Mashg’ulot maqsadi. Kiprikli chuvalchanglarning chuchuk suvda yashovchi vakili oq planariyaning tuzilishi va hayot kechirish tarzini o’rganish.
Mashg’ulot uslubi. Oq planariyaning tashqi va ichki tuzilishini jadvallardan tushuntirish, elektron animasiyalardan foydalanish, savol-javob orqali talabalar bilimini baholash.
Kerakli jihozlar. Uslubiy qo’llanmalar, rangli jadvallar, MBI-1 va MBS-1 mikroskoplari, qo’l lupalari, tirik va fiksatsiyalangan oq planariya, planariyaning bo’yalgan prepatlari, soat oynachasi, to’g’rilagich ignalar, suvli idishlar, tomizgichlar, buyum va qoplag’ich shishalar, mum va plastilin.
Do'stlaringiz bilan baham: |