Mashg’ulot maqsadi. Uy o’rgimchagi misolida o’rgimchaklarning tashqi tuzilishi, gavda bo’limlaridagi organlarning tuzilishi va funksiyalarini o’rganish. O’rgimchaklarning ko’payishi va rivojlanishi bilan tanishish.
Mashg’ulot uslubi. Rangli jadvallar, eksponatlar va elektron animatsiyalar demonstrasiyasi; savol-javob orqali talabalar bilimini baholash.
Kerakli jihozlar. Spirtda fiksatsiyalangan o’rgimchaklar, ularning tashqi va ichki tuzilishini aks ettiruvchi rangli jadvallar, Petri idishlari, qo’l lupalari, binokulyar mikroskoplar, qisqichlar, soat oynachalari, tomizgichlar, toza suvli idishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |