Mustaqil ish topshiriqlari
Ssifoid meduzalarning tuzilishini tavsiflang.
Meduzalarning ko’payishi va rivojlanishi.
Korall poliplarning tuzilishi va hayoti.
Testlar
1. Ssifoid meduzalarga xos belgilarni ko’rsating: 1) yakka va erkin yashaydi; 2) polip davri ustun; 3) meduza davri ustun; 4) gastrovaskulyar sistemasi murakkablashgan; 5) ayrim jinsli.
A. 1,3,4,5 B. 1,2,4 C. 2,4,5 D. barchasi.
2. Quyidagi tushunchalarni ularga mos ta’riflar bilan juftlab ko’rsating.
1) efira; 2) ssifistom; 3) ropaliya; 4)strobila; 5) gastrovaskulyar sistema
a) paypaslagichlarning qisqarishidan hosil bo’lgan tanacha bo’lib, unda ko’zlar joylashgan; b) ssifistomning ko’ndalangiga kurtaklanishi orqali hosil bo’lgan disklar; c) ssifomeduzalarning polip davri; d) yosh meduzalar; e) meduzalarning murakkablashgan gastral bo’shlig’i
Do'stlaringiz bilan baham: |