N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


Birhujayrali hayvonlarni tabiatdan yig’ish va laboratoriyada ko’paytirish usullari



Download 2,52 Mb.
bet5/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Birhujayrali hayvonlarni tabiatdan yig’ish va laboratoriyada ko’paytirish usullari
Bir hujayrali hayvonlarning anchagina turlari chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiradi, lekin bu havzalarning hammasidan ham kerakli materialni olib bo’lmaydi. Erkin yashovchi bir hujayralilarning ko’pgina keng tarqalgan turlarini (yalang’och va chig’anoqli amyobalar, ayrim xivchinlilar va infuzoriyalarning har xil turlarini) oqmas suv havzalarida, ayniqsa, kichik ko’llar, hovuzlar, yoki sekin oquvchi ariqlarda hamda ko’lmak va sholipoyalarda topish mumkin. Ayniqsa, o’simlik chirindisiga boy bo’lgan ko’lmak yoki hovuz suvlarida amyobalar, chig’anoqli amyobalar va infuzoriyalar ko’p bo’ladi. Suv o’tlariga boy bo’lgan, yorug’lik tushib turuvchi va kislorodga nisbatan to’yingan hovuz suvlarida evglenasimonlar va fitomonadalarni (gonium, evdorina, pandorina,volvokslar) hamda oddiy amyobalarni ko’plab topish mumkin. Nisbatan yirikroq bo’lgan suv havzalarining ma’lum bir qismiga ko’proq soya tushib turadigan joyida o’ziga xos mikrofauna shakllanishi mumkin. Bunday joyning suvida va uning tubida chig’anoqli amyobalardan arsella va difflyugiyalarni topish mumkin.

Bir hujayrali hayvonlarning chuchuk suvlarda yashovchi guruh turlarini laboratoriya sharoitida ko’paytirish va ulardan amaliyot darslarida foydalanish uchun eng avvalo ushbu bir hujayralilarni tabiatdan yig’ib kelish lozim. Buning uchun 3-4 ta baland silindr shaklidagi shisha banka yoki murabbodan bo’shagan va tozalab yuvilgan oddiy shisha bankalar qopqog’i bilan tayyorlanishi kerak. Bunday turdagi bankalardan faqat tabiiy suv havzasidan dastlabki material olib kelish uchun foydalaniladi.

Oqmas tabiiy suv havzasiga borgach, undan qulayroq sayoz joyni tanlab, o’sha joyning tubiga yaqin joydan yarim banka suv va unga suv tubidagi chiriyotgan barglar, o’simlik qismlari hamda suv tubi loyqasi ham solinadi. Havzaning boshqa bir joyidan ham yuqoridagi usulda ikkinchi bankaga suv olinib, ichiga havzada o’sadigan suv o’tlari ham solinadi. Uchinchi bankaga suv havzasining sayoz joyidan suv va suv tubi loyqasi olinadi. Uchala bankalarga ham namunalar olingandan so’ng, ularni yorug’likka (quyoshga) qaratib, ko’zdan kechirish lozim. Bankalardagi suvda dafniya, siklop va suv hasharotlarining lichinkalari bo’lsa, bunday namunalar to’kib tashlanadi, chunki bunday hayvonlarning asosiy oziqasi bir hujayrali hayvonlar hisoblanadi. Shunga binoan suv havzasining boshqa, nisbatan qulayroq joylaridan qayta yangi namunalar olinadi.

Bir hujayrali hayvonlarning namunalarini suvi yaqinda qurib qolgan havzalardan ham olish mumkin. Buning uchun havzaning tubidan bir qism loy, chiriyotgan barglar va chirindi olinib, bankaga solib, ustiga toza ariq yoki yomg’ir suvi quyiladi. Ushbu ishni qilishdan oldin shu narsani e’tiborga olish lozimki, suvi qurib qolgan havzada bir hujayralilarning deyarli barchasi sista holatiga o’tgan bo’ladi. Ushbu sistalar esa qulay sharoitga o’tkazilganda, sistadan ajralib, faol hayotini yana davom ettirishi mumkin.

Tabiatdagi suv havzalaridan olib kelingan namunalar, laboratoriyada kichikroq shisha idishlarga (kimyoviy stakanlarga) bo’linadi. Namunalar quyilgan har bir idishga yana suv tubi loyqasi, chiriyotgan barg, chirindi va suv o’simliklari ham solinadi. Shundan keyin idishlarni usti shisha plastinkasi bilan yopiladi va deraza oldiga yoki deraza oldiga qo’yilgan stol ustiga joylashtiriladi. Namunalarga quyosh nuri tik tushmasligi lozim, aks holda idish ichidagi suv haddan tashqari isib ketib, mikroorganizmlarni halok qilishi mumkin.

Bir hujayrali hayvonlarni aksariyati +80-+100 issiqda ham bemalol yashashi mumkin, lekin ushbu haroratda ular ko’paymaydi. Ularning shiddat bilan ko’payishi optimal (+140-+200 S) haroratda boradi.

Tabiatdan olib kelingan va labaratoriyada shisha stakanlarga bo’linib, deraza oldiga qo’yilgan namunalarni 3-4 kun davomida qo’l lupalari yordamida ko’rib, bir hujayralilarning borligiga ishonch hosil qilish lozim. Agarda idishdagi namunalarda bir hujayralilarning dushmanlari (yirtqichlari) hisoblanmish siklop, dafniya yoki to’garak chuvalchanglardan og’izaylang’ichli (kolovratka) ko’p bo’lsa, bunday namuna to’kib tashlanadi. Ayrim hollarda tomizg’ich (pipetka) bilan namunadan 1-2 sm3 hajmda suv soat oynachasiga o’tkazilib, binokulyar (MBS-1) mikroskopda ko’riladi. Agar namunada bir hujayrali hayvonlar kam yoki juda siyrak bo’lsa, bunday namunali idishga 5-6 tomchi qaynatilmagan sut tomiziladi. Sutni har hafta bir marta yoki oyiga 3-4 marta tomizish tavsiya etiladi. Sut o’rniga 2-3 g kraxmal (kartoshka uni) sepilsa ham bo’ladi. Bundan tashqari sut yoki kraxmal o’rniga suli, guruch, bug’doy yoki tariq qaynatmasi ishlatilsa ham yaxshi natija beradi. Qaynatmani tayyorlash uchun yuqorida aytilgan donlarning birontasidan 50 g o’lchab olinib, bir litr suvda 15-30 minut qaynatiladi va sovutilib, shishaga solib, og’zi mahkamlanadi. Ushbu qaynatmadan har 15 kunda bir marta 5-10 sm3 hajmda idishdagi namunaga qo’shiladi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish