birinchi qismning sanksiyasidagi «uchdan bir qismidan bir baravarigacha» va «ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha» degan so‘zlar tegishincha «bir baravaridan uch baravarigacha» va «uch baravaridan besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning sanksiyasidagi «ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha» degan so‘zlar «uch baravaridan besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismning sanksiyasidagi «bir baravaridan uch baravarigacha» va «uch baravaridan etti baravarigacha» degan so‘zlar tegishincha «besh baravaridan etti baravarigacha» va «besh baravaridan o‘n baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda.Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. KARIMOV Toshkent shahri, 2011 yil 6-oktabr № O‘RQ—227 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLASh TO‘G‘RISIDA Respublikada iste’dodli yoshlarning ijtimoiy faolligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, milliy istiqlol g‘oyalari va madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni hayotga tatbiq etishdagi ibratli faoliyatini rag‘batlantirish, barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga etkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq:
O‘zbekiston Xotin-qizlar ko‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, a’lo xulqi, zukkoligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, tashabbuskorligi bilan noyob iste’dodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, san’at, fan va ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin(ro‘yxat ilova qilinadi).
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bagishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.
Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari F.Akbarova zimmasiga yuklansin.