Issiqlik nurlanish qonunlarini o’rganish: Stefan-Boltsman va Plank doimiylarini aniqlash.
36
10
Tashqi fotoeffekt qonunlarini o’rganish
44
11
Yarim o‘tkazgichlar qarshiligini haroratga bog‘liqligini o’rganish
47
12
Termoparani darajalash va termoelektr yurituvchi kuchini aniqlash
54
13
Adabiyotlar
57
Kirish. Zamonaviy o`qitish kompyuter, multmediya, video va teleapparaturalar, masofadan o`qitishda internetdan foydalanish kabi bir qator yngi texnologiyalar asosida olib bormoqda.
Shu o`rinda fizik jihozlarni bevosita o`quv jarayonida qo`llanilishini ahamiyatini takidlab o`tish joizdir. Bu jihozlar fizika fanini o`qitishda yordam beradigan 80 dan ziyod turli xil fizik asbob- uskunalar va laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan universal tok manbalari, o`zgaruvchan va o`zgarmas toklarni o`lchovchi ampermetr va voltmetrlar, Uitstom ko`prigi, elektron va shayinli tarozilar, giometrik optika uchun to`plam, solenoidlar kabi ko`plab jihozlar keltirildi. Bu jihozlarning texnik parametrlari to`g`risida qisqacha ma’lumotlar berilgan bo`lib, lekin ular asosida o`tkazishi mumkin bo`lgan labaratoriya ishlari uchun ilmiy – uslubiy ko`rsatmalar bayon etilmagan. Shu sababli ham laboratoriya ishlarining nazariy qismi hamda amaliy bajarilish tartiblarini ishlab chiqish zaruriyati tug`ldi. Fizika o`quv dasturida nazariy ahamiyat kasb etuvchi materiallar fizik ta’lim mazmuning deyarli uchdan ikki qismini tashkil etadi. Bugungi kunda o`qitish samaradorligini oshirishda amaliy xarakterdagi o`quv materiallarini ko`paytirish borasida ijodiy ishlar qilinmoqda.
Mazkur uslubiy qo`llanma o`z mazmuniga ko`ra talabalar ihtiyoridagi laboratoriya ishlarini bajarish uchun kengroq imkoniyatlar yaratishga yo`naltirilgan. Professor oqituvchilar tomonidan yaratilgan virtual ishlanmalar fizik jihozlardagi ba’zi bir etishmovchliklar to`ldirilib, yanada ko`proq imkoniyatga ega bo`lish mumkin. Mazkur qo`llanmaga fizika o`quv dasturiga kiritilgan 20 ta laboratoriya ishlarining tafsiloti keltirilgan. Shuningdek ayrim laboratoriya ishlarining olingan taxminiy natijalar va talabalar tomonodan bajarilishi lozim bo`lgan hisobot jadvali berilgan.