N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 2,52 Mb.
bet209/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Hasharotlarda mo’ylovlarning shakliga ko’ra qanday xillari farq qilinadi?

  2. Qaysi hasharotlarning oyog’i eshkakka aylangan?

  3. Hasharotlar qanotidagi tomirlarning qanday xillari farq qilinadi?

  4. Qaysi hasharotlarda qanotlar ximoya vazifasini ham bajaradi?

  5. Turli turkumlarga mansub hasharotlarda qorin bo’limida farq bo’ladimi?


IGNATANLILAR TIPI – ECHINODERMATA
Ignatanlilar umurtqasiz hayvonlar orasida alohida o’rin egallaydi, chunki tashqi va ichki tuzilishlaridagi ayrim belgi va xususiyatlar ularni umurtqalilarga ancha yaqinlashtiradi. Ular xordali hayvonlar singari ikkilamchi og’izlilar bo’limiga mansubdir. Bundan tashqari ignatanlilarning teri epiteliysi ikki qavatdan, ya’ni bir qavat epidermis va uning ostida yotuvchi biriktiruvchi to’qima qavatlaridan iborat. Bunday tuzilish xordalilarning terisiga o’xshab ketadi. Ignatanlilarda ohakli skeletning mezodermadan hosil bo’lishi ham ularni xordalilarga yanada yaqinlashtiradi.

Ignatanlilar ikkilamchi gavda bo’shliq (selom)li hayvonlar. Voyaga yetgan davrida tana nurli simmetriya belgisiga ega. Aksariyatida besh nurli simmetriya mavjud. Nurli simmetriya ignatanlilarda ikkilamchi belgi hisoblanadi, chunki ularning ajdodlari va hozirgi zamon guruhlarining lichinkalari ikki tomonlama simmetriyali bo’ladi.

Ignatanlilarning selomi suyuqlik bilan to’lgan. Selomda ichki organlar joylashgan. Selomning murakkab tuzilganligi va undan ayrim sistemalarning hosil bo’lishi bilan boshqa hayvonlardan ajralib turadi. Barcha ignatanlilar uchun xos bo’lgan ambulakral sistema aynan selomdan hosil bo’lgan. Teri ostidagi biriktiruvchi to’qimada ohakli plastinkalardan iborat skeleti shakllangan. Skelet plastinkalari ignaga o’xshab tana sirtiga bo’rtib chiqib turadi. Ignatanlilarning ovqat hazm qilish, qon aylanish va nafas olish sistemalari mavjud. Maxsus ajratish organlari shakllanmagan. Nerv sistemasi sodda tuzilgan.

Ignatanlilar ayrim jinsli hayvonlar. Urug’langan tuxumdan erkin suzib yuruvchi diplevrula lichinkasi rivojlanadi. Hozirgi vaqtda ushbu tipning 5000 ga yaqin turi mavjud. Barcha turlari dengizlarda tarqalgan.




Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish