N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar



Download 2,52 Mb.
bet200/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Ishni bajarish

1-ish. Suvarakni yorish uchun chap qo’lda qorin tomoni bilan pastga, bosh qismini oldingi tomonga qaratib ushlab, o’tkir ingichka qaychi bilan yon tomondagi tergit va sternitlar birlashgan joydan tananing orqa uchidan ko’krakkacha qirqing. Uning ikkinchi yon tomonini ham xuddi shunday qilib qirqing. Ikkala yon tomon kesimlarni oldingi ko’krak segmenti oldida ko’ndalang kesma bilan birlashtiring. Keyin suvarakni parafinli vannachaga joylashtirib, bosh va qorinning keyingi uchlarini igna bilan sanchib o’rnating. Qisqich bilan tergitning oxirgi segmentidan ushlab, biroz ko’taring, ostidagi muskullarni hamda traxeyalarni qaychi bilan qirqib, tergitni ajratib oling, ichki yuzasini yuqoriga qaratib vannachaga joylashtirib, ko’p kamerali yuragini kuzating.

2-ish. Qo’l lupasi yordamida suvarakning ichagi atrofidagi traxeya naylariga e’tibor bering. Tananing ichidagi yog’ tanachalarini bir qismini qaychi bilan qirqib olib, buyum oynasidagi suv tomchisiga qo’ying, qoplag’ich oyna bilan qoplab, mikroskopning kichik va keyin katta obyektivida kuzating.

3-ish. Ovqat hazm qilish sistemasini kuzatish uchun orqa ichakning keyingi uchini qaychi bilan qirqib, qisqich bilan biroz ko’taring, ichakni oldingi qismini ham kesib, uni ajratib oling. Ichak naychasining bo’limlarga ajralishini qo’l lupasi yordamida kuzating. O’rta ichakning oldingi uchidagi ko’r o’simtalarga e’tibor bering.

4-ish. Malpigiy naylarini ichakdan ajratib olib buyum oynasidagi bir tomchi suvga qo’ying va mikroskopning kichik obyektivida yoki binokulyar mikroskopda kuzating.

5-ish. Qo’l lupasi yordamida jinsiy organlarini kuzating va suvarakni jinsini aniqlang.

6-ish. Ochilgan suvarakning ichki organlaridan ichak va jinsiy sistemalarini ajratib olib, ularning ustidagi qorin nerv zanjirini lupa yordamida kuzating.

7-ish. Qora suvarakning ichki organlari tuzilishini, orqa va yon tomondan ko’rinishini rasmini chizing va ifodalab qo’ying.

8-ish. Suvarakning kemiruvchi og’iz apparatini tuzilishini rasmini chizing va qismlarini ifodalab qo’ying.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish