N. Husanov, S. Shokirova, K. Shayxova


Ikkita sodda gapdan qo‘shma gap tuzing



Download 315,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/83
Sana06.07.2022
Hajmi315,1 Kb.
#748457
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83
Bog'liq
uzbektili uzl

Ikkita sodda gapdan qo‘shma gap tuzing: 
1. Qo‘lyozmalar muhokama qilindi.Tegishli xulosa berish uchun yo‘llandi. 
2. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan darsliklar yetkazib berildi. Tegishli nusxada buyurtmalar 
qilindi. 
YAPONIYA IMPERATORINING FARMONI 
XX asr boshida Yaponiya imperatori farmon chiqardi… Lotin Amerikasiga 
ketayotganlarga davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratish belgilalandi. 
Yapon hukumati emigratsiyadan quyidagi foydani ko‘zladi: birinchidan, o‘z 
mamlakatlarida ishsizlikni kamaytirish, ikkinchidan, butun dunyo bo‘ylab yapon 
koloniyalarini tashkil etish, u yerda mehnatsevar yaponlar tomonidan o‘zlarining
qishloq xo‘jalik va sanoat zonalarini barpo etishlari. 
Shuni ta’kidlash lozimki, jahon xo‘jaligida davlatning qanchalik tayanch 
nuqtalari ko‘p bo‘lsa, o‘sha davlatlar bozoriga kirish shunchalik oson bo‘ladi, chunki 
u yerda uning fuqarolari yashab o‘z biznesini olib boradilar. 
Topshiriq:
1. Matnni o‘qing, sozlang va rus tiliga tarjima qiling.
2. Quyidagi so‘zlarni rus tiliga tarjima qiling: ifloslanish, yashash muhiti, tashkil 
qilmoq, jihozlangan, tadbirkor, tejamoq, moddiy foyda bermoq,, imkoniyatlarni 
amalga oshirish, daromad manbai, soliq to‘lovchi.
3. 
Qo‘shma gapni davom ettiring.
1. O’zbekiston mustaqillikka ega bo‘lganda, ...... 
2. Mening kursdoshim matnni tarjima qila olmadi, ..... 
4. 
Savollarga javob bering.
1. Yaqinda sizlar guruh bilan qaysi spektaklga bordingiz? 
2. Kecha bir guruh olimlar qaerdan keldilar? 
PULNI INSON HAYOTINING TARAQQIYOTI
UCHUN SARFLASH 
Singapur - Janubiy-Sharqiy Osiyodagi kichik davlat, aholisi 2,7 mln. kishi, 
ekvator yaqinidagi uzunligi 43 km, kengligi 23 km.ni tashkil etuvchi orolda 


 61
joylashgan bo‘lib, iqtisodiy rivojlanashning yuqori darajasiga erishgan (aholi boshiga 
yillik tushum-9 ming dollar.) 
Bu mamlakatda hali 70-yillarda qabul qilingan “bozorni 
muvofiqlashtirish”ning yagona dasturi alohida qo‘shimchalarsiz insonlar 
farovonligini ta’minlaydi. 
Bu yerda pul avvalambor inson hayotining rivoji uchun sarflanadi, keyingina 
sanoat, ob’ektlar, binolar, transport magistral-lariga ishlatiladi. Jamiyatda kishilarning 
turmushi og‘ir bo‘lsa, ular mehnat qilisha olmaydi, oqibatda, iqtisodiyotga ham putur 
yetadi. 
Singapur aholisining 70% dan ko‘prog‘ini xitoyliklar tashkil etadi, yana 
malayziyaliklar, hindlar va boshqa millat vakillari ham bor. Aholining milliy xilma - 
xilligiga qaramay, mamlakatda milliy asosdagi to‘qnashuvlar deyarli yo‘q. 
Tabiiy resurslarining umuman yo‘qligiga qaramay, Singapur tashqi qarzlardan 
xoli va hech qanday xorijiy yordamga muhtoj emas. Oxirgi ish tashlash bu yerda 15 
yil muqaddam bo‘lgan edi. 
Taxminan 80% singapurliklar to‘kis uy-joy bilan ta’minlangan. Lekin mahalliy 
hokimiyat bu bilan qanoatlanib qolmagan. Ular Singapurni 2000 - yilga borib “tropik 
shahar”ga aylantirish loyihasini ishlab chiqdilar. Ya’ni loyihaga ko‘ra, aholi 
binolarning yuqori qavatlariga ko‘chadi, pastki qavatlar esa, o‘zaro “jamoatchilik 
bloklari” bilan bog‘langan bo‘ladi (mahalliy xizmat, kafe, restoranlar va hokazo). 
Ko‘chalar, asosan piyodalar uchun bo‘lib, transport va shu jumladan, yarim million 
avtomobillarni esa yer osti ko‘chalariga tushirish nazarda tutilmoqda. 
Singapurlik fuqaro yaxshi yashashi uchun ko‘p va sifatli mehnat qilishi kerak. 
Yiliga 11 bayram kuni mavjud. Mehnat ta’tilini olish oson emas. Firmada birinchi yil 
ishlayotgan xizmatchi faqat 7 kun maosh bilan ta’minlangan ta’til olishi mumkin. 
Keyin ishlangan har bir yil hisobiga 1 kundan ta’tilga qo‘shilib boradi. Jami bo‘lib 
ta’til 14 kundan oshmasligi kerak. 
Singapurda ishsizlik faqat 3%ni tashkil qilgani uchun, ishchilarni ko‘chaga 
haydash hollari uchramaydi. Mehnat konfliktlarini singapurliklar tinch yo‘l bilan, 
“muzokoralar” orqali hal etadilar. Shuning bilan birgalikda rahbarning maoshi 
xizmatchinikiga qaraganda 15-20 marta ko‘proqdir. 

Download 315,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish