2010.10.10 (imzo) O.Karimov
8-topshiriq. Ishdan bo‛shash, mehnat ta’tilifa chiqish mazmunida arizalarga namuna keltiring.
9-topshiriq. Dalolatnoma haqidagi ma’lumotdan foydalanib pul kamomadi haqida dalolatnoma tuzing
Dalolatnoma: dalolatnoma tasdiqlovchi yoki ayblovchi hujjatdir. Uning zaruriy qismlari: uni tuzishga vakolatli tashkilot nomi, tuzilgan sana, joy, asos bo‘lgan hujjat, tuzuvchilar tarkibi, guvohlar, hujjat matni, ilova hujjatlar miqdori, tuzuvchilarning imzo va familiyalar ko‘rsatilishi kerak. Qabul qilib-topshirish, buyumlarni hisobdan o‘tkazish va hisobdan chiqarish, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar oqibatini tekshirish, yashash sharoitini o‘ranish, pul kamomadida va buyumlarning yetishmasligi, savdo va boshqa xizmat qoidalarining buzilganda dalolatnoma tuziladi.
DALOLATNOMA
Vazirlik, yuqori idora, muassasa nomi TASDIQLAYMAN
TASDIQLANGAN
MATN SARLAVHASI (“ ……..HAQIDA)
DALOLATNOMA
Sana, tuzilgan joyi
Asos: (muassasa rahbarining (sanadagi) – raqamli buyrug‘i yoki idoraning – raqamli qarori)
Raisi (shaxs lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi)
A’zolar: 1. (lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi)
2. (lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi)
3. (lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi)dan iborat komissiya tomonidan (shaxs yoki shaxslar lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi) ishtirokida tuzilgan
MATN
Ilovalar
Komissiya raisi (imzo) ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi
Komissiya a’zolari (imzolar) ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi
Ishtirok etganlar (imzolar) ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi
10-topshiriq. Institut xo‘jalik ishlari mudiri boshqa ishga o‛tganligi munosabati bilan mazkur lavozimni qabul qilib oluvchi o‛rtasida dalolatnoma tuzing.
11-topshiriq. Matndan foydalanib bankda ishlashingiz haqida ma’lumotnoma yozing
Ma’lumotnoma: ma’lumotnoma rahbarlar ko‘rsatmasi yoki ikki fuqarolar talabiga ko‘ra beriladi. Shaxsiy ma’lumotnomaning zaruriy qismlari: tashkilot nomi, berilgan sana, tartib raqami, ma’lumotnoma berilayotgan kishining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning mazmunini tashkil etuvchi qisqa matn, qayerga taqdim etilayotganligi, tashkilot rahbarining imzosi, familiyasi va tashkilot muhri bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |