Mashg’ulot maqsadi: Ildizoyoqlilarning turli guruhlariga mansub bir hujayralilarning tuzilishi, harakatlanishi va hayot kechirish tarzining turli-tumanliligini o’rganish. Ularning soxtaoyoqlarining o’zgarib turishi va funksiyalari.
Mashg’ulot uslubi: Ildizoyoqlilarning turli guruhlarini aks ettiruvchi rangli jadvallar demonstrasiyasi, talabalarni aktiv faoliyatga jalb qilish, mikropreparatlar tayyorlash, savol-javob orqali talabalar bilimini baholash.
Kerakli jihozlar: O’quv-uslubiy qo’llanmalar, mikroskoplar, amyoba, arsella va foraminiferalarning tayyor mikropreparatlari, dengiz tubi qumi, tirik amyoba va arsellaning suvli namunalari, rangli jadvallar, buyum va qoplag’ich shishalar, tomizgichlar, filtr qog’ozi, salfetkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |