqiqatan, to’lqin nazariyaga asosan fotokatodga tushayotgan ixtiyoriy to’lqin uzunlikka ega bo’lgan yorug’likning intensivligi ortgan sari ajralib chiqayotgan fotoelektronlarning energiyasi ham ortishi lozim edi.
Fototok kuchi. Jism yutayotgan ulg’trabinafsha nurlar eng kuchli tahsir ko’rsatadi (spektrda bu nurlar qancha ko’p bo’lsa, tahsir shuncha katta bo’ladi).Ushbu qonuniyatni yorug’lik manbai yo’liga ishlanmada keltirilgan turli to’lqin uzunlikdagi filg’trlarni o’zgartirib tushuncha hosil qilish mumkin [75; 638-b.]. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi
(2.1)
Do'stlaringiz bilan baham: |