N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 2,52 Mb.
bet100/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Oq planariya qayerda yashaydi?

  2. Planariya qanday harakat qiladi?

  3. Noqulay sharoit yuzaga kelsa planariyada qanday o’zgarish sodir bo’ladi?

  4. Planariyaning nerv sistemasi qanday tuzilgan?

  5. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan keraksiz chiqindi mahsulotlar planariya tanasidan qanday chiqariladi?



SO’RG’ICHLILAR SINFI – TREMATODA
Umumiy tavsifi
So’rg’ichlilar sinfi yassi chuvalchanglarning 7000 ga yaqin turini o’z ichiga olib, ularning barchasi turli-tuman umurtqali hayvonlar va odamning ichki organ hamda sistemalarida parazitlik bilan hayot kechiradi. Gavdasi qorin va orqa tomonga qarab yassilashgan, lekin ayrim guruh vakillarining gavdasi biroz yo’g’onlashib, qorin yassi, orqa tomon qavariq, ba’zilarida gavda ingichkalashib, ikki yon tomondan qisilgan. Gavda shakli bargsimon, nashtarsimon, noksimon yoki ipsimon. O’lchamlari ham turlicha. Aksariyati 1 mm dan 20 mkmgacha, ba’zilari 1 mm dan ham kichik bo’ladi. Lekin jigar qurtlari oilasiga kiruvchi turlarining ko’pchiligi 2-18 sm bo’ladi. Shuningdek ayrim qushlar va akulalarda parazitlik qiluvchi so’rg’ichlilarning uzunligi 20 sm dan 1 metrgacha bo’lishi qayd qilingan.

So’rg’ichlilar ikkita so’rg’ichga ega. Uning biri gavdaning oldingi uchida bo’lib, og’iz so’rg’ichi deyiladi, ikkinchisi esa qorin tomonda, og’iz so’rg’ichidan sal pastroqda joylashgan bo’ladi va qorin so’rg’ichi deyiladi.

So’rg’ichlilarning teri-muskul haltasidagi epiteliy hujayralarining tashqi muhitga tegib turadigan qismi o’zaro qo’shilib, tegument deb ataluvchi sitoplazmatik zich qatlam hosil qilgan.

Ovqat hazm qilish sistemasi ikki bo’limdan – oldingi va o’rta ichakdan iborat. O’rta ichak ko’p hollarda ikki shoxchali. Orqa ichak va orqa chiqaruv teshigi bo’lmaydi. Ajratish sistemasi protonefridial tipda. Nerv sistemasi tipik ortogon tuzilishda. Sezgi organlari ancha past tarraqqiy qilgan. Jinsiy sistemasi aksariyat turlarida germafrodit. Germafrodit jinsiy sistemasi ancha murakkab bo’lib, unda deyarli barcha bo’lim hamda organlar shakllangan.

So’rg’ichlilarning aksariyati juda serpusht va ko’p miqdorda urug’langan tuxum qo’yadi. Rivojlanishi xo’jayin almashtirish va o’zgarish (metamorfoz) bilan o’tadi. Oraliq xo’jayinlari asosan qorinoyoqli yumshoqtanlilar, ayrim turlarida ikkinchi oraliq xo’jayin bo’g’imoyoqlilar hamda ba’zi umurtqali hayvonlar hisoblanadi.

So’rg’ichlilarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, lichinkalik davrida murtaklik xujayralarining bo’linishi orqali yangi nasl hosil qilishidir. Ushbu shaklda ko’payish partenogenezning pedagenez usuli hisoblanadi.





Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish