Kurs ishini rasmiylashtirish belgilangan talab va standartlarga javob berishi
Kurs ishi matni sahifaning ma’lum chegaralarida joylanishi chizma va
jadvallarni rasmiylashtirilishi, bir xil formatdagi oq qog‘ozlardan foydalanilishi ishni sifatli va umumiy talablar bo‘yicha yoritilishiga olib keladi.
Kurs ishi asosan A4 (210x297 mm) formatidagi oq qog‘ozlarga kompyuterda Times New Roman 14 shrift, 1,5 intervalda, matn maydoni yuqori va past 2,0 sm, o’ng 1,5 sm va chap tomoni 3,0 sm qilib chop etiladi.
Har bir qism, jumladan kirish va xulosa qismlari, ilovalar yangi sahifalardan boshlanadi. Qismning nomi va matn orasi yaqqol ajralib turishi kerak. Qismdagi
sarlovxalar qismning tartib raqami bilan boshlanib, unda so‘zlarning bo‘g‘in ko‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sahifa tartib raqami sahifaning pastki (yuqorigi) o‘rta – qismida keltiriladi. Kurs ishida keltirilgan qismlar, shuningdek ilovalar ham sahifalanadi. Jild varag‘i 1- bet sanaladi, unga tartib raqami qo‘yilmaydi.
Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varag‘i, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar.
Ilovada turli hujjatlar, katta hajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar beriladi. kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qog‘oz qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
Jild (titul) varag‘i kurs ishining 1-beti bo‘lib, unda Vazirlik, oliy o‘quv yurtining nomi fakultet va kafedra, kurs ishi mavzusi, ta’lim yo‘nalishi, kursi, guruhi, muallifning familiyasi, ismi va sharfi, ilmiy rahbarning ilmiy unvoni va darajasi, familiyasi, ismi va sharifi keltirildi.
KURS ISHIGA RAHBARLIK QILISH VA KURS ISHI HIMOYASINI TASHKIL ETISH
Talabalarning kurs ishiga rahbarlik qilish vazifasi asosan kafedra professor- o‘qituvchilariga ularning o‘quv yilining boshida taqsimlangan o‘quv yuklamasiga asosan amalga oshiriladi. Kurs ishiga rahbarlik qilayotgan professor-o‘qituvchilar talabalarga kurs ishilar mavzularini taklif etishlari, kurs ishi yozishning tartib- qoidalarini, mavzu tanlashning ahamiyatini, tadqiqot ob’ekti bilan ishlashni, marketing faoliyati ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, jadval va grafiklardan foydalanish qoidalarini, kurs ishi rejasini tasdiqlashi, kurs ishining xulosa va takliflar qismini yozilishi bo‘yicha maslahatlar berishi lozim.
Kurs ishi himoyasi kurs ishi bajarilishining yakuniy bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Tugallangan kurs ishi belgilangan muddatda kafedraga tekshirish uchun topshiriladi. Past saviyada sifatsiz bajarilgan ishlar, ilmiy rahbarning yozma taqrizi bilan ishdagi kamchiliklarni to‘ldirish va qayta ishlash uchun talabalarga qaytariladi. Belgilangan talablar darajasida sifatli bajarilgan ishlar ilmiy rahbar tomonidan kafedrada himoya qilish uchun ruxsat beriladi.
Kurs ishi himoyasi uchun har bir talabaga 10-15 daqiqa vaqt beriladi. Himoya jarayonida kurs ishi mavzusi doirasida savol va topshiriqlar berilishi mumkin.
Kafedrada kurs ishini himoya qilish uchun maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibida yetakchi mutaxassis, tajribali professor-o‘qituvchilar va kurs ishi rahbari bo‘lishi lozim, uning soni 3-4 kishidan oshmasligi kerak.
Kurs ishi himoyasi komissiya tomonidan baholanadi, so‘ngra himoya yakuni bo‘yicha komissiya qarori e’lon qilinadi. Kurs ishlari, qaydnoma va taqrizlar bilan birga kafedraga topshiriladi, so‘ng arxivga saqlash uchun institut arxiviga ro‘yxat asosida topshiriladi.
Namunali bajarilgan kurs ishlari talabalarning ilmiy ishlari ko‘riklariga, tanlovlarga tavsiya qilinishi mumkin. Ziyonet ta’lim tarmog’iga joylashtirishi mumkin
Kurs ishida bayon qilingan ma’lumotlar va manbalardan talabalar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarni yozish jarayonida foydalanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |