Mashg’ulot maqsadi. Dengiz yulduzi va tipratikani misolida ignatanlilarning tashqi va ichki tuzilishi xususiyatlarini o’rganish.
Mashg’ulot uslubi. Jadvallar, namli va quruq eksponatlar hamda elektron animatsiyalar demonstratsiyasi; anatomik eksponat tayyorlash va savol-javob orqali talabalar bilimini baholash.
Kerakli jihozlar. Rangli jadvallar, fiksatsiyalangan va quruq ignatanlilarning eksponatlari, qo’l lupalari, qisqichlar, o’tkir uchli qaychilar, vannachalar, entomologik to’g’nag’ichlar, toza suvli idishlar, jarrohlik pichoqlari, to’g’rilagich ignalar, salfetkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |