Ishni bajarish
1-ish. Qirqoyoqni qisqich bilan olib, vannachaga soling, qo’l lupasi yordamida uning tana qismlarini ajrating. Boshda va gavdada joylashgan organlarni lupa orqali o’rganing, ularning tuzilishiga e’tibor bering. Gavda bo’g’imlari soni va ulardagi oyoqlarning joylashishiga e’tibor bering.
2-ish. Gavda segmentlaridagi oyoqlarni bir nechtasini qisqich bilan ajratib olib, uni tashkil etgan qismlarni aniqlang.
3-ish. Qo’l lupasi yordamida qirqoyoq tanasining oxirida joylashgan uzun (jinsiy) oyoqlarini, orqa chiqaruv teshigini, nafas olish stigmalarini toping.
4-ish. Qirqoyoqni tanasini umumiy tuzilishi va boshidagi og’iz organlari rasmini chizing hamda ifodalab qo’ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |