N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar



Download 2,52 Mb.
bet175/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

O’RGIMCHAKSIMONLAR SINFI – ARACHNOIDEA
Umumiy xususiyatlari
O’rgimchaksimonlar asosan quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilardir. Ayrimlari esa takroriy suvda yashashga o’tgan.

O’rgimchaksimonlarning kelib chiqishi paleozoy erasining silur va kembriy davrlarida dengizda, qisman chuchuk suvlarda yashab, hazirgi vaqtda faqat qazilma holida ma’lum bo’lgan xelitseralilarning qisqichbaqachayonlar sinfi bilan bog’liq. O’rgimchaksimonlar xelitseralilar uchun xos bo’lgan barcha belgilarni o’zida mujassamlantirganidan tashqari, quruqlikda yashashga moslashish jarayonida bir qator yangi xususiyatlarni ham hosil qilgan. Gavda asosan boshko’krak va qorin bo’limlaridan iborat, lekin bo’limlarning o’zaro bog’lanishi har xil guruhlari turlicha ko’rinishga ega. Ayrimlarida ko’krakning oldingi bo’g’imlari bosh bilan qo’shilib, boshko’krak qismini hosil qilsa, ko’pchiligida ko’krak bo’limining barcha bo’g’imlari bosh bilan to’la qo’shilib, yaxlit boshko’krakni hosil qilgan. Shu bilan birga, anchagina turlarida qorin bo’limi ham boshko’krakka qo’shilib, yaxlit tanani hosil qiladi. Bunday tanada bo’g’imlar orasidagi egatchalar (chegara) ham yo’qolib ketgan.

O’rgimchaksimonlarning boshida mo’ylovlar bo’lmaydi. Ko’zlari oddiy. Boshko’krak bo’limida 6 juft oyoqlari bo’lib, ularning 1-jufti xelitseralarga (jag’oyoq), 2-nchi jufti pedipalplarga (paypaslagich oyoq) aylangan. Ushbu shakli o’zgargan oyoqlar oziqlanishda ishtirok etadi. Ayrim guruhlarida xelitsera va pedipalplar qo’shilib, ozuqani so’ruvchi xartumchaga aylangan. Boshko’krakning qolgan 4 juft oyoqlari haqiqiy harakatlanish organlaridir.

Qorin bo’limidagi oyoqlar esa shakl o’zgartirib, nafas olish, so’gal bezlari va boshqa vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan. Ayrim guruhlarida qorin oyoqlari ma’lum darajada reduksiya uchragan.

Nafas olish organlari traxeya va o’pkalardan iborat.

O’rgimchaksimonlar sinfi 40000 ga yaqin turlarni o’z ichiga oladi. Gavda o’lchami turlicha, ya’ni 0,2 mm dan 20 sm gacha. Sinfning asosiy turkumlari chayonlar, soxta chayonlar, qiloyoqlar, solpuglar (falangalar), pichano’rarlar, o’rgimchaklar va kanalar kabilardan iborat



Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish