13
Chet tilini o‘rganish - so‘zlarning asl
ma’nosini tushunmay turib, ko‘r-ko‘rona yod
olish degani emas. Lug‘at - bu til emas.
O‘zga tilni begona so‘zlarni
qiynalib talaffuz
qilish orqali o‘rganish va tushunib-tushunmay
xulosa chiqarish eng katta va ko‘p yo‘l qo‘yadigan
xatolarimizdan bittasidir. Siz bu noto‘g‘ri
tushunchadan qanchalik tez xalos bo‘lsangiz,
shuncha yaxshi.
Til - aslida hamisha harakatdagi murakkab
tizim.
So‘zlar esa bu tizimning bir qismi xolos.
So‘zlar o‘z ma’nolarini va qo‘llanish usullarini
o‘zgartirib turadilar.
Til bamisli tirik mavjudot. Uni sevish, sezish, his
qilish kerak. Shundagina u sizga tushunarli bo‘ladi.
Ammo, baribir, lug‘at sotib olishingizga to‘g‘ri
keladi. O‘z o‘rnida u, albatta, kerak. Odatda biz
ishni kichik hajmli lug‘atlarni
sotib olishdan
boshlaymiz. Biroz vaqt o‘tgach, sal kattarog‘ini,
keyin yana ham qalinrog‘ini... . Bilimlarimiz
ortgani sayin lug‘atlarimiz ham qalinlashib
boraveradi va... uyimizda chang bosib yotgan
lug‘atlar kolleksiyasi paydo bo‘ladi. Siz makulatura
yig‘ish bilan shug‘ullanmangda, eng ma’quli,
birato‘la eng katta va qalin lug‘atni sotib oling.
14
Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun yodda tutishimiz
lozim bo‘lgan yana bir jihat bor.
Raqamlarni hech
qachon tartib bo‘yicha yod olmaslik kerak.
Masalan: bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, etti, sakkiz,
to‘kqiz, o‘n va hokazo tarzida. Hayotda odatda
raqamlardan bu taxlit foydalanishga deyarli to‘g‘ri
kelmaydi. Bunday matematik tartib so‘zlashuv
tilining tabiiyligiga putur etkazadi.
Ishonavering,
o‘zga tilda yod olgan ilk raqamingiz odatdagiday
bir soni emas, etti yoki o‘n bir bo‘lsa ham osmon
uzilib yerga tushmaydi. Mabodo, ilk bor ikki yoki
sakkizni yod olsangiz ham sizni hech kim til
qoidalarini buzganlikda ayblamaydi. Yaxshisi,
raqamlarni turli ketma-ketliklar holida, masalan,
sakkiz-to‘rt-o‘n besh, o‘n yetti-to‘qqiz-ikki tarzida
yod oling yoki telefon
raqamlaringizni chet tilida
yodda saqlang. Tartib bo‘yicha yod olingan
raqamlarni aloxida eslash qiyin bo‘ladi. Mening bir
tanishim fransuz tilini o‘rganayotib, raqam
nomlarini alohida eslashga qiynalayotganini, misol
uchun sakkiz raqamini aytmoqchi bo‘lsa, xayolan
birdan sakkizgacha sanab chiqishga majbur
bo‘layotganidan shikoyat qilgan edi.
Chunki
miyaga allaqachon tartib bo‘yicha sanashga buyruq
berib qo‘yilgan va u o‘z ishini bajarmoqda. Bunday
noxushlik hafta, oy kunlari nomi bilan ham sodir
15
bo‘lishi mumkin va hayotda o‘zingiz ham shunday
holatlarga guvoh bo‘lgansiz.
Odatda chet tilini o‘rganishni alifbo yodlashdan
boshlaydilar. Bu yo‘sinda ham harflarni alohida
eslash kiyin bo‘ladi va yod olish uchun sarflangan
vaqt va quvvat kutilgan natijani bermaydi.
Tasavvur qiling, siz Amerikadasiz. Amerika yo‘l
politsiyasi xodimi sizni mast holda mashina
boshqarganlikda ayblab to‘xtatdi, deylik. E’tiroz
bildirishga shoshilmang.
U hech bir asossiz
shunday qarorga kelgan bo‘lishi ham mumkin.
Bunday anglashilmovchiliklar Amerikada tez-tez
sodir bo‘lib turadi. Ammo hozir gap umuman bunda
emas.
Albatta, siz unga e’tiroz bildirasiz. Politsiyachi
esa o‘z navbatida sizdan hushyorligingizni isbotlash
uchun o‘zining davlat tili alifbosini avval tartib
bilan, keyin aralash tarzda aytib berishingizni
so‘raydi. Bu narsa yo‘l politsiyasining alifbo o‘yini
hisoblanadi. Men endi buyog‘iga harflarni va
lug‘atlardan
alifbo
tartibida
yod
olgan
so‘zlaringizni
alohida eslashga qiynalib, qanday
anglashilmovchiliklarga
duchor
bo‘lishingiz
mumkinligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tirmoqchi
emasman... .