N. Husanov, S. Shokirova, K. Shayxova


ABDURAUF FITRANING IQDISODIY G‘OYALARI



Download 315,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/83
Sana06.07.2022
Hajmi315,1 Kb.
#748457
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Bog'liq
uzbektili uzl

ABDURAUF FITRANING IQDISODIY G‘OYALARI 
 
O’zining butun ongli hayotini qurbon qilgan allomalarimizdan biri Abdurauf 
Fitratdir. U o‘z vatani - Turkistonni mustaqillikka ikki yo‘l bilan erishish 
mumkinligini chuqur his qildi va bu yo‘lda qat’iy va shijoat bilan kurash olib bordi. 
Mustaqillikka erishishning birinchi yo‘li - xalqni ma’rifatli qilish, ziyo tarqatish, 
dunyo xalqlari erishgan ma’rifat va madaniyatdan bahramand etish, odamlarda 
iqdisodiy fikrlash tuyg‘usini uyg‘otish, Vatan taqdiri va kelajagi uchun mas’ullik 
ruhida tarbiyalash; ikkinchi yo‘l - Turkistonning o‘z milliy iqtisodiyotini yaratish
mustaqil iqtisodiyot asoslarini qurish g‘oyasidir. Buning uchun Turkiston zaminida 
foydalanilmay yotgan tabiiy yer osti boyliklarini o‘zlashtirish, milliy 
hunarmandchilikni jahonning ilg‘or mamlakatlari erishgan yutuqlar asosida 
rivojlantirish, zamonaviy sanoat korxonalarini qurish, xorijiy texnika, sarmoya va 
ilm-fan yutuqlarini milliy iqtisodiyot manfaatlariga jalb etish, Vatanning buyuk 
kelajagini yaratish, uni ozod va obod ko‘rish uchun kurashish lozim, deb bildi. O’z 
goyalarini amalga oshirish uchun asarlar yozdi, maktablar tashkil etdi, ma’rifat ishlari 
bilan shug‘ullandi. Buyuk ma’rifatparvar Fitratning iqdisodiy dunyoqarashi bayon 
etilgan asarlaridan biri - "Hind sayyohining qissasi"dir. Bu asarda milliy 
iqdisodiyotni barpo etish g‘oyasi, Turkistonni iqdisodiy-ijtimoiy rivojlantirish 
to‘g‘risidagi muallifning taklif va mulohazalari bayon etilgan. 
Fitrat o‘z yurtini iqdisodiy-ijtimoiy taraqqiyot yo‘liga va xalqini farovon hayot 
kechirish tarziga olib chiqishining asosiy yo‘li Turkistonga Yevropa fani, madaniyati, 
texnika, texnologiya, sarmoya va ilg‘or tajribasini keng miqyosda va tez sur’atlar 
bilan kiritishda deb ta’kidladi. Buning uchun ikkilanish, g‘ayridin ilmi va texnikasini 
kiritishdan cho‘chimaslik, sarosimaga tushmaslik kerak, deb ta’lim beradi: "Chunki, - 
deydi olim, - Yevropa xalqlari ham bir vaqtlar g‘oyat qoloq va qashshoq bo‘lgan bir 
davrda Sharq xalqi madaniyati, tajriba va amaliyotini qo‘llash orqali yuksak 
taraqqiyotga chiqib olganlar. Zero bundan 1000 yillar ilgari Yevropa xalqlari 
iqtisodiy va ma’naviy qoloq bo‘lgan davrlarda Sharq xalqlari insoniyat 
sivilizatsiyasining ancha yuqori darajasida bo‘lganlar". Shu ma’noda yozuvchi 
farangistonlik muallim Sharl Sanivyusning quyidagi fikrlarini yuqoridagi xulosaning 
isboti sifatida keltiradi: "XI asrda Ispaniya bilan Turkiston o‘rtasida savdo karvonlari 
bemalol borib kelardi. Yeropaliklar musulmonlar taraqqiyotini qabul qilib, kasb va 
ilm o‘rganish niyatida islom shaharlarida tahsil olar edilar. Yevropa musulmonlar 
bilan aloqada bo‘lish yo‘li orqali taraqqiy etgan. Yevropaliklar islom olamidan 
quyidagilarni qabul qilgan.
Ziroat: ko‘k, bug‘doy, tut daraxti, guruch, xurmo, limon, mandarin, paxta, 
qahva va nay shakar. 
Sanoat: shoyi gazlamalar, zar to‘qish, shisha, oyna va qog‘oz. 
Ilm-fan: aljabr va almuqobala, handasa, chizmachilik, kimyo va h-o. Islom ahli 
Yunon, Eron, Hind va Chinning ilm-fan ixtirolarini to‘plab va o‘zlaridan ko‘pgina 
narsalarini qo‘shib, oqibatul-amr, bularning barchasini Yevropaliklarga 
topshirdilar." 


 55
Abdurauf Fitrat xalqni ilg‘or Ovrupa fani, sanoati texnikasini egallashga, o‘z 
yurtini taraqqiy ettirishga chaqiradi. Uning g‘oyalari biz uchun bugun ibratli va 
foydalidir. 

Download 315,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish