Ishni bajarish
1-ish. Planariya tanasini soat oynasidagi suvga qo’yib, binokulyar mikroskopida yoki qo’l lupasi yordami bilan harakatini kuzating. Tanasiga nina tekkizganda uning qisqarishi va sekin yana oldingi holatiga qaytishini kuzating.
2-ish. Tirik planariyani buyum oynasidagi 3-4 tomchi suv quyib, uning usti mum yoki plastilin oyoqchali qoplag’ich bilan qoplanadi. Preparatni oldin mikroskopning kichik obyektivida, keyin katta obyektivida kiprikchalarini harakatini kuzating.
3-ish. To’g’rilagich ignaning uchi bilan qoplag’ich shishani qirrasidan biroz bosib, planariya kiprikchalarini harakatini sekinlashtiring. Bunda tana harakati ham sekinlashadi. Shundan so’ng binokulyar mikroskopida planariyaning ovqat hazm qilish sistemasiga e’tibor bering. Ushbu sistemani bo’yalgan planariya preparatida ham ko’rish mumkin.
4-ish. Oq planariyani jadvallardan yoki qo’llanmadan foydalanib, umumiy ko’rinishi, teri-muskul xaltasini tuzilishi, protonefridiyning uchki xujayrasi va nerv sistemasining sxematik tuzilishi rasmlarini chizib, ifodalab qo’ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |